[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-dekabrdagi 1341-III-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, maqsadli davlat jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi PS-241-III-sonli qarorini bajarish yuzasidan:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika yoʻl jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi)ning, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2018-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar berilmaydi.
2. 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti profitsiti prognozi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,02 foiz miqdorida belgilansin.
3. 2018-yil uchun:
obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi bilan birlashtirilishini hisobga olgan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi stavkalari 9-1, 9-2 va 9-3-ilovalarga muvofiq;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarda keltirilgan roʻyxatga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;
imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari 15-1 va 15-2-ilovalarga muvofiq;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari 16-ilovaga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 17 va 18-ilovalarga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga muvofiq;
yagona yer soligʻi stavkalari 20-ilovaga muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 21-ilovaga muvofiq;
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar stavkalari 22-ilovaga muvofiq;
mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 23-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq;
fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida tasdiqlansin.
4. Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar yagona toʻlovga — uning stavkasini 3,2 foiz miqdorida belgilagan holda maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovi etib birlashtirilsin.
Majburiy ajratmalarni Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlash 24-ilovada keltirilgan normativlar boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab tayyorlov tashkilotlari tovar aylanishidan yagona soliq toʻlovini oʻrnatilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.
6. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy badallar miqdori oshirilgan holda 2 foiz miqdorida belgilansin hamda jismoniy shaxslarning budjetga toʻlanadigan daromad soligʻi miqdori fuqarolarning yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻlari miqdorida kamaytirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
10. Notijorat tashkilotlariga 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona soliq toʻlovini mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda, xodimlar sonidan qatʼi nazar ularning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari qismidan toʻlash huquqi berilsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq koʻchmas mulkning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar koʻchmas mulkining kadastr qiymatini belgilash tartibini tasdiqlasin.
Mol-mulkni kadastr qiymatidan kelib chiqib soliqqa tortishga oʻtilgandan soʻng, soliq yukining keskin oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida jismoniy shaxslar mulkiga kadastr qiymati asosida belgilangan soliq miqdori 2017-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,2 baravardan koʻproqqa oshirilishi mumkin emasligi nazarda tutilsin.
12. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda belgilansin, lekin:
yuridik shaxslar uchun — davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun — 25-ilovaga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
13. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablagʻlarni 26-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 4000 soʻm miqdorida belgilansin.
14. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 27-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
22. Moliya vazirligi 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini muomalaga chiqarsin hamda tushgan mablagʻlarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirsin, Davlat budjetining parametrlarida foizlarni toʻlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
23. 2023-yilning 1-yanvariga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 60 — 63-moddalarida koʻrsatilgan manbalardan qoʻshimcha daromad oluvchi budjet tashkilotlari undirib olinadigan barcha turdagi soliqlardan;
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan chet el oliy taʼlim muassasalari ularning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan taʼlim faoliyati doirasida barcha turdagi soliqlarni va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek, chet ellik xodimlarning mehnat haqi fondi qismida yagona ijtimoiy toʻlov va jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
24. Quyidagilar budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish-ning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, ular xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini oʻz vaqtida va maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlashni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish;
tegishli budjetlarning daromadlarini shakllantirish qismida mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjetga oid vakolatlarini aniq-puxta chegaralash;
soliqlar va yigʻimlarning baʼzi turlari boʻyicha tushumlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldirish hisobiga ularning oʻz daromad bazasini kengaytirishdagi faoliyatini kuchaytirish;
yirik soliq toʻlovchilardan tushadigan baʼzi soliq turlari boʻyicha tushumlarni respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida taqsimlash;
tumanlar va shaharlarning bir tekis rivojlanishini taʼminlash uchun joylardagi davlat hokimiyati organlariga mahalliy soliqlarning ayrim turlari boʻyicha stavkalarni pasaytirish va koʻpaytirish vakolatlarini berish;
ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha xarajatlarni va koʻzda tutilmagan sarf-xarajatlarni moliyalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligini oshirish.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-sonli Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad olishdagi vakolatlarini oshirish va sarf-xarajatlardagi majburiyatlarini chegaralash boʻyicha oʻtkazilgan eksperimentda ijobiy natijalarga erishilgani hamda uning Toshkent shahri uchun amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mazkur tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlarning mahalliy budjetlariga nisbatan joriy etilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) quyidagi daromadlar:
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq, jismoniy shaxslarning mulk soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosi huquqi uchun hamda ayrim turdagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar, bozorlardan tushadigan daromadlar boʻyicha tushumlar toʻla hajmda tumanlar va shaharlarning budjetlariga;
yagona yer soligʻidan, yuridik shaxslarning yer soligʻidan, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqdan, yagona soliq toʻlovi ajratmalaridan, benzin, dizel yonilgʻisi va gaz isteʼmoli soligʻidan, abonent raqamidan foydalanganlik uchun tegishli qismi tushumlaridan ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, tuman va shaharlarning budjetlari oʻrtasida taqsimlagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlarning mahalliy budjetlariga;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va davlat bojining tegishli qismi (litsenziyalar berish uchun davlat boji va patent bojlari bundan mustasno) toʻliq hajmda, shuningdek, davlat aktivlarini sotishdan va davlat mulkini ijaraga berishdan olinadigan tushumlarning 25 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetlariga oʻtkaziladi;
b) jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan, yuridik shaxslarning foyda soligʻidan (toʻlov manbaida norezidentlardan undiriladigan soliqlar bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, tegishli tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, jarimalar va yigʻimlarning tegishli qismi boʻyicha olinadigan tushumlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari oʻrtasida taqsimlash, shuningdek, tegishli qismda ajratilayotgan soliqlardan olinayotgan tushumlarning belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi summalarini tegishli budjetlarning tasarrufida qoldirish;
v) quyidagilar:
ish haqi boʻyicha xarajatlarni hamda tibbiyot muassasalarining yagona ijtimoiy haqini toʻlashga hamda tuman va shaharlarning budjetlaridan moliyalashtiriladigan taʼlim muassasalarining aynan shunday sarf-xarajatlarini toʻlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjetidan;
tumanlar va shaharlarning budjetlaridan moliyalashtiriladigan ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha sarf-xarajatlarning qolgan qismini toʻlashga tuman va shaharlarning budjetlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratish.
Belgilansinki:
taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash muassasalarining ish haqini hamda yagona ijtimoiy toʻlovini moliyalashtirishga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmi tuman va shaharlar budjetlarining daromad bazasi koʻpayishidan qatʼiy nazar kamaytirilmasligi lozim;
ayrim tumanlar va shaharlar budjetlarining mutanosibligi viloyat budjetlariga ajratilayotgan umumbelgilangan soliqlarning budjet qonunchiligiga muvofiq shakllantirilgan sarf-xarajatlarini inobatga olganda, mana shu soliqlar hisobiga taʼminlanmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman hamda shaharlar budjetlarining daromad va xarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga xarajatlarning yetishmayotgan summasini daromadlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman va shaharlarning budjetlari oʻrtasida qaytadan taqsimlash hisobiga qoplash huquqi berilsin.
26. Quyidagilar:
tegishli maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha budjetning jami daromadlar prognozi ortib boruvchi yakun bilan bajarilgan taqdirda daromadlar prognozining oshirib bajarilgan summasini quyi budjetlardan yuqori turuvchi budjetlarga olib qoʻyish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari parametrlarida nazarda tutilgan xarajatlarni asossiz qisqartirish taqiqlansin.
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, tuman va shaharlarning hokimlari oʻzlarining budjetga oid vakolatlariga kiruvchi daromadlarning toʻliqligini va xarajatlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
28. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning hokimliklariga xalq deputatlari tegishli Kengashlari bilan kelishilgan holda:
moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida va uzluksiz moliyalashtirishni taʼminlash uchun tegishli budjetlar sarf-xarajatlarining umumiy hajmidan 1 foizi miqdorida tuman va shaharlar hokimliklarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish;
mintaqaning va faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlar oʻrnatish huquqi berilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 28-band toʻrtinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
29. Quyi budjetlar daromadlarining tasdiqlangan parametrlari bajarilmasligi natijasida yuzaga kelgan daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi kassa uzilishi moliya yili davomida — naqd pul kassa aylanmasini va yuqori turuvchi budjet tomonidan taqdim etiladigan foizsiz budjet ssudalarini jalb etish yoʻli bilan, bir moliya yilidan ortiqroq muddatda esa — yuqori turuvchi budjet tomonidan 2 yil muddatga 2 foizli budjet ssudasini berish orqali qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuliga qadar muddatda taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilingani va mazkur soliq toʻlovchilar doirasi kengayishini hisobga olgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini pasaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.
31. 2018-yilning 1-aprelidan boshlab:
mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha berilgan;
yuridik shaxslarning foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha eksport ulushiga bogʻliq holda eksportyor-korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinsin.
(31-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi PQ-5011-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2021-y., 07/21/5011/0174-son)
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuliga qadar ilgʻor xorij tajribasini hisobga olgan holda, jumladan:
mablagʻlar kelib tushishi va sarflanishi ustidan monitoring hamda nazorat qilishning ushbu jarayonni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradigan samarali va zamonaviy mexanizmlarini tatbiq etish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar)dan respublika budjetiga dividendlar toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻli bilan budjet jarayonining shaffofligini taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq-budjet siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi loyihasini kiritsin.
33. 2018-yil uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 29-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
2018-yilning 15-apreliga qadar davlat ulushiga ega boʻlgan barcha xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha boshlangan yilning biznes-rejalari Moliya vazirligi bilan kelishib olinishini taʼminlasin;
Moliya vazirligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-mayiga qadar xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi davlat aktivlarini yoppasiga xatlovdan oʻtkazsin.
Moliya vazirligi Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-dekabriga qadar ustav jamgʻarmalarida 50 foiz va undan koʻproq davlat ulushlari mavjud korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati tahlil etilishini taʼminlasin hamda ushbu jamiyatlarda davlat ishtirokini optimallashtirish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
35. 2018-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 31-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 28 — 31-ilovalar berilmaydi.
36. Sarf-xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutiladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlarini, shuningdek, tarmoq yoki mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish mazkur tarmoq yoki mintaqa boʻyicha joriy yil uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va xalqaro donorlar mablagʻlarini, homiylarni jalb etish hisobiga neyrosensorli quloq ogʻirligi va karlik dardiga chalingan bolalarda koxlear implantatsiyasini oʻtkazish tadbirlari moliyalashtirilishini taʼminlasin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun 2018-yilda ota-onalar toʻlovi miqdorlari 32-ilovaga muvofiq belgilansin.
39. Belgilab qoʻyilsinki, 2017-yilning sentabr — dekabr oylari davrida katod misi va tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish uchun soliqqa tortiladigan baza miqdori (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan tashqari) “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5284-sonli Farmoni bilan belgilangan normalarga muvofiq hisoblanadi.
40. Moliya vazirligining 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va maqsadli davlat jamgʻarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari 48 476 milliard soʻm, xarajatlari — 49 090 milliard soʻm miqdorida;
Pensiya jamgʻarmasining daromadlari 17 350 milliard soʻm va xarajatlari — 16 633 milliard soʻm miqdorida;
Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari 2 051,6 milliard soʻm va xarajatlari — 2 051,6 milliard soʻm miqdorida.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2018-yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2019-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 33-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasi (A.N. Aripov) Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda:
Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tanqidiy oʻrganishni tashkil qilsin, bunda shtat xodimlari sonini yanada optimallashtirish, budjet mablagʻlarining samarali shakllantirilishi, ajratilishi va sarflanishi uchun moliya organlarining javobgarligi oshirilishi nazarda tutilsin;
mustaqil davlat inspeksiyalari faoliyatini tanqidiy oʻrganishni tashkillashtirsin, bunda ular biriktirilgan sohada yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida tegishli vazirliklarga boʻysunishi koʻzda tutilsin;
xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganib, korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ularning mulki va mablagʻlarini tasarruf qilish asosliligi mezonlarini oʻrnatish yuzasidan takliflar kiritsin.
Shtatdagi xodimlar sonini optimallashtirish hisobiga boʻshayotgan mablagʻlar mazkur organlar xodimlarining moddiy taʼminot darajasini oshirishga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
46. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
PQ-3454-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 7-ILOVA
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi
Izoh. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini imtiyozlar amal qilish muddati tugaguncha ikki baravar pasaytirilgan stavkada toʻlaydilar.
* Rentabellik foyda soligʻi toʻlanishiga qadar foydaning realizatsiya qilingan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
** Uyali aloqa kompaniyalarining mobil aloqa xizmatlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan joriy qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 8-ILOVA
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi
Izohlar:
1. Soliq solinadigan daromadlar guruhlari boʻyicha soliq solish shkalasi yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi).
3. Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, budjetga toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan daromadlaridan “0” stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad (eng kam ish haqining bir baravari) chegirilgan holda 2% miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka boʻyicha soliq solinadigan jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga soliq solish maqsadlarida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 9-1-ILOVA
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi
Izohlar:
* Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.
** Haq summasi (yalpi daromad).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga9-2-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
Izoh: Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular boʻyicha yagona soliq toʻlovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega boʻlsalar, ular har bir savdo shoxobchasi boʻyicha tovar oborotining alohida-alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalarda yagona soliq toʻlovini toʻlashlari lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 9-3-ILOVA
Ayrim toifadagi korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga10-ILOVA
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq
Izohlar:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi (172 240 soʻm) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Taqdim etilgan qatʼiy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik koʻrsatkichlar aniqlangan taqdirda bunday holatlarga soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida qaraladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 11-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq
* Uy xoʻjaligi, shu jumladan, dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni soʻyib, xom yoki qayta ishlangan koʻrinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan koʻrinishda, manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari, sotish bundan mustasno.
Soliq solishdan ozod qilish soliq toʻlovchi tomonidan mahalliy davlat hokimiyatining tegishli organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq toʻlovchi tomonidan unga yoxud uning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat taqdim etilishi sharti bilan, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Izohlar:
1. Qatʼiy belgilangan soliq stavkalari yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2. Jismoniy shaxs:*
a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullansa, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliq toʻlaydi;
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirsa, yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, soliqni roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda toʻlaydi;
g) I yoki II guruh nogironi boʻlsa, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, qatʼiy belgilangan soliqni har oyda eng kam ish haqining 50%i stavkasida toʻlaydi.
4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qaroriga 8-ilovada nazarda tutilgan eng kam stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 12-1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi
* Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan konyakka aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 121 928 soʻm miqdorida belgilanadi.
** Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 111 339 soʻm miqdorida belgilanadi.
Izohlar:
1. Qatʼiy miqdorlarda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
2. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallarga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 14-ILOVA
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
* Belgilangan stavka boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan tartibda utilizatsiya qilingan tabiiy gazni realizatsiya qiladigan korxona tomonidan toʻlanadi.
** “Navoiy KMK” DK uranni kavlab olganlik boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda toʻlaydi.
*** Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq mahsulotlarning realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha belgilangan stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 15-1-ILOVA
Imzolanadigan bonus
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 15-2-ILOVA
Tijoratbop topilma bonusi
Izoh: Tijoratbop topilma bonusining summasi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning yillik summasidan oshgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijoratbop topilma bonusini 3 yilgacha muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash koʻrinishidagi imkoniyat berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 16-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi
* Qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar soliq toʻlangandan soʻng qoʻshimcha foydaning ular ixtiyorida qoladigan qismini toʻliq hajmda maxsus ochiladigan investitsiya hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Koʻrsatilgan investitsiya hisobvaraqlaridan mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshirish uchun maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga sarflanadi.
** Oq sement, shuningdek muqobil yoqilgʻi - koʻmir asosida ishlab chiqarilgan sement va klinkerdan tashqari.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi birja savdolaridagi narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda, soliq solinadigan bazaning miqdorini qayta koʻrib chiqish huquqiga ega.
Izohlar:
1. Qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2. Tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻlib tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiladigan, ularda qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti yuzaga keladigan yuridik shaxslar (mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim doirasida faoliyatni amalga oshiradigan investorlar va operatorlar bundan mustasno) hisoblanadi.
3. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) rentabellikning 20 foizlik darajasidan oshadigan foyda summasidan 50%lik stavkada yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliqni toʻlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 17-ILOVA
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Izoh: Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, uskunalar normativ muddatlarda oʻrnatilmaganligi va qurilish obyektlari normativ muddatda tugallanmaganligi uchun mol-mulk soligʻi ikki baravar stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 18-ILOVA
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
* Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib belgilanadi, biroq 42 000 ming soʻmdan kam boʻlmasligi kerak.
Izohlar:
1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari belgilagan kadastr qiymati boʻlmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000 ming soʻm, boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 90 000 ming soʻm miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining ikki baravari miqdoridan kelib chiqib undiriladi.
2. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 19-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi
Izoh: Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun undiriladigan yer soligʻi stavkasi sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasi (ball-boniteti)ni hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
19-ilovaga izohlar:
1. 7 va 8-jadvallarda keltirilgan stavkalarga yer uchastkalarining joylashish joyiga bogʻliq holda quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada — 1,30, Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada — 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada — 1,15, boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada — 1,10.
Yer uchastkalarigacha boʻlgan masofa avtomobil yoʻllari boʻyicha shaharlar va tuman markazlarining maʼmuriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan boʻlsa, shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsiyent qoʻllaniladi.
2. Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida 8-jadvalda keltirilgan stavkalarga, yer sifatiga bogʻliq holda, quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha boʻlsa — 0,75, 41 dan 70 ballgacha boʻlsa — 1,0 va 70 balldan ortiq boʻlsa — 1,25.
1 va 2-bandlarda koʻrsatilgan koeffitsiyentlarning qoʻllanilishi yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi tegishli davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotga asosan amalga oshiriladi.
3. Oʻrmon xoʻjaliklarida mollarni oʻtlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov yerlar uchun yer soligʻi boshqa yerlar uchun stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
4. Shahar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan kon va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq 5 va 6-jadvallarda tegishli zonalar uchun keltirilgan stavkalarga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi.
5. Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
6. Jamoaviy va shaxsiy garajlar band etgan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan soliq yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yerlar uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
7. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarishda 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalar belgilangan normativlar doirasida yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanadi, belgilangan normativlardan ortiq yer uchastkalari uchun bazaviy stavkalarga esa oshiruvchi koeffitsiyent — 1,5 qoʻllanadi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida yer uchastkalarining quyidagi normativlari qoʻllanadi:
Toshkent sh., Nukus sh. va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar — 0,06 ga;
boshqa aholi punktlari (dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno) — 0,1 ga.
8. Koʻp qavatli uylarda noturar joy boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi qavatlarning soniga boʻlingan noturar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
9. Tugallanmagan qurilish obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun yer soligʻi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki baravar stavkada toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 20-ILOVA
Yagona yer soligʻi
Izoh: Har bir xoʻjalik boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining “Oʻzdaverloyiha” Oʻzbekiston davlat ilmiy-loyiha instituti tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 21-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning chegaralangan
Izohlar:
1) Yigʻimlar stavkalari oyiga yil boshida — 2018-yil 1-yanvarda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilangan eng kam ish haqiga nisbatan karrali miqdorlarda belgilangan va eng kam ish haqi miqdori yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
2) Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi huquqi uchun yigʻim yagona hisobvaraqqa kelib tushib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelgusida mablagʻlar budjet bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida, Toshkent shahrida esa — budjet, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti oʻrtasida taqsimlanadi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim yagona hisobvaraqqa kelib tushib, kelgusida mablagʻlar budjet bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.
(21-ilova izohining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
3) Koʻrsatilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Qayta ishlashga berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi boʻyicha benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining miqdorlari benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilgʻisiga chakana narxlar doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xom ashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni toʻlovchilar, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
4) Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.
5) Toshkent shahrida yigʻim miqdori bir oyda eng kam ish haqining 5 baravari, viloyat markazlarida — eng kam ish haqining 3 baravari, boshqa aholi punktlarida — eng kam ish haqining 2 baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 22-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va ajratmalar
Izohlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab xorijiy davlatlarning ogʻir yuk tashuvchi va yirik gabaritli transport vositalari oʻtganligi uchun mazkur ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻim toʻlanishi bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori bilan belgilangan miqdorlarda toʻlov undiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasiga uchinchi mamlakatlardan yuklar olib oʻtishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan qoʻshimcha ravishda 175 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
4. Gumanitar yuklarni olib oʻtishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitida undiriladigan yigʻimlar stavkasiga nisbatan 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
5. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi PQ-3949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 07/20/3949/0968-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 23-ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlov
* Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 24-ILOVA
Majburiy ajratmalarni Davlat maqsadli jamgʻarmalariga taqsimlash
Izohlar:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlariga koʻra ilgari taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarga ham tatbiq etiladi.
Respublika yoʻl jamgʻarmasi va (yoki) Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻliq hajmda oʻtkazish bilan imtiyozli 1,5% stavkasi boʻyicha toʻlaydilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga25-ILOVA
Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam
Izoh: Mazkur stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 26-ILOVA
Mobil aloqa xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlovni taqsimlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 27-ILOVA
Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam
Izoh: Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari yil boshida — 2018-yil 1-yanvar holatiga koʻra belgilangan eng kam ish haqidan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi hamda yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 32-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan olinadigan 2018-yilgi toʻlov
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tandim, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Nurobod, Qushrabot, Urgut, Bulungʻur va Samarqand viloyati Paxtachi tumanida, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Farish, Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani hamda Fargʻona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 33-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3042-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliyaviy yil oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi lozim”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., N 11, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandida:
“v”, “d”, “e”, “k” va “l” kichik bandlaridan “ushbu bandning “k-1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“k-1” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., N 12, 110-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bir foizi” soʻzlari “ikki foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., N 2-3, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisida nizomning 9-bandi sakkizinchi xatboshisi “budjet ssudalari” soʻzlaridan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 07/20/4889/1515-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., N 4, 14-modda) 1-ilovada:
a) 3-pozitsiyaning “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “40” raqami “35” raqami bilan almashtirilsin;
b) 11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) **** izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2018-yilning 1-yanvaridan joriy qilinadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., N 6, 106-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandi birinchi xatboshisi “tushadigan mablagʻlar” soʻzlaridan keyin “shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 25 foiz miqdoridagi qismi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi toʻgʻrisida nizomning 32-bandida “1 foizi” soʻzlari “2 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.