PQ-3463-son Qaror · 04.01.2018

““Quyi Boʻzsuv GES Kaskadi” (GES-14), “Toshkent GES Kaskadi” (GES-9), “Shaxrixon GES Kaskadlari” (YUFK-2)ni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini tayyor holda topshirish shartlarida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3463
  • Qabul qilingan sana:04.01.2018
  • Kuchga kirgan sana:04.01.2018
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga kiritilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada koʻpaytirish, shu asosda yangi ekologik toza ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, energetika resurslarining mutanosibligini taʼminlash, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini uzluksiz va toʻliq hajmda qondirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2982-son qaroriga muvofiq:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ Xitoyning bir qator ixtisoslashgan kompaniyalari bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan Xitoyning “Power Construction Corporation of China, Ltd.” kompaniyasi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UK (GES-14) ni, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Toshkent GESlar kaskadi” UK (GES-9) ni va Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Shahrixon GESlar kaskadi” UK (YUFK-2) ni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida modernizatsiya qilish boʻyicha umumiy qiymati 74,07 mln AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolandi;

“Gidroproyekt” AJ “Oʻzbekgidroenergo” AJning “Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-14) modernizatsiya qilish,” “Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Toshkent GESlar kaskadi” UKni (GES-9) modernizatsiya qilish” va “Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Shahrixon GESlar kaskadi” UKni (YUFK-2) modernizatsiya qilish” investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan;

qiymati 77,36 mln AQSH dollari boʻlgan va 2017 — 2020-yillarda amalga oshirish muddati belgilangan “Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadi” UK (GES-14), “Toshkent GESlari kaskadi” UK (GES-9), “Shahrixon GESlari kaskadi” UK (YUFK-2) ni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida modernizatsiya qilish” yagona investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin;

b) quyidagilar investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

XXR Eksimbankining “Turonbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan 62,96 mln AQSH dollari miqdoridagi qarzi;

“Oʻzbekgidroenergo” AJning qiymati 14,40 mln AQSH dollariga teng shaxsiy mablagʻlari.

2. Quyidagilar:

“Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadi” UK (GES-14), “Toshkent GESlari kaskadi” UK (GES-9), “Shahrixon GESlari kaskadi” UK (YUFK-2) ni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi 1, 1a-ilovalarga muvofiq;

investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan XXR Eksimbankining qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻzbekgidroenergo” AJ qarzdan maqsadli foydalanish va investitsiya loyihasini samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan buyurtmachi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;

asosiy qarzni qaytarish, qarzga xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirishni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, vositachilik haqi va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

“Oʻzbekgidroenergo” AJning 1-son qurilish direksiyasi loyiha yechimlarining obyektlardan foydalanishning ishonchliligi va xavfsizligi boʻyicha talablarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, texnik nazoratni taʼminlash va amalga oshirish uchun masʼul organ hisoblanadi.

4. “Turonbank” ATBga investitsiya loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirishni oʻz vaqtida tashkil etish uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini va XXR Eksimbanki qarzini qayta moliyalashtirish boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan kredit shartnomasini belgilangan tartibda tuzish tavsiya etilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berishga vakil qilinsin:

XXR Eksimbankiga — “Turonbank” ATB va XXR Eksimbanki oʻrtasidagi yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shakl boʻyicha “Turonbank” ATBning toʻlov majburiyatlari yuzasidan;

“Turonbank” ATB — XXR Eksimbankining jalb etilayotgan qarzi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJning toʻlov majburiyatlari boʻyicha.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Turonbank” ATBning XXR Eksimbanki oldidagi majburiyatlari boʻyicha XXR Eksimbanki bilan tuzilgan yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

“Power Construction Corporation of China, Ltd.” kompaniyasi va investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi subpudrat tashkilotlari — faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan undiriladigan soliqlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaida undiriladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan;

investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik jismoniy shaxslar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan;

“Oʻzbekgidroenergo” AJ — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;

“Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Power Construction Corporation of China, Ltd.” kompaniyasi va uning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, uzellar va ehtiyot qismlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlashtirishda yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar toʻlashdan;

chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, priborlar — respublikada akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashtirish bilan bogʻliq tartib-taomillardan ozod etiladi.

8. Belgilansinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 2021-yil 1-yanvarga qadar:

“Power Construction Corporation of China, Ltd.” kompaniyasi va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kiriladigan asbob-uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, priborlar, dasturiy taʼminot va texnik hujjatlar — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);

mahalliy yetkazib beruvchilar va “Power Construction Corporation of China, Ltd” kompaniyasining subpudratchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga amalda olib chiqilmagan holda sotiladigan (bajariladigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) — qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda davlat boji toʻlamasdan taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.

13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi A.A. Sanginov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 4-yanvar,

PQ-3463-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3463-son qaroriga1-ILOVA

“Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadi” UK (GES-14), “Toshkent GESlari kaskadi” UK (GES-9), “Shahrixon GESlari kaskadi” UK (YUFK-2) ni “tayyor holda topshirish” sharti bilan modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasining

T/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligiJamishu jumladan:xususiy mablagʻlarXXR Eksimbanki qarzi1.Loyihaning umumiy qiymatiming AQSH doll. ekv.77 362,9814 404,8462 958,142.Jami qoʻyilmalar summasiming AQSH doll. ekv.77 173,7914 215,6562 958,14 shu jumladan: 2.1mashinalar va uskunalarming AQSH doll.55 392,558 308,8847 083,67 Erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta bilanming AQSH doll.55 392,558 308,8847 083,67qurilish-montaj ishlariming AQSH doll. ekv.18 675,852 801,3815 874,472.2erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.18 675,852 801,3815 874,47 investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar*ming AQSH doll. ekv.2 417, 412 417,41-2.3erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll.1 899,881 899,88- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.517,53517,53-2.4dastlabki aylanma mablagʻming AQSH doll. ekv.59,7359,73- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.59,7359,73- boshqa xarajatlarming AQSH doll. ekv.628,25628,25-2.5erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaming AQSH doll. ekv.628,25628,25-3.Mavjud boʻlgan asosiy fondlar qiymatiming AQSH doll. ekv.189,19189,19- milliy valyutadaming AQSH doll. ekv.189,19189,19-4.GESning oʻrnatilgan quvvati — oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishMVt 38,65 mln kVt/soat 247,36 5.Ish bilan band boʻlganlarning taxminiy sonikishi 40 6.Loyihaning hisoblangan oʻzini oqlash muddatiyil 13,9 7.Investitsiya davrining davomiyligioyi 39 8.Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymatiming AQSH doll. ekv. 77 114,07 9.Qarz berish muddatiXXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan beriladigan 62 958,14 ming AQSH dollari miqdoridagi qarzi.

* Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar kreditni tanlab olishning haqiqiy summalari va sanalaridan kelib chiqib aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3463-son qaroriga1a-ILOVA

INVESTITSIYA LOYIHASI TEXNIKA-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI (TALQIN)

T/rLoyihalar nomiLoyiha quvvati,MVtOʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish,mln kVt/chMuddatlar amalga oshirishLoyihaning umumiy qiymatishu jumladan:shartnoma qiymatiboshlanishtugallanishSMRUskunalar narxiJamishu jumladan:85%kreditlar15%shaxsiy mablagʻlar1.Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Quyi Boʻzsuv GESlari kaskadi” UKni (GES-14) modernizatsiya qilish15,0090,102017-yili IV kv.2020-yili IV kv.31,559,4922,0630,3525,804,552.Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Toshkent GESlari kaskadi” UKni (GES-9) modernizatsiya qilish16,6095,032017-yili IV kv.2020-yili IV kv.26,683,2923,3925,5721,743,843.Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Shahrixon GESlar kaskadi” UKni (YUKF-2) modernizatsiya qilish7,0555,122017-yili IV kv.2020-yili IV kv.19,135,8913,2418,1415,422,72Jami:38,65240,252017-yili IV kv.2020-yili IV kv.77,3618,6758,6974,0762,9611,11

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3463-son qaroriga2-ILOVA

“Quyi-Boʻzsuv GESlari kaskadi” UK (GES-14), “Toshkent GESlari kaskadi” UK (GES-9), “Shahrixon GESlari kaskadi” UK (YUFK-2) ni “tayyor holda topshirish” shartlarida modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida beriladigan XXR Eksimbanki qarzi boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlash

Qarz summasi62 958,1 ming AQSH doll.Foiz stavkasi2.00 % yillikTashkilot komissiyasi0.25% bir martalikMajburiyat uchun komissiya0.25 % bir martalikQarz muddati20 yilShu jumladan5 yilimtiyozli davr Toʻlovlar davriyligi6 oyAsosiy summa toʻlovlari soni10 Toʻlov sanasiTanlanma summasiToʻlov summasiQarz summasiIjara foizlariTashkilot komissiyasi“Turonbank” ATB marjasiMajburiyat uchun komissiyaJami toʻlanadiganJami yillar boʻyicha2018-yil 1-fevral18 887,4-18 887, 4------2018-yil 1-dekabr--18 887,4313,6157,431,4130,7633,0633,02014-yil 1-yanvar25 183,3-44 070,732,1-3,2-35,3-2019-yil 1-iyun--44 070,7364,6-36,554,9456,0-2019-yil 1-dekabr--44 070,7441,9-41,223,7509,81 001,12020-yil 1-yanvar18 887,4-62 958,174,9-7,5-82,3-2020-yil 1-iyun--62 958,1524,4-52,423,7600,5-2020-yil 1-dekabr--62 958,1631,3-63,1-694,41 377,32021-yil 1-iyun--62 958,1627,9-62,8-690,6-2021-yil 1-dekabr--62 958,1631,3-63,1-694,4,1 385,12022-yil 1-iyun--62 958,1627,9-62,8-690,6-2022-yil 1-dekabr--62 958,1631,3-63,1-694,41 385,12023-yil 1-iyun-2 098,660 859,5627,9-62,8-2 789,2-2023-yil 1-dekabr-2 098,658 760,9610,3-61,0-2 769,95 559,12024-yil 1-iyun-2 098,656 662,3589,2-58,9-2 746,7-2024-yil 1-dekabr-2 098,654 563,7568,2-56,8-2 723,65 470,32025-yil 1-iyun-2 098,652 465,1544,1-54,4-2 697,2-2025-yil 1-dekabr-2 098,650 366,5526,1-52,6-2 677,35 374,52026-yil 1-iyun-2 098,618 267,9502,3-50,2-2 651,1-2026-yil 1-dekabr-2 098,646 169,3181,0-48,4-2 631,05 282,12027-yil 1-iyun-2 098,644 070,7460,4-46,0-2 605,1-2027-yil 1-dekabr-2 098,641 972,1441,9-44,2-2 58 1,75 189,82028-yil 1-iyun-2 098,639 873,5420,9-42,1-2 561,6-2028-yil 1-dekabr-2 098,637 774,9399,8-40,0-2 538,45 100,02029-yil 1-iyun-2 098,635 676,3376,7-37,7-2 513,0 2029-yil 1-dekabr-2 098,633 577,7357,7-35,8-2 492,15 005,12030-yil 1-iyun-2 098,631 179,1334,9-33,5-2 466,9-2030-yil 1-dekabr-2 098,629 380,5315,7-31,6-2 445,84 912,82031-yil 1-iyun-2 098,627 281,9293,0-29,3-2 420,9-2031-yil 1-dekabr-2 098,625 183,3273,6-27,4-2 399,54 820,42032-yil 1-iyun-2 098,623 084,7252,5-25,3-2 376,4-2032-yil 1-dekabr-2 098,620 986,0231,5-23,1-2 353,24 729,62033-yil 1-iyun-2 098,618 887,4209,3-20,9-2 328,8-2033-yil 1-dekabr-2 098,616 788,8189,4-18,9-2 306,94 635,82034-yil 1-iyun-2 098,614 690,2167,4-16,7-2 282,8-2034-yil 1-dekabr-2 098,612 591,6147,3-14,7-2 260,64 543,42035-yil 1-iyun-2 098,610 493,0125,6-12,6-2 236,7-2035-yil dekabr-2 098,68 394,4105,2-10,5-2 214,34 451,12036-yil 1-iyun-2 098,66 295,884,2-8,4-2 191,2-2036-yil 1-dekabr-2 098,64 197,263,1-6,3-2 168,04 359,22037-yil 1-iyun-2 098,62 098,641,9-4,2-2 144,6-2037-yil 1-dekabr-2 098,60,021,0-2,1-2 121,84 266,4Jami62 958,162 958,1-14 666,1157,41 466,6232,979 481,279 481,2

Eslatmalar:

Komissiya foizlariga aniqlik kiritilishi mumkin.

Asosiy qarzni birinchi bor toʻlash sanasi kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

Komissiya va foizlar haqiqiy summa, yetkazib berish (tanlab olish) maʼlumotlari va kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

Kreditni tanlab olish muddati tahminiy boʻlib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.