PQ-4039-son Qaror · 29.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4039
  • Qabul qilingan sana:29.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:30.11.2018
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/4039/2244

Mamlakatimizda suv xoʻjaligi obyektlarining holatini yaxshilash, suvdan oqilona foydalanish, shuningdek, uning hududiy taʼminotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda mavjud suv xoʻjaligi obyektlarining miqdori, kanallar uzunligi va suv resurslarini taqsimlash maydonlari suv resurslarini oqilona boshqarishga alohida yondashuvni shakllantirishni talab qiladi.

Shu bilan birga, hozirda mavjud vaziyat suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati ustidan tezkor nazorat tizimini yaratish, ularni oʻz vaqtida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, mazkur sohada loyiha va qurilish-montaj ishlarini yaxshilash boʻyicha choralar qabul qilinishini taqozo etadi.

Suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlari holatini yaxshilashda taʼsirchan tizimni yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga berilsin.

Belgilansinki, Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mavjud shtat birligi va moddiy-texnika bazasi bilan toʻliq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi saqlangan holda oʻtkaziladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birligi doirasida quyidagi boshqarmalar tashkil etilsin:

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi;

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Suv xoʻjaligi vazirligini davlat nomidan “OʻzGIP” MChJ ishtirokchisi funksiyalarini amalga oshiruvchi organ qilib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning yangilangan loyihasini;

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 29-noyabr,

PQ-4039-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PQ-4039-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3672-son qarorining:

a) 1-bandida:

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tumanlar irrigatsiya boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, irrigatsiya tizim boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 5 — 5d ilovalarga muvofiq”;

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi 6a-ilovaga muvofiq”;

yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining TAShKILIY TUZILMASI

v) quyidagi tahrirdagi 5g va 5d ilovalari bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga 5g-ILOVA

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasi apparatining NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Surxondaryo” magistral tizimi boshqarmasi — 10 birlik;

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali boshqarmasi — 6 birlik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga 5d-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari apparatiningNAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Kattagar-Boʻzatov” (6 birlik), “Quarishjarma” (8 birlik), “Qizketken-Kegeyli” (10 birlik), “Paxtaarna-Nayman” (11 birlik), “Suyenli” (14 birlik) va Orol boʻyi delta boshqarmasi (4 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Andijonsoy” (6 birlik), “Qoradaryo-Maylisoy” (5 birlik), “Savay-Oqburasoy” (5 birlik), “Ulugʻnor-Mazgilsoy”(7 birlik), “Shahrixonsoy” (7 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Qorakoʻl” (9 birlik), “Toshrabot-Jilvon” (7 birlik), “Xarxur-Duoba” (8 birlik), “Shoxrud-Doʻstlik” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zomin” (8 birlik), “Tuyatortar-Qli” (5 birlik), “Uchtom” (6 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qarshi magistral kanali” (18 birlik), “Mirishkor” (12 birlik), “Oqsuv” (9 birlik), “Eski anhor” (9 birlik), “Yakkabogʻ-Gʻuzor” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Quyi-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Karmana-Konimex” (6 birlik), “Toshrabot-Oʻrtachoʻl” (6 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Zardaryo” (8 birlik); “Norin-Haqqulobod” (6 birlik), “Podshoota-Chodak” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Oq-Qoradaryo” (9 birlik), “Dargʻom” (12 birlik), “Miankal-Tos” (5 birlik), “Mirza-Pay” (10 birlik), “Narpay” (9 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Amu-Zang” (12 birlik), “Surxon-Sherobod” (10 birlik), “Toʻpalang-Qoratogʻ” (12 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Boyovut” (15 birlik), “Shoʻroʻzak-Sirdaryo” (12 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Ohangaron-Dalvarzin” (13 birlik), “Boʻzsuv” (11 birlik), “Parkent-Qorasuv” (14 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Isfayram-Shohimardon” (10 birlik), “Isfara-Sirdaryo” (8 birlik), “Norin-Fargʻona” (10 birlik), “Soʻx-Oqtepa” (8 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari;

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Qaramazi-Qilichbay” (6 birlik), “Polvon-Gʻazovat” (9 birlik), “Toshsaqa” (9 birlik), “Shovot-Qulovat” (11 birlik) irrigatsiya tizimi boshqarmalari”;

g) quyidagi mazmundagi 6a-ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga 6a-ILOVA

Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi TUZILMASI

Umumiy cheklangan soni — 51 birlik, shundan boshqaruv xodimlari soni — 24 birlik”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.