PQ-3345-son Qaror · 20.10.2017

2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3345
  • Qabul qilingan sana:20.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:21.10.2017
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3345/0150

Respublika hududlari boʻyicha aholi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish ishlarini samarali tashkil qilish, tayyorlov tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblarini oʻz vaqtida oʻtkazish, omborxonalarni va sovutish sigʻimlarini koʻpaytirish hisobiga ularning isteʼmol xossalari saqlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, mavsumlar oʻrtasida qish-bahor oylari mobaynida ichki bozorga mahsulotni zarur hajmlarda muntazam, bir maromda yetkazib berish hisobiga narxlarning barqarorligini saqlab turish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:

2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

respublika mintaqalari boʻyicha 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashda aniqlangan taqchillikni qoplash manbalari 1a-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab- ehtiyojning prognoz hajmlari 2a-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning prognoz hajmlari 2b-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3a-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va ushbu maqsadlarga budjet mablagʻlari talab-ehtiyojlarining prognoz hajmlari 3b-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash muddatlari 4-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun gʻamlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sigʻimlari bilan taʼminlanganligi parametrlari 5-ilovaga muvofiq;

boshqa mintaqalar hududlarida ishlatilmayotgan sigʻimlarni jalb etish hisobiga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash uchun saqlash quvvatlari taqchilligini mintaqalarda taʼminlash parametrlari 5a-ilovaga muvofiq;

2017-2018-yillar qish-bahor fasliga gʻamlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki isteʼmol bozorida sotishning tarmoq jadvallari 6, 6a, 6b, 6v va 6g-ilovalariga muvofiq maʼqullansin.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlab qoʻyish uchun zarur hajmlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan takroriy ekilgan yerlarda shunday mahsulotlar yetishtirishni taʼminlash yuzasidan;

“Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi raisi Z.O. Fayziyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu qarorning 2a va 2b-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar oʻz vaqtida tuzilishi va gʻamlab qoʻyilishi, talab-ehtiyojni hisobga olgan holda ularning sotilishi va narx-navoning oʻsishiga qoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga — ushbu qarorning 3a va 3b-ilovalariga muvofiq hajmlarda ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga shartnomalar oʻz vaqtida tuzilishi va gʻamlab qoʻyilishi hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga — 3, 3a, va 3b-ilovalarida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyishga xarid qilish uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi bilan birgalikda shu yilning 25-oktabriga qadar 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish uchun mahsulot yetkazib beruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.

Tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berilsin.

4. 2017-2018-yillar kish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun gʻamlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) zimmasiga:

2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari asosiy turlarini gʻamlashning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi monitoringi natijalarini mintaqalar va ijtimoiy soha muassasalari boʻyicha tanqidiy koʻrib chiqish, belgilangan topshiriqlar bajarilishini taʼminlamagan masʼul shaxslarga nisbatan qattiq javobgarlik choralarini koʻrish;

aholining mahalliy sharoitda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qoplay olmayotgan mintaqalar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlashda yetishmayotgan qismini boshqa mintaqalarda yetishtirilgan mahsulot hajmlari hisobiga toʻldirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mahsulotni gʻamlashga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojlar uchun buyurtmanomalar oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun kredit resurslari oʻz vaqtida ajratib berilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

ichki isteʼmol bozorida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga narx-navo konyunkturasini doimiy monitoring qilib borish va qish-bahor faslida narx-navo keskin oʻzgarib turishining oldini olish maqsadida shunday mahsulotlarni omborxonalardan chiqarish hajmlarini toʻgʻrilab turish;

mahsulot sotishning tasdiqlangan prognoz hajmlari va tarmoq jadvallari bajarilishi monitoringi natijasida aniqlangan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash, tayyorlash, saqlash va sotish uchun xarid qilish bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish vazifasi yuklansin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi:

shu yilning 1-noyabriga qadar muddatda tayyorlov korxonalarining omborxonalari va sovutish sigʻimlari ushbu qarorning 5 va 5a-ilovalariga muvofiq, 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlanishi lozim boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bir vaqtning oʻzida saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sigʻimlarini xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot bersin hamda ana shu mahsulotlarning buzilishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin;

2018-yilning 1-yanvariga qadar, tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida, gʻamlab qoʻyilgan mahsulotni ichki isteʼmol bozoriga yetkazib berish va savdo nuqtalarini belgilangan tartibda joylashtirish jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan togʻli va borish qiyin boʻlgan hududlari boʻyicha bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin;

2017-yilning 1-dekabridan 2018-yilning 15-mayigacha boʻlgan davrda saqlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini savdo shahobchalariga yetkazib berishning tarmoq jadvallari bajarilishi ustidan har hafta monitoring olib borilsin, uning natijalari boʻyicha Respublika ishchi guruhiga tegishli axborot har oʻn kunda taqdim etib turilsin.

6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash boʻyicha belgilangan hajmlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

2-, 2-a va 2-b ilovalarda koʻrsatilgan “Oʻzbekozikovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz aylanma mablagʻlari va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari;

3-, 3-a va 3-b ilovalarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari uchun — budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tuzilgan Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (A.N. Aripov) budjet tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilish boʻyicha cheklangan narxlarni oʻrnatsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) bir hafta muddatda:

Budjet tashkilotlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini sotib olish boʻyicha cheklangan narxlarni shakllantirish va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;

budjet tashkilotlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari asosiy turlarining namunaviy reyestrini ishlab chiqsin;

2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish va gʻamlash uchun hududiy moliya organlari tomonidan budjet mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin.

Bunda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlab qoʻyish uchun ijtimoiy soha muassasalariga budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilsin.

Ijtimoiy soha muassasalariga, istisno tariqasida, oʻz ehtiyojlari uchun oʻrtacha bozor narxlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining toʻrtta asosiy turlari (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda fermer xoʻjaliklari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin, ushbu shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli boʻlinmalarida roʻyxatga olinsin. Bunda mazkur shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlanadigan 40 foizli avans puli birinchi darajali toʻlovga tenglashtirilsin.

8. Tijorat banklariga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida gʻamlab qoʻyish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari xarid qilinishini taʼminlash uchun tayyorlov tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida imtiyozli kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin va ajratilgan mablagʻlarning natijalari toʻgʻrisida qar oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (A.A. Azizov), MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi (N.I. Usmonbekov), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (B. Toshmatov) shu yilning 25-oktabridan kechikmay qismlar va boʻlinmalarning dislokatsiyasini hisobga olgan holda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida harbiy xizmatchilarning ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari va hajmlari toʻgʻrisida “Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga axborot taqdim etsin.

“Oʻzbekoziqovqatzahira” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining buyurtmanomalariga binoan qish-bahor faslida gʻamlash uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va parametrlarni hamda ularni moliyalashtirish masalalarini samarali hal etish maqsadida shu yilning 25-oktabridan boshlab har haftalik monitoring tizimini joriy etsin va uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni taqdim etib tursin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev, Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-oktabr,

PQ-3345-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 1-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 1a-ILOVA

Respublika mintaqalari boʻyicha 2017-2018-yillar qish-bahor faslida aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan taʼminlashda aniqlangan taqchillikni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2a-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 2b-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ichki isteʼmol bozori uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va mablagʻlarga boʻlgan talab-ehtiyojning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3a-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 3b-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini saqlashga gʻamlash va budjet mablagʻlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 4-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 5-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor fasli uchun gʻamlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sigʻimlari bilan taʼminlanganligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 5a-ILOVA

Boshqa viloyatlar hududlaridagi ishlamayotgan sigʻimlarni jalb etish hisobiga 2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlash uchun saqlash quvvatlari taqchilligini mintaqalarda taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6-ILOVA

2018-yil qish-bahor fasliga gʻamlab qoʻyilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozorda sotishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6a-ILOVA

2018-yil qish-bahor faslida kartoshkani ichki bozorda sotishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6b-ILOVA

2018-yil qish-bahor faslida piyozni ichki bozorda sotishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6v-ILOVA

2018-yil qish-bahor faslida sabzini ichki bozorda sotishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 6g-ILOVA

2018-yil qish-bahor faslida guruchni ichki bozorda sotishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3345-son qaroriga 7-ILOVA

2017-2018-yillar qish-bahor faslida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlar uchun gʻamlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.