(muqaddima, 1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini oʻrtacha 10 foizga, shu jumladan, 1-razryad boʻyicha 15 foizga, 2-razryad boʻyicha 10 foizga va 3-razryad boʻyicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq toʻlanadigan xodimlarning ish haqi miqdorining jadal ravishda oshirilishini koʻzda tutgan holda 2019-yil 1-yanvardan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan saqlanadigan tashkilotlarda band boʻlgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarni tanqidiy koʻrib chiqsin va 2019-yil 1-yanvaridan ularning yangilanganlarini joriy etsin;
xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq toʻlash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va masʼuliyati bilan yanada uzviy bogʻliqligini taʼminlashni nazarda tutadigan Budjet tashkilotlarida mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishini va 2019-yil 1-sentabrga qadar muddatda kiritilishini taʼminlasin.
(5 — 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-5469-son Farmoni uning 6-bandi istisno qilingan holda 2018-yilning 1-noyabridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(9-10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-oktabr,
PF-5553-son