PF-5586-son Farmon · 28.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5586
  • Qabul qilingan sana:28.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:28.11.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5586/2230

Elektr energetika tarmogʻi korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3833-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 28-noyabr,

PF-5586-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PF-5586-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5044-son Farmoni 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “isteʼmolchilar” degan soʻz “isteʼmolchi jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” PQ-2947-son qarori 11-bandining uchinchi xatboshidagi “isteʼmolchilar” degan soʻz “isteʼmolchi jismoniy shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3310-son qarorining ilovasi rus tilidagi matnida 6-bandning “d” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi “potrebiteley” degan soʻz “potrebiteley-fizicheskix lits” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3326-son qarorida:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3542-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 6-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

v) 1-ilovada:

“AO “NVK “Uzekspotsentr”” bloki chiqarib tashlansin;

“AO “Xalkaro Hamkorlik Markazi”” bloki chiqarib tashlansin;

“GP RXVO “Interservis” (gostinitsa “International Notel Tashkent”)” bloki chiqarib tashlansin;

izoh chiqarib tashlansin.

g) 2-ilovada:

“AO “NVK “Uzekspotsentr”” bloki chiqarib tashlansin;

“AO “Xalkaro Hamkorlik Markazi”” bloki chiqarib tashlansin;

“GP RXVO “Interservis”” bloki chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.