PQ-3689-son Qaror · 30.04.2018

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK uchun “Boing-787-8” samolyotini xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3689
  • Qabul qilingan sana:30.04.2018
  • Kuchga kirgan sana:30.04.2018
  • Holati:Amalda

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning havo kemalari parkini zamonaviy aviatsiya texnikasini xarid qilish hisobiga kengaytirish, mahalliy fuqaro aviatsiyasining barqaror raqobatbardoshligini va parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

xorijiy aviakompaniyalardan biri ilgari buyurtma qilingan samolyotni sotib olishdan bosh tortganligi munosabati bilan, tijorat maqsadida foydalanish uchun “Jeneral Elektrik” (AQSH) kompaniyasining dvigatellari oʻrnatilgan bitta yangi “BOING-787-8” samolyotini (keyinchalik — “BOING-787-8” samolyoti) 2018-yil may oyida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga yetkazib berish imkoniyati toʻgʻrisida “BOING” (AQSH) kompaniyasidan 2018-yil fevral oyida xabar kelib tushgani;

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va aviatsiya texnikasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar – “BOING” va “Jeneral Elektrik” oʻrtasidagi muzokaralar natijasiga koʻra “BOING-787-8” havo kemasining qiymati 132,8 million AQSH dollarini tashkil etgani;

“BOING-787-8” samolyotini xarid qilish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, “BOING” kompaniyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasiga 4 million AQSH dollari miqdorida kredit memorandumi (budjet) taqdim etishi, ushbu mablagʻdan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning “BOING” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan samolyotlar turkumiga oid boshqa loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida foydalanish mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning “BOING” kompaniyasidan 2018-yil may oyida yetkazib beriladigan “BOING-787-8” havo kemasini xarid qilish taklifiga rozilik berilsin.

3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning “BOING” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan samolyotlar turkumiga oid boshqa loyihalarini qoʻllab-quvvatlash doirasida foydalanish mumkin boʻlgan, “BOING” kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan 4 million AQSH dollari miqdoridagi kredit memorandumini (budjeti) inobatga olgan holda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “BOING” kompaniyasi bilan 2018-yil may oyida yetkazib beriladigan “BOING-787-8” samolyotini xarid qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzsin.

4. Belgilansinki:

“BOING-787-8” havo kemasining 132,8 million AQSH dollari miqdoridagi toʻliq qiymatini moliyalashtirish manbai sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davrga, yillik 2,5 foiz qoʻshilgan holda olti oylik LIBOR stavkasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank) 0,5 foiz marjasi bilan taqdim etilayotgan krediti hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinadigan kreditni qayta moliyalashtirish uchun Oʻzmilliybank va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilishi nazarda tutiladi;

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qarz oluvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinadigan kreditdan maqsadli foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinayotgan kreditni qaytarish, u boʻyicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti boʻyicha asosiy qarzini qaytarish, foizlar va komissiyalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli operatsiyani amalga oshirish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarishning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻzmilliybank oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatini berish vakolati berilsin, bunda kafolat berilganligi uchun toʻlov undirilmasin.

7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK olib kelinadigan “BOING-787-8” havo kemasi uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.

8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga belgilangan tartibda:

bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertiza qilish markaziga — “BOING-787-8” havo kemasini xarid qilish boʻyicha “BOING” kompaniyasi bilan tuzilgan bitim loyihasini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etsin;

2018-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertiza qilish markazi bilan birgalikda — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK uchun uchta yangi “Boing-787-8” samolyotini xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3575-sonli qaroriga muvofiq xarid qilinayotgan havo kemalarini inobatga olgan holda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun toʻrtta yangi “BOING-787-8” havo kemasi xarid qilinishini nazarda tutuvchi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.

9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga:

loyiha boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini loyihaning texnik-iqtisodiy asosi bilan bir bosqichli tartibda ishlab chiqishga;

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzmilliybank bilan birgalikda, istisno tariqasida, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar “BOING-787-8” havo kemasining toʻliq qiymati toʻlovini amalga oshirishga ruxsat berilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK uchun uchta yangi “Boing-787-8” samolyotini xarid qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3575-sonli qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Boshqaruvi raisi A.J.Ramatovga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R.Xolmuradovga va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Bosh direktori vazifasini bajaruvchi B.I.Xakimovga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 30-aprel,

PQ-3689-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-apreldagi PQ-3689-sonli qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qaytarishning

1. Kredit summasi132 800 ming AQSH dollari2. Kredit muddati10 yilShu jumladan imtiyozli davr3 yil3. Foiz stavkasi (yillik)olti oylik LIBOR — 2,5% (shu jumladan, Oʻzmilliybankningqayta moliyalashtirish marjasi — 0,5%)4. Tashkiliy ishlar uchun komissiyakredit summasidan bir martalik 0,3% (shu jumladan, Oʻzmilliybankning marjasi — 0,2%)5. Majburiyat uchun komissiyaolinmagan kredit summasidan yillik 0,3% (shu jumladan, Oʻzmilliybankning marjasi — 0,2%)ming AQSH dollari YilYarim yillikKredit olishDavr oxiridagi qarzdorlikQaytarishAsosiy qarzFoizlarTashkiliy ishlar uchun komissiyaMajburiyat uchun komissiyaToʻlash uchun jamiOʻzRTTJOʻzmilliybank2018I132 800132 800398398II132 8002 9813353 3152019I132 8002 9323293 261II132 8002 9813353 3152020I132 8002 9483313 279II132 8002 9813353 3152021I123 9478 8532 93232912 115II115 0938 8532 78231211 9482022I106 2408 8532 54128511 680II97 3878 8532 38526811 5062023I88 5338 8532 15024111 245II79 6808 8531 98722311 0642024I70 8278 8531 76919910 821II61 9738 8531 59017910 6222025I53 1208 8531 36815410 378II44 2678 8531 19213410 1802026I35 4138 8539771109 940II26 5608 853798899 7372027I17 7078 853586669 506II8 8538 853397459 2952028I08 853197229 072Jami132 800132 80038 4714 3203980175 990

Izoh.

Mazkur jadval hisob-kitobga asoslangan boʻlib, kreditning amaldagi summalari va kreditni olish sanalari, LIBOR oʻzgaruvchan stavkasining oʻzgarishlari (hisob-kitob uchun 2,45240% miqdoridagi olti oylik LIBOR qabul qilingan) hamda kredit boʻyicha toʻlovlar sanalariga qarab oʻzgartirilishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.