PF-5223-son Farmon · 01.11.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5223
  • Qabul qilingan sana:01.11.2017
  • Kuchga kirgan sana:01.11.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/17/5223/0198

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmadxoʻjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 1-noyabr,

PF-5223-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga kiritiladigan

a) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 1-ilovaning:

2-bandi uchinchi xatboshidagi “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va shartnomalarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“a”-kichik bandining uchinchi xatboshi, 7-bandning “b”-kichik bandi toʻrtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

18-bandidagi “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (eksport-import kontraktlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

19-bandidagi “hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalarni bajarish” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PF-5223-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-sonli Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 5-martdagi PF-4089-sonli Farmoni.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-sonli qarorning 7- va 8-bandlari.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 8-apreldagi PQ-1949-sonli qarori.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-sonli qarorining 8-bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-sonli qarorining 1- va 2-ilovalaridagi “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi” bloki.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarori 2-ilovasining 85-pozitsiyasi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.