PQ-4511-son Qaror · 07.11.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4511
  • Qabul qilingan sana:07.11.2019
  • Kuchga kirgan sana:08.11.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4511/4005

Etil spirti va likyor-araq mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini koʻpaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 7-noyabr,

PQ-4511-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi uchun “Premium Uzbekistan” MChJ QKni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 23/35-uy manzili boʻyicha joylashtirish”.

2. 6-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti” AJ;

bosh pudratchi tashkilot etib — “SK Alfa stroy” MChJ belgilansin”.

3. 7 — 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

4. 14-banddagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning” soʻzlari “Premium Uzbekistan” MChJ QKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmagan holda amalga oshirishni taʼminlasin”.

6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda taʼminlasin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.