PQ-4023-son Qaror · 21.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4023
  • Qabul qilingan sana:21.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:22.11.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/4023/2201

Tovar bozorlarida chinakam raqobat muhitini yaratish hamda taqsimlash tizimi elementlarini tugatish, qishloq xoʻjaligi bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashda bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Belgilansinki, ilovaning 1-bandi 2018-yil 22-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 21-noyabr,

PQ-4023-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4023-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 12-1-ilovasidan 6-pozitsiya chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qarorida:

a) 2-bandda:

“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“texnik chigit — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, paxta chigitini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatiga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega boʻlgan mahalliy korxonalarga. Bunda sotib olingan paxta chigitini qayta sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi”;

“b” kichik bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) paxta chigiti sheluxasi va shroti birja savdolarida erkin realizatsiya qilinadi”;

b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.