PF-5889-son Farmon · 06.12.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5889
  • Qabul qilingan sana:06.12.2019
  • Kuchga kirgan sana:06.12.2019
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/20/5889/0986

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartirish ilovaga muvofiq kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 6-dekabr,

PF-5889-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-dekabrdagi PF-5889-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5519-son Farmoniga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish

1-ilovaning rus tilidagi matnida:

“Sektor razvitiya agropromishlennogo kompleksa 3” blokidan keyin “Sektor mejdunarodnogo ekonomicheskogo sotrudnichestva 3” bloki bilan toʻldirilsin;

izohdagi “372” raqami “375” raqami bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.