Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-aprel,
PF-5399-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-sonli Farmonida:
a) 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5733-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son)
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5139-sonli Farmoni 2-ilovasida 41-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoʻngʻirot soda zavodi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 13-apreldagi PQ-49-sonli qarori 7-bandining beshinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli qarorida:
a) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili oʻtkazilishini tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin”;
b) 3-bandidagi “Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning:
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari”;
“Masʼul ijrochilar” ustuni 4-pozitsiyasidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-sonli qarorida:
a) 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I.Y. Abdurahmonov. — innovatsion rivojlanish vaziri”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-sonli qarorida:
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandidagi “2020-yilning 31-dekabrigacha” soʻzlari “2021-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi 3 — 8 va 14 — 16-pozitsiyalaridagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 3- va 4-ilovalarning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PRILOJENIYE № 3 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 10-fevralya 2017 goda № PP-2769
nauchnogo laboratornogo oborudovaniya, ne proizvodimogo v Respublike Uzbekistan i vvozimogo Sentrom genomiki i bioinformatiki Akademii nauk Respubliki Uzbekistan, osvobojdayemogo ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem sborov za tamojennoye oformleniye) do 1-yanvarya 2021 goda
* Okonchatelnie kodi tovarov po TN VED budut utochnyatsya pri tamojennom oformlenii.
PRILOJENIYE № 4 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 10-fevralya 2017 goda № PP-2769
reagentov i rasxodnix materialov, ne proizvodimix v Respublike Uzbekistan i vvozimix Sentrom genomiki i bioinformatiki Akademii nauk Respubliki Uzbekistan, osvobojdayemix ot tamojennix platejey (za isklyucheniyem sborov za tamojennoye oformleniye) do 1-yanvarya 2021 goda
* Okonchatelnie kodi tovarov po TN VED budut utochnyatsya pri tamojennom oformlenii”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli qarorining:
a) 9 — 19-1-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 19-2-bandining:
birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat komissiyasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 20-bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3- va 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-sonli qarori 2-bandining birinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-sonli qarori 1-ilovasining “Masʼul ijrochilar” ustuni 23-pozitsiyasidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-sonli qarorida:
a) 12-bandining birinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovasi “Masʼul ijrochilar” ustunining 20- va 21-pozitsiyalaridagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-sonli qarorida:
a) 3-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandining:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aholida saqlanayotgan noyob qoʻlyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomga asosan xarid qilinadi”;
uchinchi xatboshidagi “Davlat komissiyasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Institutda noyob qoʻlyozma asarlarni oʻrganish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratishni taʼminlasin”;
d) 2-ilova ikkinchi xatboshining davlat tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“B.A. Oxunov — Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori v.b., komissiya raisi oʻrinbosari”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qarorida:
a) 1-ilovasining oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.Y. Umarov — innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari v.b.”;
b) 8-ilovasining oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.Y. Umarov — innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari v.b.”;
v) 9-ilovasining toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.Y. Umarov — innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari v.b.”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-sonli qarorining 7-ilovasi oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I.Y. Abdurahmonov — innovatsion rivojlanish vaziri”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qarorining 6-bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy boʻlimi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3059-sonli qarorida:
a) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I.Y. Abdurahmonov — innovatsion rivojlanish vaziri”.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-sonli qarori 4-bandida “a” kichik bandining beshinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi va aholisining seysmik xavfsizligi, seysmik chidamli qurilish va seysmologiya sohasida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-sonli qarorida:
a) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. Boltabayev” soʻzlari “innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari”;
v) 1-ilovaning 1 — 5, 12, 15 — 18, 22, 23-pozitsiyalaridagi tegishli kelishikdagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari tegishli kelishikda “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I.Y. Abdurahmonov — innovatsion rivojlanish vaziri”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-sonli qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-sonli qarorida:
a) 2-bandining “b” kichik bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy moliyalashtirish subyektlari roʻyxati Innovatsion rivojlanish vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
d) 1-ilovada:
“Masʼul ijrochilar” ustunining 5, 6, 8 — 10, 12, 14 — 22, 24 — 26, 30, 33 — 41-pozitsiyalaridagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunining 30, 34-pozitsiyalaridagi “Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 2- va 3-ilovalaridagi izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning kelishilgan takliflari asosida ajratilgan mablagʻlardan rejali va oqilona foydalanilishini taʼminlash maqsadida Dastur parametrlariga oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega”.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi F-4849-sonli farmoyishining 8-bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” soʻzlari “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.