“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK havo kemalari parkini zamonaviy aviatsiya texnikasi bilan yangilashni davom ettirish, mamlakatimiz fuqarolik aviatsiyasi parvozlarining raqobatbardoshligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Boing” kompaniyasi (AQSH) oʻrtasida 2018 — 2020-yillarda, shu jumladan, tijorat maqsadida foydalanish uchun toʻrtta yangi “Boing-787-8” samolyotini, 2019-2020-yillarda yetkazib beriladigan uchta “Boing-787-8” samolyotini (keyingi oʻrinlarda — uchta “Boing-787-8” samolyoti deb yuritiladi) xarid qilish toʻgʻrisida bitim tuzildi;
uchta “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha avans toʻlovlari hisobiga “Boing” kompaniyasi tomonidan kredit memorandumi (chegirma) sifatida taqdim etilgan 2,0 mln. AQSH dollari oʻtkazildi;
Xitoy sanoat-tijorat banki va Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditlari hisobiga uchta “Boing-787-8” samolyoti xarid qilinishini moliyalashtirish masalasi ishlab chiqildi.
2. Umumiy summasi 419,86 mln. AQSH dollari miqdoridagi uchta “Boing-787-8” samolyoti xarid qilinishini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
100,41 mln. AQSH dollari miqdoridagi avans toʻlovlari — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari. Mazkur kreditlar 10 yil muddatga ajratiladi, imtiyozli davr — 3 yil, foiz stavkasi olti oylik LIBOR stavkasiga teng, qoʻshimcha ravishda yillik 2,5 foiz, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank deb yuritiladi) 0,5 foiz miqdoridagi marjasi;
birinchi “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha yetkazib beriladigan toʻlov — Xitoy sanoat-tijorat bankining 104,80 mln. AQSH dollari miqdoridagi krediti. Kredit 10 yil muddatga ajratiladi, foiz stavkasi olti oylik PVSJ stavkasiga teng, qoʻshimcha ravishda yillik 3,5 foiz, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi Oʻzmilliybankning 0,3 foiz miqdoridagi marjasi;
ikkinchi va uchinchi “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha yetkazib beriladigan toʻlovlar — Xitoy davlat taraqqiyot bankining yoki boshqa chet el banklarining 212,65 mln. AQSH dollari miqdoridagi kreditlari.
3. Quyidagilar:
umumiy summasi 419,86 mln. AQSH dollari miqdoridagi uchta “Boing-787-8” samolyoti xarid qilinishini moliyalashtirish jadvali 1-ilovaga muvofiq;
uchta “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha avans toʻlovlarini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini uzish boʻyicha prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
birinchi “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha yetkazib beriladigan toʻlovni moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Xitoy sanoat-tijorat bankining kreditini uzish boʻyicha prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qarz oluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda chet el banklarining jalb qilinadigan kreditlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgar ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda chet el banklarining jalb qilinadigan kreditlarini uzish, ular boʻyicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzmilliybank uchta “Boing-787-8” samolyoti xarid qilinishini moliyalashtirish uchun tegishli chet el banklarining kredit liniyalarini jalb qilish maqsadida ular bilan qarz bitimlarini va jalb qilingan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan kredit shartnomalarini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha Oʻzmilliybankning chet el banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda chet el banklarining qayta moliyalashtiriladigan kreditlari boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻzmilliybank oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini toʻlov undirmay berish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimlarida nazarda tutilgan shakllar boʻyicha chet el banklariga taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalarni belgilangan tartibda bersin.
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga:
uchta “Boing-787-8” samolyotini xarid qilish boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini bir bosqichda ishlab chiqish, shu jumladan texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzmilliybank bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslar tasdiqlanganiga qadar uchta “Boing-787-8” samolyoti uchun 54,11mln. AQSH dollari miqdoridagi avans toʻlovlarini (100,41 mln. AQSH dollari miqdoridagi avans toʻlovlari umumiy summasidan) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-apreldagi PQ-3689-sonli qaroriga asosan oʻz uchini yoʻqotgan)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzmilliybank, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda ikkinchi va uchinchi “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha amalga oshiriladigan toʻlovlarni moliyalashtirishning eng maqbul shartlarini aniqlash boʻyicha Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqa chet el banklari bilan muzokaralar oʻtkazsin, ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga birinchi “Boing-787-8” samolyotini jalb qilinadigan kredit boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash sifatida Xitoy sanoat-tijorat bankiga garovga berish huquqi berilsin.
12. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK olib kiriladigan uchta “Boing-787-8” samolyoti uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilsin (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 155-moddasiga muvofiq, mazkur qaror doirasida jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha chet el banklarining daromadlari Oʻzbekiston Respublikasida soliqqa tortilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Holmurodov hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi B.I. Hakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-mart,
PQ-3575-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3575-son qaroriga 1-ILOVA
Uchta “Boing-787-8” samolyoti xarid qilishni moliyalashtirish
AQSH dollarida Toʻlovlar Moliyalashtirish manbalari Birinchi “Boing-787-8” samolyoti (yetkazib berish — 2019-yil 2-chorak) Ikkinchi “Boing-787-8” Samolyoti (yetkazib berish — 2019-yil 3-chorak) Uchinchi “Boing-787-8” samolyoti (yetkazib berish — 2020-yil 1-chorak) Moliyalashtirish manbalari boʻyicha jami sana summa sana summa sana summa Avans toʻlovlari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (“Boing” kompaniyasining kredit memorandumi hisobidan) 2016-yil dekabr 0,67 2016-yil dekabr 0,67 2016-yil dekabr 0,67 2,00 Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari 2018-yil 1-chorak 21,73 2018-yil 1-chorak 21,87 2018-yil 1-chorak 10,51 100,41 Sentabr 2018-yil 11,68 2018-yil iyun 11,43 2018-yil sentabr 11,51 2019-yil mart 11,68 Yetkazib berish toʻlovlari* chet el banklari kreditlari 2019-yil 2-chorak 104,80 2019-yil 3-chorak 105,53 2020-yil 1-chorak 107,12 317,45 Jami 138,62 139,58 141,66 419,86 shu jumladan moliyalashtirish manbalari boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (“Boing” kompaniyasining kredit memorandumi hisobidan) 0,67 0,67 0,67 2,00 Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti 33,16 33,38 33,87 100,41 Xitoyning Industrial tijorat banki krediti 104,80 - - 104,80 Xitoy rivojlantirish davlat banki yeki boshqa xorij banklari kreditlari - 105,53 107,12 212,65
* Samolyotlarni yetkazib berish sanasidagi qiymatining haqiqiy eskalatsiyasini hisobga olgan holda yakuniy summalar aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3575-son qaroriga 2-ILOVA
Uchta “Boing-787-8” samolyoti boʻyicha avans toʻlovlarini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini uzish boʻyicha
1. Kredit summasi 100 409 ming AQSH dollari 2. Kredit muddati 10 yil shu jumladan imtiyozli davr 3 yil 3. Foiz stavkasi (yillik) olti oylik LIBOR + 2,5 foiz ( shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi Oʻzmilliybank marjasi — 0,5 foiz) 4. Tashkil etish uchun komissiya bir vaqtning oʻzida kredit summasidan 0,3 foiz (shu jumladan Oʻzmilliybank marjasi — 0,2 foiz) 5. Majburiyat uchun komissiya kreditning olinmagan summasidan yillik 0,3 foiz (shu jumladan Oʻzmilliybank marjasi — 0,2 foiz) ming AQSH dollarida Yil Yarim yillik Olingan kredit Davr oxiridagi qarz Soʻndirish Asosiy qarz Foizlar Tashkil etish uchun komissiya Majburiyat uchun komissiya Jami toʻlov uchun OʻzR TTJ Oʻzmilliybank 2018 I 65 542 65 542 301 301 II 23 190 88 731 904 121 77 1 102 2019 I 11 678 88 731 1 524 204 29 1 757 II 100 409 1 787 240 6 2 032 2020 I 100 409 1 888 253 2 141 II 100 409 1 867 250 2 118 2021 I 93 715 6 694 1 888 253 8 835 II 87 021 6 694 1 733 232 8 660 2022 I 80 327 6 694 1 636 219 8 550 II 73 633 6 694 1 486 199 8 379 2023 I 66 939 6 694 1 385 186 8 264 II 60 245 6 694 1 238 166 8 098 2024 I 53 552 6 694 1 133 152 7 979 II 46 858 6 694 996 134 7 823 2025 I 40 164 6 694 881 118 7 693 II 33 470 6 694 743 100 7 536 2026 I 26 776 6 694 629 84 7 408 II 20 082 6 694 495 66 7 256 2027 I 13 388 6 694 3-8 51 7 122 II 6 694 6 694 248 33 6 975 2028 I 0 6 694 126 17 6 837 Jami 100 409 100 409 22 964 3 078 301 112 126 865
Izoh.
Jadval hisoblangan boʻlib, kreditning haqiqiy summasi va olingan sanalari LIBOR oʻzgaruvchan stavkasi tebranishlariga koʻra (hisoblash uchun 1,72988 foiz miqdoridagi olti oylik LIBOR qabul qilingan) oʻzgartiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3575-son qaroriga 3-ILOVA
Birinchi “Boing-787-8” samolyotini yetkazib berish toʻlovini moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan Xitoyning Industrial-tijorat banki kreditini soʻndirish
1. Kredit summasi 100 796 ming AQSH dollari 2. Kredit muddati 10 yil 3. Foiz stavkasi (yillik) olti oylik LIBOR + 3,2 foiz 4. Oʻzmilliybank marjasi (yillik) 0,3 foiz 5. Tashkil etish uchun komissiya bir vaqtning oʻzida kredit summasidan 1,2 foiz (shu jumladan Oʻzmilliybank marjasi — 0,2 foiz) 6. Majburiyat uchun komissiya kreditning olinmagan summasidan yillik 0,3 foiz (shu jumladan Oʻzmilliybank marjasi — 0,1 foiz) (ming AQSH dollarida) Yil Yarim yillik Olingan kredit Davr oxiridagi qarz Soʻndirish Asosiy qarz Foizlar Tashkil etish uchun komissiya Majburiyat uchun komissiya Jami toʻlov uchun Xitoy industrial-tijorat banki Oʻzmilliy bank 2019 I 104 796 104 796 1 258 1 258 II 99 556 5 240 2 626 160 27 8 053 2020 I 94316 5 240 2 495 152 7 887 II 89 077 5 240 2 364 144 7 747 2021 I 83 837 5 240 2 220 135 7 598 II 78 597 5 240 2 101 128 7 469 2022 I 73 357 5 240 1 959 119 7 318 II 68 117 5 240 1 138 112 7 190 2023 I 62 878 5 240 1 698 103 7 041 II 57 638 5 240 1 576 96 6 911 2024 I 52 398 5 240 1 444 88 6 772 II 47 158 5 240 1 313 10 6 633 2025 I 41 918 5 240 1 175 72 6 487 II 36 679 5 240 1 050 64 6 354 2026 I 31 439 5 240 914 56 6 210 II 26 199 5 240 788 48 6 076 2027 I 20 959 5 240 653 40 5 932 II 15 719 5 240 525 32 5 797 2028 I 10 480 5 240 394 24 5 658 II 5 240 5 240 263 16 5 518 2029 I 0 5 240 131 8 5 378 Jami 104 796 104 796 27 527 1 675 1 258 27 135 283
Izoh. Jadval hisoblangan boʻlib, samolyotni yetkazib berish sanasi, kreditdan foydalanishning haqiqiy summasi, LIBOR oʻzgaruvchan stavkasi tebranishlari (hisoblash uchun 1,72988 foiz miqdorida olti oylik LIBOR qabul qilingan)ga koʻra oʻzgartiriladi.