PF-5194-son Farmon · 28.09.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qarori)

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5194
  • Qabul qilingan sana:28.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:29.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/17/5194/0032

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3160-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 28-sentabr,

PF-5194-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga 7-ilovaning 33-bandi “Masʼul ijrochilar” ustunida:

a) “N.Qosimov (Maʼnaviyat targʻibot markazi)” soʻzlari “A. Qodirov (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “A. Mavrulov (Milliy gʻoya va mafkura markazi)” soʻzlari chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoniga 8-ilovada:

a) 99 va 290-bandlardagi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 101-banddagi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 271-banddagi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 275-banddagi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Milliy gʻoya va mafkura milliy amaliy markazi” va “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 291 va 319-bandlardagi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” va “Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga ilovada:

33-banddagi “Mavrulov A.A. — Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari” soʻzlari chiqarib tashlansin.

34-banddagi “Qosimov N.U. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari v.v.b.” soʻzlari “Qodirov A.K. — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qaroriga 3-ilovaning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “N.U. Qosimov — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari v.v.b.” soʻzlari “A.K. Qodirov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi “Masʼul ijrochi” ustunidagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” va “Respublika Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qaroriga 4-ilovaning 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“19. Kodirov A.K. — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari”.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son qarorida:

a) 1-ilovada:

44 — 48-bandlarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi (N. Qosimov)” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Qodirov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

48-bandning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi (A. Mavrulov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 2-ilovada:

IV boʻlimning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3-banddagi “Qosimov N.U. — Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari v.v.b.” soʻzlari “Qodirov A.K. — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori 11-bandidagi “Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi F-4969-son Farmoyishiga 1-ilovada:

13-banddagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

27 va 33-bandlardagi “Maʼnaviyat targʻibot markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

34-banddagi “Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi”, “Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi” soʻzlari “Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.