Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Taxiatosh tumani hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani tashkil etilishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-noyabr,
PF-5250-son