PQ-3494-son Qaror · 25.01.2018

Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3494
  • Qabul qilingan sana:25.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:26.01.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3494/0624

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning sogʻliqni saqlashga doir huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini taʼminlash, fuqarolarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining barcha qatlamlarini tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2017-yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va bu hududlarning ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash imkonini berdi, tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash esa 2 baravar koʻpaydi.

Shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatining tashkiliy asoslari shakllantirilganiga qaramay, hanuzgacha uning samaradorligi zamon talablariga javob bermaydi, tez tibbiy yordam koʻchma brigadalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek ixtisoslashtirilgan tibbiy jihozlar bilan taʼminlanganlik darajasi yetarli emasligicha qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4985-sonli Farmoniga muvofiq hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qatʼi nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul koʻrsatiladi;

hayot uchun xavf tugʻdiruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishni rad etish taqiqlanadi.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-yilda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (bundan buyon — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

tez tibbiy yordam xizmatining sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalari bilan samarali integratsiyasini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (bundan buyon — RSHTYOIM), uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtotransportini zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash;

shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal rivojlantirishni taʼminlaydigan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari hamda ilgʻor texnologiyalarni hisobga olgan holda tibbiy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RSHTYOIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini taʼminlaydigan Call-markazlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.

4. Tez tibbiy yordam tizimini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari 2-ilovaga muvofiq, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati koʻchma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrnatilgan tartibda:

bir oy muddatda tez tibbiy yordam toʻgʻrisida nizom hamda tez tibbiy yordam brigadalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin;

mazkur qaror qabul qilinishini inobatga olgan holda bir oy muddatda, bemorlarni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishini talab etuvchi kechiktirib boʻlmaydigan holatlar Roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Call-markazlar faoliyatini tashkil etish uchun shifokor, oʻrta tibbiy va texnik xodimlar lavozimlarini joriy etish yoʻli bilan tez tibbiy yordam xizmatining yangilangan shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularni aholiga samarali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan malakali tibbiy kadrlar bilan qoʻshimcha taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 1-fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish boʻyicha qoʻshimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud boʻlmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama toʻlashni joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tez tibbiy yordam tizimining avtogaraj xoʻjaligiga doir talablarga rioya etilishi, uning moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanganligi, shuningdek, tez tibbiy yordam brigadasi ixtisoslashtirilgan avtotransportining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgardirlar.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (zayomlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun maʼmuriy javobgarlikga tortishni nazarda tutuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2018-yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi bajarilishining tahlillariga asosan, 2019-yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi kompleks tadbirlarni yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Akmalov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 25-yanvar,

PQ-3494-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga 1-ILOVA

2018-yilda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari

T/r Chora-tadbirlarning nomlanishi Ijro muddatlari Summa Moliyalashtirish manbalari Ijrochilar Amalga oshirish shakli Shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish 1. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda — RSHTYOIM) Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RSHTYOIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan tun-u kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini taʼminlaydigan Call-markazlar tashkil etish. 2018-yil 1-maygacha 7,4 mlrd soʻm Davlat budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi Haydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov) Normativ-huquqiy hujjat 2. Tez tibbiy yordam koʻrsatishning yagona standartlaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan va umumiy yoʻnalishdagi koʻchma brigadalar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi brigadalar uchun klinik protokollarni tasdiqlash va joriy qilish. 2018-yil 1-maygacha — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Idoraviy hujjat 3. Quyidagilarni nazarda tutgan holda, RSHTYOIM mutaxassislarining amaliy yordam koʻrsatish maqsadida hududlarga muntazam safarlarini tashkil qilish: mahorat darslari oʻtish va RSHTYOIM filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari, shuningdek, hududlardagi tez tibbiy yordam xizmati amaliyotiga zamonaviy usullar va texnologiyalarni tatbiq qilish; safarga chiquvchilar tarkibini kamida uch nafar talab eng yuqori boʻlgan mutaxassislar bilan toʻldirish; tashxis qoʻyish va davolashning zamonaviy, yuqori texnologiyaga asoslangan usullarini tatbiq qilgan holda, oʻz yoʻnalishiga tegishli bemorlarning davolash-maslahat yordami bilan keng qamrab olinishini taʼminlash. Har oy — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Idoraviy hujjat II. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi va tez tibbiy yordam xizmati tibbiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 4. Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini tibbiy jihoz komplektlari bilan bosqichma-bosqich jihozlash (toʻliq jihozlash), shu jumladan: “Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablagʻlari hisobidan 231 ta reanimobilni jihozlash; umumiy yoʻnalishdagi tez tibbiy yordam brigadalarining 1200 ta avtomashinasini jihozlash hamda 712 ta avtomashinasini toʻliq jihozlash. 2018-yil 1-aprelgacha 2018-yil 1-avgustgacha 4,1 mln AQSH doll. 5,0 mln AQSH doll. Jahon banki mablagʻlari Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev) Kompleks chora-tadbirlar 5. Xalqaro va mahalliy maslahat xizmatlarini jalb qilgan holda, “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasini tayyorlash; “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasining TIHKni tayyorlash. 2018-yil 1-aprelgacha 2018-yil 1-aprelgacha 186,2 ming AQSH doll. 50,0 ming AQSH doll. Jahon banki mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev) Chora-tadbirlar rejasi 6. Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarini zamonaviy radioaloqa vositalari (ratsiyalar) va GPS-navigatsiya tizimlari bilan, shuningdek, butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga moʻljallangan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini taʼminlash. 2018-yil 1-oktabrgacha 9,6 mlrd soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kompleks chora-tadbirlar 7. Tez tibbiy yordam brigadalarini tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarf materiallari bilan taʼminlash. 2018-yil 30-iyungacha 18,25 mlrd. soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (Haydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari III. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish 8. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida RSHTYOIM qoshida ilmiy darajalar berish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish. 1-iyungacha 2018-yil — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) Chora-tadbirlar rejasi 9. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimining shifokorlari va oʻrta tibbiy boʻgʻin xodimlari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlari, shu jumladan shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimidagi kamida 50 nafar gospital boʻgʻini shifokorlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish. yil davomida 2,2 mlrd soʻm Davlat budjeti mablagʻlaribudjeta Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov) 2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi 10. Shoshilinch holatlarda tashxis qoʻyish va davolashning yangi samarali texnologiyalarini yaratish boʻyicha ustuvor, shu jumladan intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, mikroxirurgiya, endovideoxirurgiya, transplantologiya metodlari yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. yil davomida — Davlat budjeti mablagʻlari, grant mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) 2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi 11. Sohadagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, shoshilinch tibbiyot sohasida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish. yil davomida — Homiylar mablagʻlari va grantlar Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Memorandumlar 12. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi tibbiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish uchun xalqaro tashkilotlarning grantlarini, shu jumladan “Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash fondi (KOFIN) grantini jalb qilish. 2018-yil 1-noyabrgacha 1,0 mln AQSH doll. KOFIN grantlari Sogʻliqni saqlash vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev) Memorandum

Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun jami xarajatlar: 37,45 mlrd. soʻm va 10,34 mln AQSH dollari shundan: mlrd.soʻm mln. AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 9,600 — xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari — 10,34 mahalliy budjet mablagʻlari, shu jumladan: 27,850 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1,319 — Andijon viloyati 2,944 — Buxoro viloyati 2,081 — Jizzax viloyati 1,112 — Qashqadaryo viloyati 2,390 — Navoiy viloyati 0,822 — Namangan viloyati 3,144 — Samarqand viloyati 2,592 — Surxondaryo viloyati 2,189 — Sirdaryo viloyati 0,974 — Toshkent viloyati 2,526 — Fargʻona viloyati 2,955 — Xorazm viloyati 1,170 — Toshkent shahri 1,634 —

Izoh: har bir loyihaning yakuniy qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, oʻtkazilgan savdolar (tanlovlar) natijalari boʻyicha hamda kelishuvlarga muvofiq aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga 2-ILOVA

Tez tibbiy yordam tizimini maxsus avtotransport bilan taʼminlash meʼyorlari va ulardan foydalanish muddatlari

T/r Aholi punkti toifalari Jihozlash meʼyorlari I. Zambilli sanitar avtomobillar 1.1 Shahar va qishloq aholisi uchun. Har 13 ming kishiga 1 ta zambilli sanitar avtomobil* 1.2 M-39 xalqaro avtomobil trassasining Qamchiq dovoni uchastkasida. Har 20 km uchun 1 ta zambilli sanitar avtomobil (trassa boʻyidagi tibbiy punktlarning ishini taʼminlash uchun). 1.3 Reanimobillar. Reanimobillar soni zambilli sanitar avtomobillar umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil qilishi lozim. II. Maxsus avtotransportdan foydalanish muddatlari 2.1 Sanitar avtomobillardan shahar sharoitida foydalanishda 8 yil 2.2 Sanitar avtomobillardan qishloq va togʻli hududlarda foydalanishda 7 yil

* Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga 10 dona maxsus avtotransport vositasi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisi uchun), shuningdek, har 500 000 kishi uchun hisoblagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga 1 donadan maxsus avtotransport vositalari ajratiladi.

Respublikaning olis hududlaridagi aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligiga hududlarning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda mazkur normativga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga 3-ILOVA

Bitta tez tibbiy yordam koʻchma brigadasini tibbiy moslamalar va inventar bilan taʼminlash

T/r Nomlanishi Soni Tibbiy moslamalar Maxsus brigadalar uchun Umumiy yoʻnalishdagi brigadalar uchun 1. Portativ EKG 1 1 2. Portativ defibrillyator 1 - 3. Ambu xaltachasi 1 1 4. Oʻpkani sunʼiy havolantirish portativ apparati, kislorod balloni bilan 1 - 5. Portativ mexanik aspirator (soʻrgich) 1 - Immobilizatsion vositalar 6. Bel taxtasi 1 1 7. Bolalar va kattalar uchun koʻp martalik foydalaniladigan immobilizatsion vositalar (shinalar komplekti) Boʻyin tutgich: 1 1 kattalarniki, 2 2 bolalarniki 1 1 8. Zambil 1 1 Tibbiy sandiqcha 9. Tibbiy sumka (keys) 1 1 10. Laringoskop 1 - 11. Tonometr/fonendoskop 1 1 12. Tibbiy termometr 1 1 13. Qon toʻxtatuvchi jgut 1 1 14. Diagnostik lampa (chiroqcha) 1 1 15. Pulsoksimetr 1 - 16. Nevrologik bolgʻacha 1 1 17. Ogʻiz ochgich 1 1 18. Tilni tutib turish asbobi 1 1 19. Pinset 1 1 20. Qaychi 1 1 21. Jane shpritsi 1 1 22. Oshqozon zondi 1 1 23. Peshob kateteri 1 1 24. Sterillangan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm 3 2 25. Sterillanmagan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm 2 2 26. Sterillangan salfetka № 10 1 komplekt 1 komplekt 27. 2.0; 5.0; 10.0 hajmli bir martalik shpritslar 10 donadan 10 donadan 28. Bir martalik sistema 4 - 29. Leykoplastir 1 1 30. Intubatsion trubkalar: 6.0, 7.0, 7.5, 8.0 oʻlchamda 1 donadan - 31. Bir martalik tibbiy koʻrik qoʻlqoplari 20 donadan 20 donadan 32. Sterillangan tibbiy qoʻlqoplar 2 juft - 33. Tibbiy vata, 100 grammlik 100 gramm 100 gramm 34. EKG lentasi 1 rulon 1 rulon 35. Bir martalik shpatel 5 5 Yumshoq jihozlar (maxsus avtotransport salonida) 36. Matrats 1 1 37. Yostiq 1 1 38. Choyshab 1 1 39. Yoʻrgak 1 1 40. Sochiq 1 1 Maxsus kiyim-bosh 41. Tibbiy forma 1 1 42. Tibbiy xodimlar uchun beyjik 1 1

Izoh. Har bir podstansiyadagi dispetcher xonasida tugʻruq boʻyicha chaqiruvlar boʻlganda koʻchma brigadalar tomonidan foydalaniladigan akusherlik sandiqchasi boʻladi.

Akusherlik sandiqchasida quyidagilar saqlanadi:

1. Bir martalik xalat — 1 dona;

2. Taglik kleyonka — 1 dona;

3. Sterillangan jarrohlik qoʻlqopi — 2 juft;

4. Grusha — 1 dona;

5. Qisqich — 2 dona;

6. Qaychi — 1 dona;

7. Bogʻlash materiali (sterillangan);

8. Sterillangan yoʻrgak — 2 dona.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.