PF-5693-son Farmon · 19.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5693
  • Qabul qilingan sana:19.03.2019
  • Kuchga kirgan sana:19.03.2019
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi oʻrtasidagi investitsiyaviy iqlimni yaxshilash va mamlakatimizning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 19-mart,

PF-5693-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi PF-5693-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. 4-ilova:

a) quyidagi mazmundagi 15 va 77-bandlar bilan toʻldirilsin:

“15. Eron Islom Respublikasi;

77. Janubiy Afrika Respublikasi”;

b) 15 — 75-bandlar tegishli ravishda 16 — 76-bandlar va 76-band tegishli ravishda 78-band deb hisoblansin;

v) 15-band “shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi” soʻzlar bilan toʻldirilsin.

2. 6-ilova:

a) quyidagi mazmundagi 23 va 109-bandlar bilan toʻldirilsin:

“23. Eron Islom Respublikasi;

109. Janubiy Afrika Respublikasi”;

b) 23 — 107-bandlar tegishli ravishda 24 — 108-bandlar va 108-109-bandlar tegishli ravishda 110-111-bandlar deb hisoblansin;

v) 27-band “shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi” soʻzlar bilan toʻldirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.