Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, odil sudlovning sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash uchun tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining ish bilan bandligini maqbullashtirish maqsadida:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
PF-5487-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PF-5487-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan
1. 9-bandda:
toʻrtinchi xatboshisidagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “418” va “209” raqamlari tegishincha “440” va “220” raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin;
2) 10-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining NAMUNAVIY TUZILMASI
Jami boshqaruv xodimlarining soni 2 — 6 birlikni, shundan sudyalar soni 1 — 3 tani tashkil etadi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 birlikni, shundan sudyalar soni — 220 tani tashkil etadi.
*) Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;
3) 12-ilovadagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;
4) 14-ilovadagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;
5) 16-ilovadagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin.