Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PF-5044-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-oktabr,
PQ-3310-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3310-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2298-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) Import asosida olib kiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari boʻyicha importni qisqartirish maqsadli parametrlarining 4-pozitsiyasidagi “GAK” abbreviaturasi “AO” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
b) Import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxatida:
“GAK “Uzbekenergo” boʻlimining nomi “AO “Uzbekenergo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56 va 61-pozitsiyalardagi “GAK” abbreviaturasi “AO” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 61-1 — 61-5 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
314 — 318 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2340-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushlari strategik xorijiy investorlarga sotilishi lozim boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatidan “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva” boʻlimi chiqarib tashlansin;
b) Oshkora savdolarda toʻliq xususiy mulk qilib sotiladigan davlat mulkining foydalanilmayotgan obyektlari roʻyxatining 54-pozitsiyasidagi “GAK” abbreviaturasi “AO” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2692-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilova:
quyidagi mazmundagi 2-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
18-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilova:
quyidagi mazmundagi 2-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-ilova:
quyidagi mazmundagi 2-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
17-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4-ilova:
quyidagi mazmundagi 3-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
17-pozitsiya chiqarib tashlansin;
d) 5-ilova:
quyidagi mazmundagi 3-1 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
17-pozitsiya chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qarori bilan tasdiqlangan, 2017 — 2019-yillarda amalga oshiriladigan, Import oʻrnini bosadigan, eksportga yoʻnaltirilgan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati:
a) quyidagi mazmundagi 78-1 — 78-5 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
b) 312 — 316 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2947-son qarorida:
a) 2-bandda:
uchinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikamizning tabiiy suv oqimlari va suv xoʻjaliklari obyektlarida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
respublikamizning tabiiy suv oqimlari va suv xoʻjaliklari obyektlarida yangi gidroelektrostansiyalar qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari 3-ilovaga* muvofiq”;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekgidroenergo” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oʻzbekenergo” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2- va 3-ilovalarga” soʻzlari “Oʻzbekgidroenergo” AJ 2-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “2-3-ilovalariga” soʻzlari “2-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9 va 10-banddagi “Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari “Oʻzbekgidroenergo” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 11-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” va “3-ilovada” soʻzlari tegishincha “Oʻzbekgidroenergo” AJ” va “2-ilovada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ gidroelektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun haq toʻlash qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, isteʼmolchi jismoniy shaxslar uchun pirovard tarifning 85 foizi miqdorida amalga oshiriladi”;
e) 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SELEVIE PARAMETRI Programmi mer po dalneyshemu razvitiyu gidroenergetiki AO “Uzbekgidroenergo”
j) 2 — 4 ilovalarning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 2 va 3-ilovalar bilan almashtirilsin:
“PRILOJENIYE № 2 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 2 maya 2015 goda № PP-2947
PEREChENinvestitsionnix proyektov po stroitelstvu novix i modernizatsii deystvuyuщix gidroelektrostansiy AO “Uzbekgidroenergo” na estestvennix vodotokax i vodoxozyaystvennix obyektax respubliki
* Okonchatelnaya stoimost i istochniki finansirovaniya proyektov podlejat utochneniyu po rezultatam utverjdeniya TEO proyektov.
PRILOJENIYE № 3 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 2 maya 2015 goda № PP-2947
PEREChEN perspektivnix investitsionnix proyektov AO “Uzbekgidroenergo” po stroitelstvu novix i modernizatsii deystvuyuщix gidroelektrostansiy na estestvennix vodotokax i vodoxozyaystvennix obyektax respubliki
* Okonchatelnaya stoimost i istochniki finansirovaniya proyektov podlejat utochneniyu po rezultatam utverjdeniya PTEO/TEO proyektov”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2972-son qarorining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 22-uy manziliga joylashtirilsin”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2973-son qarorining 1-ilovasidagi 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: