PQ-4635-son Qaror · 10.03.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4635
  • Qabul qilingan sana:10.03.2020
  • Kuchga kirgan sana:11.03.2020
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4635/0290

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar sohalarida mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalarni samarali amalga oshirish hamda vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirish va uygʻunligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimi kiritilsin.

2. Yangi kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Tashqi ishlar vazirligining, shuningdek, investitsiya, eksport va logistika masalalari boʻyicha Transport vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 10-mart,

PQ-4635-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.