PQ-4088-son Qaror · 29.12.2018

Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4088
  • Qabul qilingan sana:29.12.2018
  • Kuchga kirgan sana:04.01.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/4088/2412

Tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan:

“Oʻzbekenergo” AJ va uning korxonalariga — tabiiy gaz xarajatlari qismini qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq;

issiqlik taʼminoti korxonalariga — aholi uchun pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun 2-ilovaga muvofiq subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

Belgilansinki, ushbu band bilan kiritiladigan oʻzgartirishlar 2018-yil 16-noyabrdan boshlab kuchga kiradi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 29-dekabr,

PQ-4088-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-son qaroriga 1-ILOVA

“Oʻzbekenergo” AJ va uning korxonalariga 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar

* “Oʻzbekenergo” AJ korxonalariga ajratiladigan subsidiyalar tabiiy gaz boʻyicha qarzlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi. Bunda “Oʻzbekenergo” AJ korxonalarining elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tariflarini shakllantirish 2018-yil 16-noyabrdan 31-dekabrgacha boʻlgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmiga mos ravishda subsidiya summasini chegirgan holda amalga oshiriladi.

** Ajratiladigan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan budjet ssudasini toʻlashga yoʻnaltiriladi.

*** Ajratiladigan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga taqsimlanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-son qaroriga 2-ILOVA

Issiqlik taʼminoti korxonalariga 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan issiqlik manbai korxonalariga ajratiladigan subsidiyalar summasi aholiga amalda sotiladigan issiqlik energiyasi hajmlaridan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-son qaroriga 3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi oltinchi va yettinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining rus tilidagi matni 12-1-ilovasida:

12 va 13-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

izohning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.