PQ-4803-son Qaror · 11.08.2020

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4803
  • Qabul qilingan sana:11.08.2020
  • Kuchga kirgan sana:12.08.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4803/1162

Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, ushbu yoʻnalishda boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublika qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 ― 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning klaster modeli joriy etildi, natijada oxirgi yillarda paxta ekin maydonlarining 125 ming gektari yoki 12 foizida kooperatsiyalar, 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar faoliyat yuritmoqda.

Qishloq xoʻjaligida qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini tubdan isloh qilish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, sohaga jahon tajribasi asosida qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimini keng joriy etish, shuningdek, sohada xizmat turlarini takomillashtirish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) 2020-yil 20-martda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda ― Loyiha) moliyalashtirish uchun 30 yil muddatga:

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi;

10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti ajratilishi;

5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli krediti ajratilishi maʼqullanganligi;

b) Loyihaning umumiy qiymati 659,3 mln AQSH dollariga teng ekanligi, ulardan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ― 159,3 mln AQSH dollarini, shu jumladan:

soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklidagi ulush ― 124,3 mln AQSH dollarini;

Loyiha ishtirokchilarining (benefitsiarlar) ulushi esa 35 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil etishi;

v) Loyihani amalga oshirish davri 6 yilni (2020 ― 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Loyiha doirasida moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish;

qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda “Daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida sifat nazoratini kuchaytirish, agrologistika, yoʻl va boshqa zarur infratuzilmani yaratish;

eksportni ragʻbatlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;

qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini diversifikatsiyalash, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

yer va suv resurslari, oʻrmon fondidan oqilona foydalanish;

sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat koʻrsatish servisini takomillashtirish.

3. Quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi hamda uning asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2a-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali 3-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali 3a-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi imtiyozli kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali 3b-ilovaga muvofiq;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2021 ― 2025-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmlarining prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki:

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida amalga oshiriladi;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini hamda natijadorligini taʼminlaydi;

Jahon bankidan olingan mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda tijorat banklariga berilgan resurslarning qaytishi hisobidan qaytariladi;

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish, uni boshqarish, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)

kredit liniyasini boshqarish, Jahon bankining mablagʻlari oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga yuklatiladi.

5. “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda ― Ishchi guruhi) tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruhi (Barnoyev, Xodjayev)ga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

Loyihaning oʻz vaqtida, toʻliq va samarali ijrosini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;

Loyiha doirasida qilinadigan xarajatlarning maqbul yechimlarini va tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni asosliligi, natijadorligi hamda maqsadga muvofiqligi asosida tanlab olish;

Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan tartibda qayta taqsimlash;

zarur hollarda, qaror ilovalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish. Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi Ishchi guruhining ishchi organi hisoblanadi.

(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2023-y., 07/23/113/0198-son)

6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qonunchilikka muvofiq xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:

agarda ushbu loyihalar xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan boʻlsa, yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi;

ushbu qarz mablagʻlari hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona boji toʻlashdan ozod etiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar foyda soligʻi toʻlashdan 2021-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatga ozod etilgan;

ushbu imtiyozlar natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha doirasida beriladigan qarzni moliyalashning muddatlari va shartlari (valyuta xatarini hisobga olgan holda), subloyihalarni tanlash va ularni baholash mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (keyingi oʻrinlarda ― Nizom) ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari, boshqa vazirlik va idoralar bilan Jahon banki tomonidan ajratiladigan mablagʻlarni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin. Bunda, qayta kreditlash bitimlarining shartlari Nizomga asosan belgilansin.

9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Loyiha asosida Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

Loyiha doirasidagi tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish, natijadorligini taʼminlash, jalb etilayotgan mablagʻlarni oʻzlashtirish jarayonida oshkoralikni taʼminlash hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini;

Loyiha doirasida meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga yer maydonlarini belgilangan tartibda, shu jumladan hududlarda barpo qilinadigan yirik agrologistika komplekslari uchun belgilangan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari uchun kompensatsiya undirmasdan tekin foydalanish huquqi asosida ajratilishini;

ajratilgan yer uchastkalaridagi yerdan foydalanuvchilar kompensatsiyalari (fermer xoʻjaliklari tomonidan koʻrilgan zararlar, kesilgan daraxtlar, fuqarolarni koʻchirish va fuqarolarga koʻrsatilgan barcha zararlar) va agrologistika komplekslarini muhandislik, yoʻl hamda transport infratuzilmalariga ulanishini taʼminlash va boshqa xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini taʼminlasin.

11. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

12. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyiha doirasida jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga roʻyxatga olish va muddatini uzaytirishni davlat boji undirmasdan taʼminlasin.

13. Qishloq xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, shuningdek, Jahon banki hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.

14. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

15. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:

Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqsin va joriy qilsin;

Loyihani amalga oshirishda ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.

16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:

a) Ishchi guruhi (Barnoyev, Xodjayev):

bir hafta muddatda oʻzining birinchi majlisini oʻtkazib, Loyiha doirasidagi masʼul ijrochilarning aniq vazifalarini belgilab bersin;

ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida ishlab chiqilgan Loyiha doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “Yoʻl xarita”larini tasdiqlasin;

b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev):

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ergashev), Markaziy bank (Xolxoʻjayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik va idora xodimlari uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki haftalik seminar tashkil qilsin;

Loyihani amalga oshirish doirasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb etish choralarini koʻrsin;

Moliya vazirligi (Ergashev) bilan birgalikda moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin;

v) Bosh vazir oʻrinbosari S. Umurzoqov qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish maqsadida Loyiha doirasida eksportyor korxonalarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bir oy muddatda Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan tashabbuskorlar ishtirokida taqdimotlar oʻtkazilsin;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qarorda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.

17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.

Ushbu qaror natijadorligi toʻgʻrisida 2020-yil 1-dekabrda va 2021-yilning har choragi yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 11-avgust,

PQ-4803-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari

* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.

** XTU — Xalqaro taraqqiyot uyushmasi.

*** XTTB — Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 07/23/260/0557-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga2-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 07/23/260/0557-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga2a-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha

T/r Chora-tadbir nomi Kredit summasi (ming doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar I. Qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi va ilmiy tadqiqot institutlarini transformatsiyasi (Masʼullar: qishloq xoʻjaligi vaziri — A. Voitov, nvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri — L. Qudratov) 1.1. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan isloh etish 1. Jahon standartlariga koʻra yetakchi davlatlarning ilmiy markazlari va institutlari andozasida milliy qishloq xoʻjaligi manfaatlariga asoslangan Qishloq xoʻjaligi ITIlarini muvofiqlashtirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish. Bunda, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi quyidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini Markazga joylashtirish: 1. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti; 2. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti; 3. Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti; 4. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti; 5. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti; 6. Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti; 7. Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti; 8. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti oziq-ovqat taʼminoti sohasi ilmiy-tadqiqot instituti; 9. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti; 10. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti; 11. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti; 12. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Yuqoridagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va yer maydonlari tegishliligi boʻyicha mazkur ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba va ishlab chiqarish bazasiga aylantiriladi. Biotexnologiya, intensiv meva-sabzavotchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, suv tejovchi texnologiyalar, agromarketing boʻyicha Markazning boʻlimlarini tashkil etish. Shuningdek, Markazda quyidagilar tashkil etilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish: 1. Qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy yuqori texnologiyali laboratoriya; 2. Yoʻnalishlar boʻyicha demonstratsiya maydonchalari (yopiq va ochiq usulda); 3. Xorijiy va mahalliy oʻsimliklar florasi milliy genbanki; 4. Norticulture markazi; 5. Strategik tahlil markazi. 50 000 1. Xorijiy konsultantlar, ekspertlar va kompaniyalarni jalb etgan holda Markazni tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda: Markazni tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; zaruriy infratuzilma, xususan gaz, elektr energiyasi, suv bilan taʼminlash hamda internet uchun optik liniyali aloqa kanallariga ulanish; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish. 2023-yil fevral-mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 3. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar milliy markazi” hamda Markazda oʻquv ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtishlarini tashkil etish. 2023-yil oktabrdan boshlab doimiy ravishda 4. Markazga xorijiy, jumladan Xitoy, Isroil, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, Umon sultonligi, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini jalb etish. 5. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi xorijiy yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda megaloyihalarni olib borishni tashkil etish. 6. Markaz hududida xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy va innovatsion markazlarining boʻlinmalarini tashkil etish. 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda 1.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 4 ta markaz va agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish 2. Respublika urugʻchilikni rivojlantirish markazi, “Qishloq xoʻjaligida standartlashtirish markazi” DUK, Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi va agrosanoat majmuiga kiruvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning (“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK, “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi) faoliyatini modernizatsiya qilish. 20 000 1. Har bir tizim tashkilotlari faoliyatini batafsil oʻrganib chiqib, ularni modernizatsiya qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. 2. Mazkur tizim tashkilotlarining faoliyati aloqadorligiga koʻra ITIlar bilan uzviy bogʻliq holda faoliyatini qayta koʻrib chiqish. 3. Tizim tashkilotlarining faoliyatini “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qamrab olgan agroxizmatlar markazi” orqali amalga oshirish choralarini koʻrish. 2023-yil mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), manfaatdor vazirlik va idoralar 1.3. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan Respublika agroxizmatlar milliy markazi va hududiy agroxizmatlar markazini tashkil etish 3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroinnovatsiya” DUK hamda Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi” markazi negizida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Agroxizmatlar milliy markazi”ni tashkil etish. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash: qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirish; hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish; ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari oʻrtasida integratsiyani taʼminlash; yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni tarqatish; yagona milliy tarmoq va maʼlumotlar bazasini shakllantirish; sohaga zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni jalb qilish va davriy ravishda ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash; hududiy agroxizmat markazlarining oʻzaro uzviy aloqalarini rivojlantirish; xalqaro sifat standartlarini hududiy agroxizmat markazlarida joriy qilish. 11 500 1. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini qamrab olgan agroxizmatlar milliy markazi” strategiyasini ishlab chiqish. 2023-yil oktabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar tizimi milliy resurs markazini modernizatsiya qilish. 2024-yil may 4. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda agroxizmatlar markazlarini tashkil etish, xususiy biznes va ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb etgan holda demonstratsiya maydonlarini, zamonaviy laboratoriya, IT texnologiya, zaruriy inshoot va infratuzilmalarni yaratish hamda “ekstenshn” faoliyatni yoʻlga qoʻyish. Agroxizmatlar markazlarida seleksiya, urugʻchilik, fitosanitariya, tuproq, suv tahlili va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, in-vitro, IT boʻyicha statsionar va koʻchma laboratoriyalarni qamrab olgan idoralararo hududiy yuqori texnologiyali laboratoriyani tashkil etish. Ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari orqali samarali tashkil etish, zarur infratuzilma va texnologiyalar bilan taʼminlash, xususan ilmiy tadqiqot institutlari stansiyalari faoliyatini takomillashtirish. Shuningdek, 6 ta ixtisoslashgan tashkilotlar: 1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi; 2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi; 3. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi; 4. Viloyat agrokimyoviy tahlil markazlari; 5. “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK; 6. Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarining sifatli agroxizmatlarni koʻrsatish ishlarini takomillashtirish va yangi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda faoliyatini yoʻlga qoʻyish, zaruriy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash. Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish. Bunda Agrosanoat majmuidagi vazirlik va idoralarning hududiy boʻlimlari mutaxassislari hamda tijorat banklarini markazga joylashtirish. 39 000 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida hududiy agroxizmatlar markazlarini joylashtirish uchun mavjud kollej (texnikum) binolarini aniqlash va ajratish choralarini koʻrish. Bunda: Binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; optik liniyali aloqa kanallariga ulanishni taʼminlash; Agroxizmatlar markazlarini gaz, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish; 2023-yil iyun Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va taʼmirlash ishlarini boshlash. 2024-yil mart 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan agroxizmat markazlarida xizmat turlarini kengaytirish maqsadida xususiy biznes vakillarini jalb etish. 2024-yil iyun 3. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2024-yil iyul 4. Zaruriy jihozlarni (avtomashina, kompyuter, ofis jihozlari va boshqalar) sotib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish. 5. Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari reyestri va preyskurantlarni shakllantirish. 6. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlarini tashkil etish maqsadida markazning texnika parkini tashkil etish. 2024-yil avgust 7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish maqsadida “daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida xalqaro standartlarni keng joriy etilishida koʻmaklashish. 2024-yil sentabr 8. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga on-layn va call centre orqali agroxizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tavsiyalarini oʻzida qamrab olgan mobil platformalarni yaratish. 9. Yetakchi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish va rivojlanish holatlari, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishi, ozuqa elementlariga talabini sunʼiy yoʻldoshlarning (Sentinel, Aist va bosh.) spektr tahlillari xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. 10. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yangi yer maydonlarini oʻzlashtirishni tahlil qilish boʻyicha yagona platformasini shakllantirish hamda sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence) tizimini joriy etish. 11. Qishloq xoʻjaligi sohasida uchuvchisiz uchish vositalari yordamida xizmat koʻrsatish tizimini agroxizmat markazlari orqali yoʻlga qoʻyish. 2024-yil oktabr 5. Agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash. 6 500 1. Sohadagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining Agroxizmat markazlarida amaliyot oʻtashlarini tashkil etish. 2024-yil yanvardan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2. Agroxizmat markazlariga yangi xizmat turlarini keng joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish. Doimiy 3. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini muntazam ravishda oshirishini taʼminlash. 4. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan va jalb etilgan xodimlarni baholash mexanizmini ishlab chiqish va KPI tizimini keng joriy etish. 5. Agroxizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv va amaliy seminar hamda treninglarni tashkil etish hamda Training of Trainers (TOT) dasturlarini yoʻlga qoʻyish. 6. Xususiy biznes vakillarini keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining ilmiy va innovatsion ishlanmalarini joriy etish hamda tijoratlashtirishni agroxizmat markazlari orqali amalga oshirish. 6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, Elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tubdan isloh qilish. 13 000 1. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning viloyat tuzilmalarini shakllantirish va modernizatsiyalash hamda yangi tuzilmalar tasarrufida hududlarga zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini saqlash boʻyicha zamonaviy omborxona tashkil etish. 2023-yil yanvar — dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2. “Elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJlarni urugʻlarni saralash, kalibrovka qilish, dorilash, qadoqlash, saqlash boʻyicha infratuzilmalarini rivojlantirish hamda moddiy-texnika salohiyatini kuchaytirish. II. Kredit liniya (Masʼullar: Markaziy bank raisi oʻrinbosari — A. Kamalov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 7. 2.1. Subkomponent. Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperatsiyalari uchun kredit. 2.2. Subkomponent. Samarali hamkorlik va klasterlar uchun kredit. Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va samarali hamkorlik, shuningdek, klasterlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, mablagʻlar toʻliq (100 foiz) quyidagi yoʻnalishlar uchun ajratiladi: 1. Intensiv bogʻ va tokzorlar yaratish; 2. Mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, tashish; 3. Energiya tejaydigan sugʻorish tizimlarini, zamonaviy issiqxonalardan tashqari ochiq maydonlarda suv tejovchi, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish. 200 000 1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash. 2. Jahon banki talablariga javob beradigan hamda iqtisodiy samaradorligi asoslangan eng maqbul loyihalarni tanlab olish. 3. Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur yer maydonlarini belgilab, ajratish. 4. Jahon banki talablariga asosan tashabbuskorlarning sub-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; 5. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan sub-loyihalar hujjatlarini Agrosanoat agentligiga taqdim etish. 6. Jahon banki talablariga asosan sub-loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. 7. Loyihalarni amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. 2023-yil fevraldan boshlab doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov) III. Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish (Masʼullar: Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 8. Yangi mexanizm asosida intensiv bogʻ va tokzorlarni qurish hamda aholi uchun qoʻshimcha iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida). 15 000 1. Yer maydonlarni aniqlash va ajratish. 2023-yil mart-aprel Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (Karimov), “Agroservis operator” DUK (Shukurov) 2. Tumanlarda tashabbuskor fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlarning dastlabki roʻyxatini shakllantirish. 3. Xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ekin maydoni va turini tanlash hamda loyihalarni ishlab chiqish. 2023-yil may-iyun 4. Ishlab chiqilgan loyihalar asosida pudratchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tender eʼlon qilish. 2023-yil iyul 5. Intensiv bogʻ va tokzor barpo etish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma imzolash. 2023-yil sentabr 6. Loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va investitsiyaviy shartnoma imzolash. 2023-yil oktabr 7. Intensiv bogʻlarni barpo etishni boshlash. 2023-yil oktabr-noyabr IV. Agrologistika komplekslarini tashkil etish (Masʼullar: iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari — I. Norqulov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 9. Hududlarda kichik agrologistika markazlarini tashkil etish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida). 115 000 1. Yer maydonlarini aniqlash va ajratish. 2023-yil fevral Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (Karimov), “Agroservis operator” DUK (Shukurov) 2. Barpo etiladigan agrologistika komplekslari hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb etish. 2023-yil mart-aprel 3. Agrologistika komplekslarini qurish va zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha texnik iqtisodiy asos (TIA) va tender hujjatlarini ishlab chiqish. 2023-yil may 4. Qurilish montaj ishlarini amalga oshirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarni oʻrnatish boʻyicha pudratchini aniqlash va shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish. 2023-yil Iyun — avgust 5. Agrologistika komplekslari qurilish ishlarini amalga oshirish. 2023-yil Sentabr — dekabr V. Bozor axborot tizimini takomillashtirish (Masʼullar: Raqamli texnologiyalar vazirligi — J. Maxsudov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bozor axborot tizimini takomillashtirish, shu jumladan, lekin cheklanmagan xolda: yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun agro-integratsiyalashgan tizimlarni yaratish; suv resurslarini boshqarishning axborot tizimini yaratish; yer resurslarini monitoring qilish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron), ofis jihozlari (kompyuter, avtomashina, maxsus kiyim va boshqalar) va uskunalarni yetkazib berish. 20 000 1. Yer va suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan va axborot tizimlarini rivojlantirishga maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar va IT konsalting kompaniyalarini jalb qilish; 2023-yil fevral-mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Yuldashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK (Alimov) 2. “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK bazasini modernizatsiya qilish; 2023-yil aprel-may 3. Uskunalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari yetkazib berish boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish. 2023-yil sentabr-oktabr 11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, funksional tizimlar va boʻlimlarning ish faoliyatini takomillashtirish, bunda: vazirlikni transformatsiya va modernizatsiya qilish; vazirlik va tizim tashkilotlari mutaxassislarini xorijiy va mahalliy konsultantlarni jalb qilgan holda malaka va koʻnikmalarini oshirish; vazirlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; vazirlik faoliyatini raqamlashtirish va IT tizimlarini tatbiq etish. 6 000 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini transformatsiya va modernizatsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, turli sohalarga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida mahalliy va xorijiy maslahatchilar, konsalting kompaniyalarini jalb qilish. 2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Voitov), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), 2. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida turli treninglar, seminarlar, oʻquv kurslari oʻtkazish, shuningdek, xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarda malaka va koʻnikmalarini oshirish. 3. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda keng yoritib borish.

(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga3-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

* Oʻzgaruvchan spredning stavkasi 2020-yil 1-yanvar holatiga yillik 0,98 foizni tashkil etadi.

** Rejalashtirilgan qarz hajmidan 0,25 foiz miqdorida bir martalik komissiya toʻlovi qarz hisobidan qoplanadi hamda qarzning umumiy miqdoriga kapitallashtiriladi.

*** Yillik 3 foiz hisoblangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga3a-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

* Oʻzgaruvchan spredning stavkasi 2020-yil 1-yanvar holatiga yillik 0,98 foizni tashkil etadi.

** Rejalashtirilgan qarz hajmidan 0,25 foiz miqdorida bir martalik komissiya toʻlovi qarz hisobidan qoplanadi hamda qarzning umumiy miqdoriga kapitallashtiriladi.

*** Yillik 3 foiz hisoblangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga3b-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi imtiyozli kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish

* 2020-yil 1-yanvar holatiga xizmat koʻrsatganlik uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,69 foizni tashkil etadi.

** 2020-yil 1-yanvar holatiga foiz toʻlovi uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,13 foizni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga4-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2021 — 2025-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmlarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga5-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi

Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.