PQ-4065-son Qaror · 18.12.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4065
  • Qabul qilingan sana:18.12.2018
  • Kuchga kirgan sana:18.12.2018

Vinochilik va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mazkur sohada nazoratni kuchaytirish boʻyicha ishlarni tashkil qilishni yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;

Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov) bir hafta muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;

yangi kiritilayotgan lavozimlarning funksional vazifalarini tasdiqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

* 1 — 4-ilovalar rus tili matnida berilgan,

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 18-dekabr,

PQ-4065-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.