Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni kengaytirish hisobiga ularni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mikromoliyalashni yanada ragʻbatlantirish va tijorat banklarining kredit resurslarini koʻpaytirish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida::
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda OTB deb ataladi) Direktorlar kengashi 2016-yil 30-iyunda Oʻzbekiston Respublikasiga “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun besh yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga 100,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz va tijorat banklari salohiyatini oshirishga, shuningdek qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishga texnik koʻmaklashish maqsadida 500,0 ming AQSH dollari miqdorida grant berishni maʼqulladi.;
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan respublikaning tijorat banklari — “Hamkorbank” ATB, “Ipak yoʻli” AITB, “Davr bank” XATB, shuningdek, “Uzbek Leasing International A.O.” AJ loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi etib belgilandi;
loyihani amalga oshirish doirasida birgalikda moliyalashtirish subqarz oluvchilarning 33,3 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz kapitali hisobidan amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish davri 6 yil (2016 — 2021-yillar) etib belgilangan.
2. Belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan respublikaning tijorat banklari — “Hamkorbank” ATB, “Ipak yoʻli” ATIB, “Davr bank” XAB, shuningdek, “Uzbek Leasing International A.J.” AJ loyihaning tegishli komponentlarini amalga oshirish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining qarz va grant mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul agentlar hisoblanadi.;
OTB qarz mablagʻlari keyinchalik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar (subzayomlar) berish va lizing faoliyatini amalga oshirish uchun loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Uzbek Leasing International A.J.” AJga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar asosida qayta moliyalashtiriladi;
OTB qarzini qaytarish, shuningdek u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Uzbek Leasing International A.O..”;
kreditlar (subzayomlar) berish va lizing faoliyati loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Uzbek Leasing International A.J.” AJ tomonidan bir qarz oluvchiga 300 ming AQSH dollarigacha boʻlgan summada amalga oshiriladi;
loyihani amalga oshirish doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan “Uzbek Leasing International A.J.” AJni kreditlash va lizing faoliyatini amalga oshirish, shuningdek qarz oluvchilar tomonidan kreditlar (subzayomlar) va lizingni qaytarish ham xorijiy, ham milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan:
OTB bilan qarz bitimi;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari — “Hamkorbank” ATB, “Ipak yoʻli” ATIB, “Davr bank” XAB, shuningdek, “Uzbek Leasing International” AJ A.O..”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimi, Oʻzbekiston Respublikasi va loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari, “Uzbek Leasing International A.J.” AJ oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
5. Quyidagilar:
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Uzbek Leasing International A.J.” AJga Osiyo taraqqiyot bankining qarzini taqdim etishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish hamda u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin..
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-noyabr,
PQ-2663-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qaroriga1-ILOVA
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari va “Uzbek Leasing International A.O.” AJga osiyo taraqqiyot bankining qarzini taqdim etishning
(ming AQSH dollari)Ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlarning nomi2016-yil2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilJami“Hamkor bank” ATB4 0009 5009 5009 5009 5003 00045 000“Ipak yoʻli” AITB3 0005 7509 0008 7508 2503 25038 000“Davr bank” XAB2501 5002 0001 5001 2505007 000“Uzbek Leasing International A.O.” AJ7502 0002 0002 0002 2501 00010 000Jami8 00018 75022 50021 75021 7507 750100 000
* loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan moliya tashkilotlariga Osiyo taraqqiyot bankining qarz berish jadvali qarz oluvchilarning amalda mavjudligiga qarab oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi PQ-2663-son qaroriga2-ILOVA
OTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
Qarz summasi— 100,0 mln AQSH dollariToʻlash muddati— 15 yilImtiyozli davr— 5 yilFoiz stavkasi— LIBOR (6 oy) + yillik 0,5%*Majburiyat uchun komissiya— Oʻzlashtirilmagan qarz summasining yillik 0,15 foizi(AQSH dollari)Toʻlov sanasiAsosiy qarzni toʻlash summasiFoizlar va komissiyalar toʻlovi summasi*Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa**2017-yil 15-may117083,33117083,332017-yil 15-noyabr198281,25198281,252018-yil 15-may261562,50261562,502018-yil 15-noyabr337500,00337500,002019-yil 15-may413437,50413437,502019-yil 15-noyabr486843,75486843,752020-yil 15-may560250,00560250,002020-yil 15-noyabr631968,75631968,752021-yil, 15-may691875,00691875,002021-yil, 15-noyabr5000000,00720 937,505 720 937,502022-yil, 15-may5000000,00712500,005 712500,002022-yil, 15-noyabr5000000,00675000,005 675000,002023-yil 15-may5000000,00637500,005 637500,002023-yil, 15-noyabr5000000,00600000,005 600000,002024-yil 15-may5000000,00562500,005 562500,002024-yil 15-noyabr5000000,00525000,005 525000,002025-yil 15-may5000000,00487500,005 487500,002025-yil 15-noyabr5000000,00450000,005 450000,002026-yil 15-may5000000,00412500,005 412500,002026-yil 15-noyabr5000000,00375000,005 375000,002027-yil 15-may5000000,00337500,005 337500,002027-yil 15-noyabr5000000,00300000,005 300000,002028-yil 15-may5000000,00262500,005 262500,002028-yil 15-noyabr5000000,00225000,005 225000,002029-yil 15-may5000000,00187500,005 187500,002029-yil 15-noyabr5000000,00150000,005 150000,002030-yil 15-may5000000,00112500,005 112500,002030-yil 15-noyabr5000000,0075000,005 075000,002031-yil 15-may5000000,0037500,005 037500,00Jami:100000000,0011544739,5811544739,58
* foizlar hisoblanganda LIBOR (6 oy) foiz stavkasi hisob-kitob boʻyicha yillik 1% ga teng deb qabul qilingan.
** toʻlovlar miqdori qarzning amalda oʻzlashtirilishi va amaldagi foiz stavkasiga qarab aniqlanadi.