PQ-3325-son Qaror · 16.10.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3325
  • Qabul qilingan sana:16.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:17.10.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3325/0127

(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)

Madaniyat va sanʼat sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son Farmoniga muvofiq Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻysunuviga oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

4. Jamgʻarma barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilinsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Jamgʻarma Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Jamgʻarmaga metsenatlik koʻmagi hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berish;

Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va toʻlovlardan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilish.

(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)

4-1. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida milliy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.

(4-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin, unda, jumladan, Jamgʻarma ijrochi direksiyasi tuzilmasini tasdiqlashni koʻzda tutsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

7. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-oktabr,

PQ-3325-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qarori:

a) 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-son Farmoniga muvofiq tahrirda bayon etilgan.

b) 4-bandning:

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.