PQ-3974-son Qaror · 16.10.2018

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3974
  • Qabul qilingan sana:16.10.2018
  • Kuchga kirgan sana:17.10.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3974/2066

Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarori ijrosi doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 154,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2017 — 2021-yillarda amalga oshirishga moʻljallangan Qarz bitimi imzolangani;

oʻtgan ikki yil davomida 151,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari uchun ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilgan, shuningdek, loyihani boshqarish va monitoring qilish uchun 3,0 mln. AQSH dollari ajratilgani;

ajratilgan mablagʻlar hisobidan 161 ta fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan: 137 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlari hamda zamonaviy issiqxonalarni joriy etish bilan 3370 gektar maydonda intensiv bogʻlar; 67 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan 58 ta sovutish omborlari, yillik quvvati 121 ming tonnaga teng boʻlgan 28 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash liniyalari hamda 3500 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgani;

Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining 2018-yil 14-iyunda qoʻshimcha 198,0 mln. AQSH dollari miqdorida loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 25 yil boʻlgan qarzni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etilishini maʼqullagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar:

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasining tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini uzish, ular boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda huquqiy xulosa bersin.

5. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot banki qarziga mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratishni va unga tegishli ravishda xizmat koʻrsatishni taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga — Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini oʻz vaqtida va samarali oʻzlashtirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S.R. Xolmurodov va J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi G.K. Saidova zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 16-oktabr,

PQ-3974-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga1-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasiga tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari

* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash, tovarlarni (ish va xizmatlar) yetkazib berishga tender savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 2-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasini qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga 3-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini soʻndirish va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3974-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2813-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 2-bandda:

uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.

b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po restrukturizatsii selskoxozyaystvennix predpriyatiy pri Ministerstve selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “Agentstva po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

2. Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qarori rus tilidagi matnining 2-bandida:

toʻrtinchi xatboshidan “v inostrannoy valyute” soʻzlari chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshidagi “osushestvlyayutsya tolko v svobodno konvertiruyemoy valyute” soʻzlari “mogut osushestvlyatsya kak v inostrannoy, tak i v natsionalnoy valyute” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.