PF-3587-son Farmon · 25.03.2005

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3587
  • Qabul qilingan sana:25.03.2005
  • Kuchga kirgan sana:25.03.2005
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 12-13

“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kiritilganligi munosabati bilan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 25-mart,

PF-3587-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2005-yil 25-martdagi PF–3587-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom II boʻlimi “b” kichik boʻlimining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning arizasini konsullik muassasasi barcha materiallar va oʻz xulosasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi uchun xulosa tayyorlaydi. Komissiya Milliy xavfsizlik xizmatidan ham materiallar oladi”.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 101-modda)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.