Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoni va 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-may,
PF-5731-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolari koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga ular quyidagi hududlarda koʻchmas mulk sotib olgan taqdirda:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda”;
toʻrtinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ular oliy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim toʻgʻrisidagi diplom yoxud gidlar (ekskursiya yetakchilari) yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikati olgandan keyin amalga oshirilishi mumkin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5326-son Farmonida:
quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldirilsin:
“1-1. Fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
quyidagi mazmundagi 1-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga 1-ILOVA
Fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektron kirish vizasi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Elektronnaya viza inostrannomu grajdaninu vidayetsya srokom prebivaniya na territorii Respubliki Uzbekistan do 30 dney so dnya vyezda. Razreshayetsya odnokratniy vyezd s elektronnoy vizoy v Respubliku Uzbekistan. Poryadok prebivaniya inostrannogo grajdanina na territorii Respubliki Uzbekistan opredelyayetsya deystvuyuщim zakonodatelstvom.
5. Vidannaya elektronnaya viza deystvuyet v techeniye 90 dney s momenta eye vidachi. V sluchaye istecheniya sroka elektronnoy vizi inostranniy grajdanin podayet obraщeniya na oformleniye elektronnoy vizi na obщix osnovaniyax”.