[Koʻchirma]
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida tizimli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek, mazkur faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” oliyjanob gʻoyasi asosida tubdan qayta koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida huquq-tartibotni taʼminlash va ushbu yoʻnalishda oʻzaro maqsadli hamkorlikni tashkil etishda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalari ishtirokining samarasi pastligida, huquqbuzarliklarning, birinchi navbatda, ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning oldini olish, ularga chek qoʻyish, sodir etilganlarini fosh etishda fuqarolik pozitsiyasining sustligida namoyon boʻlayotgan qator kamchiliklar mavjud.
Mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida oʻrnatilgan mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda jamoatchilik tuzilmalarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan holda safarbar qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari har kuni:
tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishadi va bunda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarga alohida eʼtibor qaratadi;
tegishli hududda sodir etilgan, birinchi navbatda ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini oʻrganib, huquqqa xilof harakatlarni keltirib chiqargan omillarni aniqlashtiradi hamda masʼul tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarning harakatsizligiga nisbatan choralar koʻradi;
huquqqa xilof holatlar boʻyicha oʻz vaqtida taʼsir choralarini koʻrish va ularning salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalarni jalb qilish hamda ularning hamkorligini tashkil etish borasida taʼsirchan chora-tadbirlarni koʻrib, mazkur yoʻnalishda shaxsiy nazorat oʻrnatadi;
b) har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida hisobot davri yakuniga koʻra, jamoat xavfsizligini taʼminlash natijalarining tahlili asosida quyidagilar tanqidiy muhokama qilinadi:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
tegishli hududda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoiy holatlar;
jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli takliflarni ishlab chiqish hamda ularni hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasiga kiritishni belgilangan holda huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaroriga asosan 2-band ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari oʻz vaqtida koʻrilgan hollarda bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlariga mehnatga haq toʻlash fondining (pul taʼminotining) 100 foizigacha boʻlgan miqdorda (oʻrnatilgan va toʻlanayotgan qoʻshimcha haq va ustamalardan qatʼi nazar) va boshqa pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibini joriy etish.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
4. Har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi Toshkent shahrining ijobiy tajribasi respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilsin.
5. Profilaktika (katta) inspektorlariga “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmagan holda tegishlicha huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari (bundan buyon — jamgʻarmalar) tashkil etilsin.
Belgilansinki:
a) jamgʻarmalarni shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan tegishliligiga koʻra ularga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha undirilgan (qaysi organ tomonidan undirilishidan qatʼi nazar) maʼmuriy jarimalar mablagʻlari;
ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mablagʻlari;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son)
jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi hududiy ichki ishlar organlari jamgʻarmalariga tushadigan maʼmuriy jarimalar mablagʻlarining 10 foizi hisobidan shakllantiriladi;
v) jamgʻarmalarning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning oʻrinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlariga muvofiq faqat quyidagilar uchun sarflanadi:
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, ularga belgilangan tartibda ustamalarni belgilash, shuningdek, qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish va moliyalashtirish, shartnoma asosida kadrlarni jalb etish;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son)
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam koʻrsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash yoki qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrgan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uy-joylarini kapital taʼmirlash.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
tuman va shahar ichki ishlar organi boshligʻini hamda undan yuqori darajadagi rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida, boshqa rahbar xodimlarni hamda profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti va uning filiallarida uzluksiz asosda amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari (bundan buyon — idoraviy akademik litseylar) direktorlariga tegishliligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari vakolatlari beriladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4343/3206-son)
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jumladan, zarur oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash va moddiy-texnik taʼminoti uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlari lavozimlari, qoida tariqasida, yurisprudensiya sohasida bilim va kasbiy malakaga ega shaxslar orasidan jamlanadi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlari uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy taʼlim olishga qabul qilinadigan xodimlar (harbiy xizmatchilar) umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
8. 2019-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududlari jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun quyidagilarga biriktiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga — Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga — Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi 2020-yil 1-yanvarga qadar Bosh prokuraturaning Akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tegishlicha Toshkent shahrining Chilonzor va Olmazor tumanlarida jinoyatlarning sodir etilish sabablarini aniqlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va diagnostika qilishga jalb qilinishini taʼminlasin hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilarni belgilasin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PQ-5235-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son)
jinoyatchilik ahvoli oʻzgarilishini kriminologik prognozlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga uslubiy koʻmaklashish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
10. Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi zimmasiga respublika hududlariga biriktirilgan davlat organlari rahbarlarining ish natijalarini tizimli monitoring qilish va xolisona baholash hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
11. Respublikaning barcha hududlarida quyidagi amaliyot bosqichma-bosqich joriy etilsin:
prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda tegishli hududda jinoyatchilikni oʻrganish, uning sabab va sharoitlarini aniqlash hamda ahvolining oʻzgarishini kriminologik prognozlash maqsadida mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuzilishi va tizimli yuritilishi;
har bir davlat organi va tashkiloti faoliyatining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha oʻz strategiyalarini ishlab chiqishi.
12. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda oʻn kun muddatda nodavlat tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish va qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) hokimlariga ommaviy tadbirlar davomida va jamoat joylarida jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari xodimlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan jalb qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish vakolatini berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin;
Moliya vazirligi, Bosh prokuratura va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda qoʻshma qaror bilan fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida namuna koʻrsatgan aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish mezonlari va tartibini mazkur qaror talablariga muvofiq belgilasin;
Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning har bir hududida Toshkent shahri tajribasi asosida “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda respublikaning har bir hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida shaxsiy tarkibning kundalik kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etish imkonini beruvchi ichki ishlar organlarining sport bazalarini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtma va talablari asosida ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul boʻlinmalari xodimlari, keyingi navbatda patrul-post xizmati uchun mobil videokameralar hamda maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish elektron tizimi planshetlari xarid qilinishini taʼminlasin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
PQ-4075-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga ILOVA
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha
Izoh:
1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar ijrosi uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat belgilanadi.