Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-4426-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5147-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Belgilansinki, 1-ilovaning 1-bandi, 2-bandining “b” kichik bandi, 5, 6 va 9-bandlari 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2020-yil 1-yanvardan 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
PF-5831-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-son Farmoniga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5147-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
4. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 5-1-band bilan toʻldirilsin:
“5-1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlariga lavozim maoshlariga nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar belgilansin:
qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan alohida mehnat sharoitlari uchun 0,2 miqdorida;
uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda”.
6. 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
9. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3587-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 29-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5306-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi va 3-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5565-son Farmoniga 2-ilovaning 1, 4, 5 va 8-bandlari.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-460-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1539-son qarori.