Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3142-son qarori talablariga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
tarkibida Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz va Toshkent tumanlari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari shoʻbasini tuzgan holda Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq;
Birinchi boʻlimning tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov):
bir hafta muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
10 kun muddatda — yangi kiritilayotgan lavozimlarning funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari bilan birgalikda Ijro etuvchi apparatining tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalarini tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha taklif kiritsin.
5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3051-son qarorining 4-bandi ikkinchi, yettinchi, oʻninchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi xatboshilari hamda 1, 6, 9, 13, 14 va 23-ilovalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida“gi PQ-3123-son qarori va uning ilovasi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
PQ-3226-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qaroriga2-ILOVA
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qaroriga 5-ILOVA
Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qaroriga 6-ILOVA
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining
Departament mudiri 1 Departament mudiri oʻrinbosari 1 Tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish masalalari shoʻbasi Shoʻba mudiri 1 Tashqi konyunkturani marketing va tahlil qilish, bojxona-tarif jihatidan tartibga solish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tashqi savdo hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalarni ekspertiza qilish va amalga oshirilishini monitoring qilish, tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tashqi iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi shartnomalarni ekspertiza va monitoring qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish masalalari shoʻbasi Shoʻba mudiri 1 Sanoat mahsulotlari eksporti masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tashqi savdo kompaniyal�ri va savdo uylari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari shoʻbasi Shoʻba mudiri 1 Sanoat korxonalari va kichik biznes subyektlari eksportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Tashqi savdo kompaniyalari va savdo uylari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish masalalari shoʻbasi Shoʻba mudiri 1 Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Kartoshkachilik, polizchilik va uzumchilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz va Toshkent tumanlari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari shoʻbasi Shoʻba mudiri 1 Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish va eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis 1 Inspektor 1 Jami: 23 Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 3. “Oʻzsanoateksport” 4. “Oʻztreyd” AJ 6. “Oʻzagroeksport” AJ 7. “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki 8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi 9. Vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalar va boshqa tashkilotlar — mahsulotlar(ishlar va xizmatlar)ni eksport qilish, importni optimallashtirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha 10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va qishloq tumanlari hokimliklari — eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qaroriga 7-ILOVA
Birinchi boʻlimning