PF-5527-son Farmon · 28.08.2018

Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5527
  • Qabul qilingan sana:28.08.2018
  • Kuchga kirgan sana:29.08.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5527/1802

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi maqsadlarini roʻyobga chiqarishning muhim sharti olib borilayotgan islohotlarning toʻliq amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishga doir muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat yuritishini talab etadi.

Boshqaruvga oid qarorlar samaradorligini oshirish hamda tarmoqlararo, idoralararo va hududlararo muvofiqlashtirishni talab etuvchi masalalarni koʻrib chiqish va takliflar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etiladigan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) mazkur yoʻnalishda alohida oʻrin tutadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan, davlat apparatining zarur darajada faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirishni nazarda tutadi.

Idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari tahlili ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda samarali ishtirok etishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator omillar mavjudligini koʻrsatdi. Jumladan:

birinchidan, idoralararo kollegial organlarni tuzish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarining belgilanmaganligi mazkur organlar sonining keskin koʻpayishi va oqibatda maʼmuriy apparatning, budjet yukining ortishi va davlat boshqaruvini byurokratlashtirishga olib keldi;

ikkinchidan, davlat-hokimiyat vakolatlarining idoralararo kollegial organlarga asossiz oʻtkazilishi ularning amalda mustaqil davlat hokimiyati organi maqomiga ega boʻlishiga, davlat organlari va tashkilotlaridan ustun turuvchi vakolat va ularning faoliyatiga maʼmuriy aralashish imkonini berdi;

uchinchidan, idoralararo kollegial organlar faoliyatidagi takrorlash va parallelizm davlat organlari vazifa va funksiyalarining oʻrnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishishda javobgarlikning susayishiga olib kelmoqda;

toʻrtinchidan, idoralararo kollegial organlar maqomining noaniqligi amalda ularning qarorlari ustidan maʼmuriy tartibda shikoyat qilish imkonini yoʻqqa chiqarmoqda;

beshinchidan, amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan idoralararo kollegial organlarning mavjudligi, shuningdek, ularning tarkibiga kollegial organ faoliyatiga aloqasi boʻlmagan davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining kiritilishi ularga ortiqcha maʼmuriy yuklama boʻlib, asosiy vazifalarni bajarishdan chalgʻitmoqda;

oltinchidan, amalda idoralararo kollegial organlarning koʻpchiligi yuklangan vazifalarning oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi yoki toʻliq bajarilganligi tufayli uzoq vaqt davomida faoliyat yuritmayapti.

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, davlat-hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash hamda vazirlik va idoralarning mustaqil yurituviga berish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

idoralararo kollegial organlar yordamchi xususiyatga ega maslahatlashuv organ boʻlib, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish borasida koʻmaklashadi, shuningdek, idoralararo hamkorlikni taʼminlaydi;

davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo hamkorligi mustaqillik, oʻziga boʻysunuvchi sohada samarali faoliyat yuritish va vazifalarning lozim darajada bajarilishi uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligi tamoyillariga asoslanadi;

respublika va hududlararo idoralararo kollegial organlar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan, hududlardagi idoralararo kollegial organlar esa mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi;

idoralararo kollegial organlarni tuzish haqidagi qarorlar asoslangan boʻlishi, ularning tarkibi esa barcha aʼzolarning samarali ishtirokini taʼminlaydigan darajada shakllantirilishi lozim;

idoralararo kollegial organlar rahbarlari mazkur organlar faoliyatini tashkil etish, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni sifatli bajarish, tarkibni yangilab borish, shuningdek, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilgan yoki samarasiz faoliyat yuritilgan hollarda ularni tugatish yuzasidan oʻz vaqtida taklif kiritish yuzasidan shaxsan javobgardir.

2. 2018-yil 1-oktabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan ayrim idoralararo kollegial organlar 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq ularning vakolatlari tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻtkazilgan holda tugatilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan va optimallashtirilishi lozim boʻlgan idoralararo kollegial organlarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Shunday tartib belgilansinki, unga asosan quyidagilar:

idoralararo kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno;

amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan, shuningdek, davlat boshqaruvida, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan idoralararo kollegial organlarni tashkil etish va faoliyat yuritishi;

idoralararo kollegial organlarga davlat organlari vazifa va funksiyalarining oʻrnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib keluvchi takrorlovchi va parallel funksiyalarni yuklash;

idoralararo kollegial organlar ishiga ularning faoliyat sohasiga bevosita aloqasi boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlarini jalb etish taqiqlanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

a) mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarini amalga oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishini taʼminlasin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

tugatilayotgan va takomillashtirilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganishni tashkil etish;

oʻtkazilgan xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra, tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning mavjud vakolatlarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻtkazish, shuningdek, optimallashtirish nazarda tutilgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va tarkibini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

davlat organlari va tashkilotlarida tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar faoliyatini tashkil etishni taʼminlash uchun kiritilgan shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish;

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi idoralararo kollegial organlarning xatlovdan oʻtkazilishi va optimallashtirilishini taʼminlasin;

v) Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

idoralararo kollegial organlarni tashkil etish va tugatish yuzasidan tashabbus kiritish tartibi;

idoralararo kollegial organlarni tashkil etish zaruratini asoslovchi aniq mezonlar;

idoralararo kollegial organlarning asosiy vazifalari;

idoralararo kollegial organlar faoliyatining samaradorligi uchun javobgarlik va natijadorlikka doir talablar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlariga tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning oʻtkazilayotgan vazifalari, funksiyalari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari tarkibiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan lozim darajada bajarilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar faoliyati samaradorligini tahlil qilsin va baholasin hamda natijasi boʻyicha ularni kelgusida qisqartirish va optimallashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda faoliyat yuritayotgan idoralararo kollegial organlar reyestrini shakllantirsin, doimiy yangilab borsin va ochiqligini taʼminlasin;

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 28-avgust,

PF-5527-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan va tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar

T/rIdoralararo kollegial organning nomlanishiIdoralararo kollegial organni tuzishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatTugatilayotgan organning funksiyalarini bajaruvchi (vakolatlariga aloqador qismida) subyektlar 1.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizm boʻyicha idoralararo kengashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi “Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”dagi PF-1162-son FarmoniTurizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash,Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi2.Bojxona haqi stavkalarini koʻrib chiquvchi idoralararo komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida”dagi PF-1205-son FarmoniIdoralararo boj-tarif Kengashi3.Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-oktabrdagi “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida” PF-1869-son FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi4.Diniy jamoa, oqim va guruhlar faoliyatining qonuniyligini oʻrganish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 21-apreldagi “Diniy jamoalar, oqimlar va guruhlar faoliyatining qonuniyligini oʻrganish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida” PF-1989-son FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita5.Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika KomissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” PF-2107-son FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi6.Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi KengashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-3080-sonli Farmoni2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi7.Oliy oʻquv yurtlarining rahbar va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi8.“Yashnobod” texnoparkining Muvofiqlashtiruvchi kengashiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-5068-son FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi9.Tariflar va uy-joy-kommunal xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlar dasturi bajarilishi monitoringini olib borish respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli qaroriUy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi10.Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini har yili oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-sonli qarori“Oʻzpaxtasanoat” AJ, Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ11.Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha idoralararo komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi PQ-272-sonli qaroriQishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi12.Aholi oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot ishlarining taʼsirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot ishlarining taʼsirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 3-apreldagi PQ-317-son qarori.Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi13.Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisida”2006-yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qaroriOʻzbekiston matbuot va axborot agentligi14.Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha Idoralararo kengashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qaroriIqtisodiyot vazirligi15.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshida sogʻliqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi doimiy faoliyatdagi komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-700-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi16.Qishloq xoʻjalik texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha maxsus komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-son qaroriQishloq xoʻjaligi vazirligi,Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ17.OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicharespublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1023 son qaroriRespublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi18.Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus idoralararo komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1236-son qaroriVazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi19.Eksportchi tashkilotlarning mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar boʻyicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga doir murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha maxsus ekspert komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1731-son qarori;Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3077-son qaroriBelgilanmagan20.Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimining boshqaruv organlari rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-son qarori;Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-2146-son farmoyishiOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida kasb-hunar kollejlar boʻlgan vazirliklar va idoralar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining takliflariga binoan)21.Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2137-son qarori Qurilish vazirligi22.2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi “2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2221-son qaroriSogʻliqni saqlash vazirligi23.Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2327-son qaroriOʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi24.Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-son qarori“NEK” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi25.Meva-sabzavot mahsulotlarini yanada chuqur qayta ishlash va uning eksport salohiyatini oshirishni taʼminlash boʻyicha Respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-martdagi “2016 ― 2020-yillarda meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarining xom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2505-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari26.“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi “Davlat ulushi ustuvor boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2635-son qaroriBelgilanmagan27.Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida yangi investitsiya loyihalari paketini shakllantirish boʻyicha doimiy amaldagi Ishchi guruhiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi“Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2718-son qaroriInvestitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi28.Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2761-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi29.Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha KomissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2895-son qaroriOʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi30.Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-son qarori“Oʻzstandart” agentligi31.2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha Ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda xorazm viloyati va xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2953-son qaroriTurizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi32.2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturini amalga oshirish yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha Ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2980-son qaroriTurizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi33.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi yongʻin xavfsizligi boʻyicha komissiyalarOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi “Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2992-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi34.Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi KengashiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3003-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi35.Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish KomissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3024-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi36.Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3074-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi37.Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi;Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzurida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalar.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3082-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi38.Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3176-son qarori“Oʻzbekkino” Milliy agentligi39.Maktabgacha taʼlim tizimini tanqidiy oʻrganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil9-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3261-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi40.“Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va tashkiliy tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha Ishchi komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4857-son Farmoni“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ41.Oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-martdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3626-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi42.Mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari olib borish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini oʻrganish boʻyicha KomissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi “Mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari olib borish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini oʻrganish boʻyicha Komissiya tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-2945-son farmoyishiIqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ43.Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha KomissiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-fevraldagi “Toshkent shahrida oʻtkazilgan xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” F-4613-son farmoyishiBelgilanmagan44.Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha oʻzbekiston respublikasi davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 271-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi45.Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga oʻtish Davlat dasturini amalga oshirishni nazorat qilish Idoralararo komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotida qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga oʻtish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 433-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi46.Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-fevraldagi “Mustaqillik kuni va Navroʻz umumxalq bayramlarini tashkil etish haqida”gi 68-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi47.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-dekabrdagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash respublika komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 471-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi48.Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi Konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi “Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilib tashlash toʻgʻrisidagi konvensiyani roʻyobga chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyasini tashkil etish haqida”gi 287-son qarori“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi49.Mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi ishchi komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa sanoati korxonalarini konversiya qilish masalalari boʻyicha ishchi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi 145-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi50.“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-martdagi “Sharq taronalari” ikkinchi xalqaro musiqa festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 142-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi51.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasiga uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha maxsus idoralararo guruhVazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston respublikasiga uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 521-son qarori Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi52.Oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-maydagi “Oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 208-son qaroriOliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi53.Sogʻlom avlod, ayollar sogʻligʻini mustahkamlash va oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi “Ayollar va oʻsib kelayotgan avlod sogʻligʻini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 32-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi54.Yarmarka savdolari oʻtkazish boʻyicha respublika kengashi; Asosiy tovar guruhlari - oziq-ovqat tovarlari, yengil sanoat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlar boʻyicha doimiy ishlovchi yarmarka qoʻmitalariVazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 391-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi55.Aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-avgustdagi “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 360-son qarori Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi56.Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 510-son qarori;Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 358-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi57.Vazirlar Mahkamasining diniy taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi “Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida” 99-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita58.Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 109-son qarori“Sanoatgeokontexnazorat”davlat inspeksiyasi59.Vazirlar Mahkamasining Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatini litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 111-son qarori“Sanoatgeokontexnazorat”davlat inspeksiyasi60.Vazirlar Mahkamasining Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi:Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 112-son qarori“Sanoatgeokontexnazorat”davlat inspeksiyasi61.Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 181-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi62.Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 275-son qaroriOʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi63.Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari — taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 519-sonli qarori Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi64.Qishloq xoʻjaligi uchun taʼsirchan moddalar va tayyor kimyoviy preparatlar xarid qilish boʻyicha idoralararo tender komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi “Oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlarini yetkazib berish va ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 519-sonli qaroriBelgilanmagan65.Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-apreldagi “Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 192-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi66.Sanoat xavfsizligi boʻyicha idoralararo kengashVazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 131-son qaroriSanoatgeokontexnazorat”davlat inspeksiyasi67.Qattiq foydali qazilmalar konlarini xatlovdan oʻtkazishni muvofiqlashtirish komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-iyundagi “Geologiya-qidiruv ishlari olib borishga va qattiq foydali qazilma konlarini ishlatishga investitsiyalarni yanada jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 142-son qarori Belgilanmagan68.Oʻzbekiston Respublikasi hududida qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2009-yil 16-martdagi “Ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 70-son qaroriBelgilanmagan69.Respublikada qogʻozni tejash va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi “Respublikada qogʻozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 155-son qarori Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi70.Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi komissiyasiVazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi “Oʻzbekiston respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 234-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi71.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengashVazirlar Mahkamasining 2010-yildagi 15-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 299-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi72.Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalari va ularning dasturiy mahsulotlari (versiyalari) boʻyicha Idoralararo ishchi komissiyaVazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi73.Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhiVazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-iyuldagi “Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini oʻrganish boʻyicha Idoralararo ishchi guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 227-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi74.2014 — 2018-yillar davrida Suv xoʻjaligi vazirligi suv xoʻjaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi “2014 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi suv xoʻjaligi tashkilotlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 158-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi75.Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 224-son qaroriOʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi76.Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasidagi chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 102-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi77.Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari rahbar kadrlarini tanlash, attestatsiyadan oʻtkazish va rotatsiya qilish boʻyicha Respublika komissiyasiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-iyundagi “Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 170-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi78.2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish tadbirlari Dasturi ijrosining nazoratini taʼminlash boʻyicha Ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi “2017-2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 450-son qaroriTurizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash,Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi79.Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 865-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi80.Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1043-son qaroriOʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi81.Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga joʻnatish uchun nomzodlarni tanlab olishi boʻyicha Idoralararo komissiyaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-yanvardagi F-42-son farmoyishiBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan va optimallashtirilishi lozim boʻlgan idoralararo kollegial organlar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 06/23/95/0372-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.