PF-5654-son Farmon · 05.02.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5654
  • Qabul qilingan sana:05.02.2019
  • Kuchga kirgan sana:05.02.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5654/2572

Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitob tizimini yanada takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoni 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari, isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida, ular tomonidan xabardor qilish tartibi orqali tegishli murojaat taqdim etilgan taqdirda esa — 50 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan haq toʻlanmagan, shuningdek, 50 foizlik oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qiluvchi isteʼmolchilar tomonidan oyning oxirigacha yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagan hollarda mazkur isteʼmolchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi;”.

2. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 5-fevral,

PF-5654-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.