PQ-4669-son Qaror · 10.04.2020

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4669
  • Qabul qilingan sana:10.04.2020
  • Kuchga kirgan sana:11.04.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4669/0413

Respublikada meva-sabzavotchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) 2019-yil 19-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 23 023 mln yapon iyeni (213 175 ming AQSH dollari ekvivalentida), jumladan:

kreditlarni moliyalashtirish uchun 25 yil muddatga, 7 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foiz stavkada 21 233 mln yapon iyeni miqdoridagi qarz ajratilishi;

konsalting xizmatlari uchun 25 yil muddatga, 7 yillik imtiyozli davr bilan yillik 0,01 foiz stavkada 1 039 mln yapon iyeni miqdoridagi qarz ajratilishi;

Loyihani amalga oshirish davridagi foiz stavkalari miqdori 751 mln yapon iyenini tashkil etishi boʻyicha Qarz bitimi imzolanganligi;

b) Loyihaning umumiy qiymati 337 685 ming AQSH dollariga teng ekanligi, ulardan:

213 175 ming AQSH dollari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini tashkil etishi;

58 980 ming AQSH dollari soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushini tashkil etishi;

65 530 ming AQSH dollari Loyiha ishtirokchilari (kredit oluvchi loyiha tashabbuskorlari)ning ulushini tashkil etishi;

v) Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 — 2025-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish jarayonida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarziga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent hisoblanadi;

Loyiha doirasida Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga Subsidiar qarz mablagʻlari AQSH dollari yoki oʻzbek soʻmida taqdim etiladi. Yapon iyeniga nisbatan AQSH dollari yoki oʻzbek soʻmining valyuta kurslari tebranishi tufayli salbiy xarajatlar (keyingi oʻrinlarda — Valyuta xatari) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi.

3. Quyidagilar:

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasining asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzining qaytarilishi sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish qismining qaytarilishi, vositachilik haqi va uning foiz toʻlovlarini toʻlash hamda konsalting xizmatlari qismining qaytarilishi, vositachilik haqi va uning foiz toʻlovlarini toʻlash prognoz jadvallari 3- va 3a-ilovalarga muvofiq;

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda subloyihalarni tanlash, ularni baholash, kreditni qayta moliyalashtirish muddatlari, foiz stavkalari (valyuta xatarini inobatga olgan holda) va boshqa shartlar nazarda tutilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (keyingi oʻrinlarda — Nizom) ishlab chiqib, tasdiqlasin;

moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi va Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda kredit mablagʻlariga ehtiyojmand va iqtisodiy samarador loyihalarni amalga oshiradigan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib borish, ularga belgilangan tartibda kredit mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsin.

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev Loyiha doirasida kredit mablagʻlarining oʻz vaqtida iqtisodiy samarador loyihalarga ajratilishi, moliyalashtiriladigan subloyihalarning ijobiy amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazoratni olib borsin.

6. Agentlikning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirkorlik subyektlari loyihalarining samarali amalga oshirilishini doimiy oʻrganib borish, loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga zarur maslahatlar (konsultatsiyalar) berish, ularning muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam berish va boshqa doimiy monitoring olib borish ishlarini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq vazifalarni bajaruvchi Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) buyurtmanomasiga muvofiq Agentlik tomonidan Loyihani amalga oshirish guruhining faoliyatini tashkil etish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, ularga mazkur bandning birinchi xatboshisi bilan yuklangan vazifalarni amalga oshirish, ular faoliyatiga zarur moddiy-texnik sharoitlar yaratish bilan bogʻliq hamda reprezentatsiya xarajatlarini qoplash maqsadida Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan olinayotgan qarz summasining 0,5 foizi miqdoridagi bir martalik toʻlovlar toʻlab berilishi nazarda tutilsin.

7. Loyihani amalga oshirish doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar, ishlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) hamda mamlakat ichkarisida xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Agentlik va Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda ushbu bitimlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

Qayta kreditlash bitimlarining shartlari Nizomga asosan belgilansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasidagi qarz bitimiga;

Loyiha doirasida Agentlik hamda Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlariga yuridik xulosalar berilsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Oʻ.I. Barnoyev zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 10-aprel,

PQ-4669-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4669-son qaroriga1-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4669-son qaroriga2-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi boʻyicha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzining qaytarilishi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4669-son qaroriga3-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha kreditlarni moliyalashtirish qismining qaytarilishi, vositachilik haqi va uning foiz toʻlovlarini toʻlash

* Qarz bitimiga asosan bir martalik vositachilik toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻlanadi va Loyiha amalga oshirilishi davrida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan qoplab beriladi;

** mazkur toʻlov Loyiha kuchga kirgandan soʻng 60 kun ichida toʻlanishi lozim;

*** asosiy qarz (21 983,0 mln yapon iyenasi) va asosiy qarz uchun toʻlaniladigan foizlar Qarz bitimiga binoan har 6 oyda toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4669-son qaroriga3a-ILOVA

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha konsalting xizmatlari qismining qaytarilishi, vositachilik haqi va uning foiz toʻlovlarini toʻlash

* Qarz bitimiga asosan bir martalik vositachilik toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻlanadi;

** mazkur toʻlov Loyiha kuchga kirgandan soʻng 60 kun ichida toʻlanishi lozim;

*** asosiy qarz (1 040,0 mln yapon iyenasi) va asosiy qarz uchun toʻlaniladigan foizlar Qarz bitimiga binoan har 6 oyda toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4669-son qaroriga4-ILOVA

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.