PQ-4356-son Qaror · 10.06.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4356
  • Qabul qilingan sana:10.06.2019
  • Kuchga kirgan sana:11.06.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4356/4213

Germaniya Federal prezidenti F.V. Shtanmayerning 2019-yil 27 — 29-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomidagi uchrashuvlar va muzokaralarning mantiqiy davomi boʻldi, Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga yangi turtki berdi.

Doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan samarali muzokaralar Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga boʻlgan oʻzaro intilish va ishonchning kuchayganligini yana bir bor tasdiqladi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni kengashtirish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qarori 1 va 2-ilovalarga* muvofiq 5 va 6-ilovalar bilan toʻldirilsin.

1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

2. Investitsiya va texnologiyalar boʻyicha Oʻzbekiston-Germaniya qoʻmitasi (R. Gulyamov) ushbu qarorning 2-ilovasida* nazarda tutilgan Germaniya Federativ Respublikasi bilan moliyaviy-texnik va investitsiyaviy-texnologik dasturlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha vazirlik va idoralar ishini samarali muvofiqlashtirishni, shuningdek, nemis tomoni bilan hamkorlik qilishni taʼminlasin.

3. Masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar hisobot oyidan keyingi oyning 3 sanasiga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni tegishlicha Tashqi ishlar vazirligiga — 1-ilovaga* muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga — 2-ilovaga* muvofiq taqdim etishni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari M.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 10-iyun,

PQ-4356-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.