Paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalarini boshqarish tizimini yanada optimallashtirish va takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-son hamda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik birlashmalari faoliyatini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 3-noyabrdagi PQ-2427-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tugatish bilan bogʻliq kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalarini boshqarishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Komissiya (Z.T. Mirzayev) 15 kun muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zarur kompleks chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqsin hamda taqdim etsin.
3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-oktabr,
PF-5206-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoniga ILOVA
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tugatish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha komissiya