Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga koʻmaklashish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.S. Kasimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-fevral,
PQ-4200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4200-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilab qoʻyilsinki:
davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;
tanlov gʻoliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti toʻlanadi;
tanlov gʻoliblari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovka oʻtaydi;
tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan taʼminlanganidan soʻng, tanlovning tegishli nominatsiyalari boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovka oʻtaydi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka oʻtagan tanlov gʻoliblari va final bosqichining ishtirokchilari zimmasiga ularni stajirovkaga yuborgan davlat tashkilot bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddat davomida shu tashkilotda ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
tanlov gʻoliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka oʻtashi yuzasidan chora-tadbirlarni koʻrish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat boʻyicha koʻtarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi”.
2. 6-bandda:
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boʻyicha stajirovka oʻtashi qismida — birinchi navbatda davlat tashkilotlari — tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilarining ish beruvchilari mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
3. 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) 4 — 6 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. D.R. Li — direktor Natsionalnogo agentstva proyektnogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan
5. E.M. Ganiyev — zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan po voprosam investitsiy i vneshneekonomicheskix svyazey
6. A.A. Azizov — predsedatel Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan”;
b) quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan toʻldirilsin:
“7-1. A.F. Musayev — zaveduyushiy sektorom razvitiya kadrovogo potensiala Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”;
v) 13-bandda “A.I. Axmedxadjayev” soʻzi “Sh.M. Sadikov” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“J.I. Xidayxodjayev — sovetnik ministra inostrannix del Respubliki Uzbekistan — rukovoditel Ispolnitelnogo apparata Ministerstva inostrannix del Respubliki Uzbekistan”;
d) 17-bandda “A.E. Burxanov” soʻzi “E.S. Tulyakov” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 19-bandda “nachalnik Uchebno-metodicheskogo otdela” soʻzlari “prorektor” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) 11-bandda:
“a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “kotorie napravlyayutsya dlya proxojdeniya stajirovki v gosudarstvennix organizatsiyax” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“b” kichik band chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandining ikkinchi xatboshida “sovokupnosti rezultatov proxojdeniya stajirovki i” soʻzlari “rezultatam” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
v) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Pobediteli konkursa naznachayutsya na rukovodyashiye doljnosti v gosudarstvennix organizatsiyax po sootvetstvuyushim napravleniyam i proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyushim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye trex mesyatsev.
Ostavshiyesya finalisti konkursa vklyuchayutsya v rezerv upravlencheskix kadrov v gosudarstvennix organizatsiyax i posle trudoustroystva proxodyat stajirovku v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran po sootvetstvuyushim nominatsiyam konkursa srokom ne meneye odnogo mesyatsa.
Gosudarstvennie organizatsii pri neobxodimosti obespechivayut proxojdeniye pobeditelyami i finalistami konkursa intensivnix kursov obucheniya inostrannim yazikam za schet sobstvennix sredstv do napravleniya na stajirovku v profilnie organizatsii razvitix zarubejnix stran.
Realizatsiya mer po naznacheniyu pobediteley konkursa na sootvetstvuyushiye rukovodyashiye doljnosti, proxojdeniyu pobeditelyami i finalistami konkursa stajirovki v profilnix organizatsiyax razvitix zarubejnix stran, a takje monitoring deyatelnosti finalistov, vklyuchennix v rezerv upravlencheskix kadrov, dlya posleduyushego prodvijeniya po slujbe ili naznacheniya na rukovodyashiye doljnosti osushestvlyayetsya pod obshey koordinatsiyey Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan”;
g) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: