PF-5897-son Farmon · 28.12.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5691-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5897
  • Qabul qilingan sana:28.12.2019
  • Kuchga kirgan sana:28.12.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5897/4241

Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari investorlari uchun mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5691-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha ilovaga muvofiq kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 28-dekabr,

PF-5897-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi PF-5897-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Birlashgan Arab Amirliklari fqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5691-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha

1. Nomi “Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

2. 1-band kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2019-yil 20-martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun, shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fukarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilansin.

Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam boʻlmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini takdim etadilar.”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.