PQ-4413-son Qaror · 02.08.2019

Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4413
  • Qabul qilingan sana:02.08.2019
  • Kuchga kirgan sana:03.08.2019
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4413/3511

Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, shukronalik va bagʻrikenglik ramzi ekanini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulugʻlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11-avgust ― yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2019-yil 11-avgust Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 2-avgust,

PQ-4413-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.