Oʻzbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda oʻzaro manfaatli mintaqalararo aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulxonasining (keyingi oʻrinlarda — Bosh konsulxona) shtat jadvaliga mehnatga haq toʻlash fondini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda birinchi kotib qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulxonasining shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxona taʼminotining 2019-yildagi xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh konsulxona shtat jadvalidagi oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining soʻroviga asosan qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish toʻgʻrisida” PQ-3960-son qarorining 2-bandi hamda 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-oktabr,
PQ-4480-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktabrdagi PQ-4480-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulxonasining shtat jadvali