Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6024-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini uning ustuvor yoʻnalishlari va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlari va koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini oʻz ichiga oladi, uning doirasida:
irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismi 35 foizdan 38 foizgacha oshishi, irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshishi;
suv taʼminoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytirilishi;
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregati va 807 ta elektrodvigatel zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmoli 7,6 mlrd kVt.sdan 7,15 mlrd kVt.s gacha kamaytirilishi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkazilishi;
shoʻrlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan oʻrtacha va kuchli darajada shoʻrlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartirilishi;
yer osti suv sathi muammoli holatda (0 — 2 metr) boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytirilishi;
qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi;
daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi;
“Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xoʻjaligi obyektlari soni 18 576 tagacha yetkazilishi;
60 ta yirik suv xoʻjaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazilishi;
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi;
mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2 100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoring olib borilishi;
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshirilishi, sugʻorish uchun suv yetkazib berish xarajatlarining 9 foizi suv isteʼmolchilari tomonidan qoplanishi taʼminlanadi.
3. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va unda belgilangan tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida 2021-yil uchun nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Strategiyaga 2 va 13-ilovalarga koʻra amalga oshiriladigan tadbirlar kelgusi yillar uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini;
Strategiyaga 1-1a, 3 — 6, 8 — 10, 12, 14 va 17-ilovalarga koʻra 2021 — 2023-yillar uchun belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar qoʻshimcha ravishda ajratilishi kelgusi yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
5. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Strategiyaga 2, 3, 13 va 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari doirasida irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qoʻllanilishini nazarda tutsin;
irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga mahalliy pudrat tashkilotlarini keng jalb qilishga alohida eʼtibor qaratsin.
6. 2022-yil 1-oktabrga qadar etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/144/0176-son)
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) va Energetika vazirligi (Sh.X. Xodjayev) bilan birgalikda respublikada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotining eksportini 40 ming tonnaga qisqartirish evaziga uning ichki bozorda birja savdolari orqali sotilayotgan qismini oshirish choralarini koʻrsin.
8. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (Z.B. Badriddinov) polietilen va polipropilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarni birja savdolariga jalb qilish choralarini koʻrsin.
Bunda, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga ushbu bandda nazarda tutilgan mahsulotlarni birja orqali sotuvchi xorijiy kompaniyalar (norezident) uchun savdolarga qatnashishda zakalat summasini kiritish talabini bekor qilish hamda birja komission yigʻimlaridan ozod qilish tavsiya etilsin.
9. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda suv tanqisligi sharoitida ekinlarni koʻllatib sugʻorish va suvni zovurga tashlab qoʻyishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlarga nisbatan keskin choralar koʻrib borsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
10. Belgilansinki, 2021-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida har yili sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni taʼmirlash-tiklash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan viloyatlar mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
2020-yilda tashkil etilgan eksperiment ijobiy natija berganligi sababli “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 13-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sugʻoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida obyektlardagi taʼmirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (U.M. Mustafoyev) 2021-yil 1-iyulga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi barcha nasos stansiyalariga avtomatlashtirilgan elektr oʻlchov asboblari oʻrnatish ishlarini yakunlasin.
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlari hisobidagi yuqori kuchlanishli elektr podstansiyalari hamda elektr uzatish tarmoqlari elektr energiyasi yetkazib beruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga ikki oy muddatda shtat birliklari bilan birga tegishliligi boʻyicha oʻtkazilishini taʼminlasin.
12. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (M.I. Roʻzmetov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) va “Oʻzbekkosmos” agentligi (Sh.M. Qodirov) bilan birgalikda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoring olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash texnologiyasi va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan keng foydalanilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev):
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A.V. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov) va Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish borasidagi huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida, ommaviy axborot vositalari orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida hamda aholi oʻrtasida keng targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinishini;
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan tadbirlarning ijrosi natijasida erishiladigan yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyaning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
15. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), “Oʻzgidromet” markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar keyingi yillarda suv taʼminoti va suvdan foydalanishni tahlil qilgan holda 2021-yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Bosh vazirning oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyevga tasdiqlangan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli roʻyxatlariga ularning qiymati va quvvati doirasida, zarur hollarda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
17. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), “Oʻzgidromet” markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islamov):
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar suv va suvdan foydalanishga doir maʼlumotlar bazalari hamda monitoring tizimlarining raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilishini hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimining bosqichma-bosqich ishga tushirilishini taʼminlasin;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A.I. Maksudov) bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
19. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;
2023-yil 1-sentabrga qadar Strategiya doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar boʻyicha batafsil axborotni, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-fevral,
PQ-5005-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6024-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarni amalga oshirish hamda asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga qaratilgan.
Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda mamlakatda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
I. SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARINI AMALGA OSHIRISH TADBIRLARI
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarni amalga oshirish uchun Strategiya doirasida 2021 — 2023-yillar davrida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1.1. Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va maʼlumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini taʼminlash boʻyicha:
a) daryo va soylarda joylashgan jami 6 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 ta, 2022-yilda 2 ta, 2023-yilda 2 ta gidrologik post quriladi va qayta tiklanadi (1-ilova);
b) daryo va soylarda joylashgan jami 6 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 ta, 2022-yilda 2 ta, 2023-yilda 2 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanadi (1a-ilova);
v) suv resurslari hisobini yuritish takomillashtiriladi hamda suv xoʻjaligi axborot-boshqaruv milliy tizimi va suv resurslari boʻyicha shaffof axborot tizimi, jumladan, suv xoʻjaligi boʻyicha barcha dasturiy taʼminotlar integratsiya qilingan holda vaziyatlar markazining axborot tizimi yaratiladi;
g) idoralararo hamkorlik va real vaqt rejimida maʼlumotlar almashishni qoʻllab-quvvatlash hamda salohiyatni oshirish boʻyicha dasturlar va yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi;
d) Davlat suv kadastri obyektlari uchun suv resurslarini tasniflash va identifikatsiyalash boʻyicha yagona standart qayta koʻrib chiqiladi va 2021-yil yakunigacha amaliyotga joriy etiladi;
e) suv resurslarini rejalashtirish va boshqarishni, shuningdek, asosiy daryolar suv oqimlari oʻzgarishi, jumladan, toshqinlar va qurgʻoqchilik haqida ogohlantiruvchi tizimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
kelgusida iqlim oʻzgarishini hisobga olgan holda 2021-yilda prognozlash salohiyatini oshirish ustida tadqiqot olib borish boʻyicha texnik talablar ishlab chiqiladi, ekspertlar jamoasi shakllantirilib, harakatlar rejasi tayyorlanadi;
2022-yilda yangi prognozlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi, 2023-yilda prognozlash va ogohlantirish tizimlariga yangiliklar joriy etiladi.
1.2. Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xoʻjaligi obyektlarining raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, jumladan, iqlim oʻzgaruvchanligiga javob berish uchun koʻproq moslashuvchanlik, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha:
a) suv xoʻjaligi obyektlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yirik suv xoʻjaligi obyektlari raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash doirasida:
yanada samarali, tejamkor va barqaror infratuzilma loyihalarni rejalashtirish, shakllantirish hamda nazorat qilish yuzasidan quyidagi zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi:
2021-yilda yangi yoʻriqnomani tayyorlash boʻyicha texnik talablar ishlab chiqiladi, loyihalashtirish va nazorat boʻyicha yangi standartlar ishlab chiqiladi, sinov tekshiruvlari oʻtkaziladi, sugʻorish tizimining barcha darajalarida samaradorlikni maqbullashtirishga eʼtibor qaratiladi;
2022-yilda loyihalashtirish va loyiha nazorati boʻyicha yangi standartlar qabul qilinadi hamda nazorat qilishning yangi usullari amaliyotga joriy qilinadi;
2023-yilda yangi standartlar va tizimlarni amalda qoʻllash boʻyicha salohiyat shakllantiriladi;
infratuzilmani modernizatsiya qilish va takomillashtirish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi (2-ilova):
jami 1 758,1 km uzunlikda, shu jumladan, 2021-yilda 384,6 km, 2022-yilda 639,4 km, 2023-yilda 734,2 km irrigatsiya tizimi kanallari va sugʻorish tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami 143 ta, shu jumladan, 2021-yilda 23 ta, 2022-yilda 40 ta, 2023-yilda 80 ta gidrouzel va boshqa yirik gidrotexnika inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami uzunligi 443,5 km, shu jumladan, 2021-yilda 125,7 km, 2022-yilda 151 km, 2023-yilda 166,7 km lotokli sugʻorish tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami uzunligi 15 636 km irrigatsiya tizimi kanallari, 14 627 ta gidrotexnika inshooti va 14 955 ta gidropost taʼmirlanadi va tiklanadi (3-ilova);
b) Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarning energiya samaradorligini oshirish, uglerod chiqindilarini va foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, nasoslarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish yuzasidan:
jami quvvati 49,5 kub m/s boʻlgan nasos stansiyalar, shu jumladan, 2021-yilda 17,5 kub m/s, 2022-yilda 10,7 kub m/s, 2023-yilda 21,3 kub m/s boʻlgan nasos stansiyalar quriladi va rekonstruksiya qilinadi (2-ilova);
nasos stansiyalardagi jami 84,6 km, shu jumladan, 2021-yilda 10,0 km, 2022-yilda 32,9 km, 2023-yilda 41,7 km uzunlikdagi bosimli quvurlar quriladi va rekonstruksiya qilinadi (2-ilova);
jami 518 ta, shu jumladan, 2021-yilda 163 ta, 2022-yilda 181 ta, 2023-yilda 174 ta eskirgan nasos agregatlari yangilanadi (4-ilova);
nasos stansiyalarida jami 807 ta, shu jumladan, 2021-yilda 219 ta, 2022-yilda 354 ta, 2023-yilda 234 ta eskirgan elektrodvigatellar yangilanadi, shuningdek, transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimi energiyani tejaydigan uskunalarga almashtiriladi va quyosh batareyalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi (5-ilova);
2021-yilda 1 688 ta nasos stansiyalarida raqamli texnologiya asosida suvni “onlayn” rejimida monitoringini olib borish uskunalari oʻrnatiladi (6-ilova);
suv xoʻjaligi obyektlarida xorijiy moliya institutlari va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 696,7 mln AQSH dollari, shu jumladan, 2021-yilda 211,2 mln AQSH dollari 2022-yilda 230,7 mln AQSH dollari, 2023-yilda 254,8 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit oʻzlashtirilishi taʼminlanadi (7-ilova);
nasos stansiyalarida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va baholash uchun 2021-yilda tadqiqotlar olib boriladi;
Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmoli 7,6 mlrd kVt.s.dan 2021-yilda 7,3 mlrd kVt.s.gacha, 2022-yilda 7,25 mlrd kVt.s.gacha, 2023-yilda 7,15 mlrd kVt.s.gacha kamaytiriladi.
1.3. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha:
a) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini antropogen, texnogen va tabiiy omillar taʼsiridan muhofaza qilish, ularning xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha jami 12 ta, shu jumladan, 2021-yilda 5 ta, 2022-yilda 3 ta, 2023-yilda 4 ta suv omborlari va boshqa yirik gidrotexnik inshootlarda nazorat-oʻlchash uskunalari hamda xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari modernizatsiya qilinadi, tiklanadi va yangilanadi;
b) 2021-yilda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish va suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash uchun yangilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha yirik toʻgʻonlar boʻyicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini Oʻzbekistonda qoʻllash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlanadi;
v) yirik gidrotexnika inshootlarida xavfsizlik koʻrsatkichlarini masofadan turib monitoring qilish boʻyicha salohiyat oshiriladi, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari joriy etiladi hamda integratsiyalashgan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
g) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga qabul qilish, ishlatish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash-tiklash, konservatsiyalash va tugatish boʻyicha xalqaro standartlarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
1.4. Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish ustuvor yoʻnalishi boʻyicha:
a) suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan:
barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan foydalanishni rejalashtirish va suvning tezkor boshqaruvini tashkil etishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) texnologiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jami 18 576 ta, shu jumladan, 2021-yilda 3 099 ta, 2022-yilda 4 540 ta, 2023-yilda 10 937 ta suv xoʻjaligi obyektida raqamli texnologiya asosida suvning hisobini yuritish monitoring tizimi yoʻlga qoʻyiladi (8-ilova);
jami 6 172 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 022 ta, 2022-yilda 2 050 ta, 2023-yilda 2 100 ta meliorativ kuzatuv quduqlari avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkaziladi (9-ilova);
jami 60 ta, shu jumladan, 2021-yilda 20 ta, 2022-yilda 20 ta, 2023-yilda 20 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkaziladi (10-ilova);
b) tizimning turli darajalarida sugʻorish tizimlarini boshqarish salohiyatini oshirish yuzasidan:
2021-yil yakuniga qadar xalqaro tajriba, qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan taqdim etilgan natijalar hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy qilish va kelgusida iqlim oʻzgarishi taʼsirini eʼtiborga olib, turli tuproq va iqlim sharoitlari uchun suvga boʻlgan talab, eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlarini tanlash va ularni yetishtirish boʻyicha fermer xoʻjaliklari, klaster tashkilotlari, kooperatsiyalar, suv isteʼmolchilari uyushmalari hamda suv xoʻjaligi tashkilotlariga moʻljallangan yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi;
sugʻorish mintaqalari uchun yangilangan suv huquqlari tizimi joriy etiladi, 2022-yilgacha suvni mavsumiy taqsimlash va rejalashtirish tartibi takomillashtiriladi, shu jumladan, suv resursining oʻzgaruvchanligi va qurgʻoqchilik sharoitida suvni samarali boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish uchun suv olish limitining yuqori chegaralari belgilanadi.
1.5. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirishni ragʻbatlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha:
a) 2021-yil yakuniga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilishni turli tuproq sharoiti va ekin turlari, agrotexnik tadbirlar hamda moliyaviy imkoniyatlarni eʼtiborga olgan holda targʻib qilish boʻyicha qoʻllanmalar tayyorlanadi va oʻquv seminarlari oʻtkaziladi;
b) qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 2021-yilda 538 ming gektarga, 2022-yilda 798 ming gektarga, 2023-yilda 1,1 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi 121 ming gektardan 2021-yilda 332 ming gektargacha, 2022-yilda 562 ming gektargacha va 2023-yilga kelib 822 ming gektargacha yetkaziladi (11-ilova);
v) masofadan turib zondlash, geoaxborot tizimlari (GIS) va uchuvchisiz uchish qurilmalari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sugʻoriladigan maydonlarda suvdan foydalanish samaradorligi boʻyicha takomillashtirilgan monitoring va hisobot tizimi yaratiladi.
1.6. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, yerlarning unumdorligini oshirishga koʻmaklashish, tuproqning shoʻrlanish darajasini pasaytirish va oldini olish boʻyicha samarali texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha:
a) qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar, shu jumladan, 2021-yilda 140 ming gektar, 2022-yilda 50 ming gektar, 2023-yilda 42 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi (12-ilova);
b) sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha samarali texnologiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi:
jami 1 889,2 km, shu jumladan, 2021-yilda 580,4 km, 2022-yilda 658,9 km, 2023-yilda 656,9 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi (13-ilova);
jami 45 595 km, shu jumladan, 2021-yilda 14 867 km, 2022-yilda 15 133 km, 2023-yilda 15 595 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tizimli taʼmirlanadi va tiklanadi (14-ilova);
v) 2021-yil yakuniga qadar shoʻrlangan maydonlarni kamaytirish hamda takomillashtirilgan agrotexnik tadbirlar, shu jumladan, ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida tuzga chidamli ekinlarni yetishtirish orqali shoʻrlanish oqibatlarini yumshatish, shuningdek, shoʻr yuvish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Bunda Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning salohiyatini oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha tadbirlar nazarda tutiladi.
1.7. Suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, sugʻorish suvini yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini oʻz vaqtida sifatli taʼmirlash-tiklashga, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yoʻnaltirish boʻyicha:
a) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 310-son qaroriga asosan, suv resurslarini boshqarish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish hamda suv yetkazib berish xarajatlarining bir qismi suv isteʼmolchilari tomonidan qoplanishi orqali suv xoʻjaligiga ajratilayotgan budjet mablagʻlari ulushi 2021-yilda 3 foizga, 2022-yilda 6 foizga, 2023-yilda 9 foizgacha kamaytiriladi;
b) suvni isteʼmol qilish hajmiga qarab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini hisoblashning yangi metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, suv yetkazib berish xarajatlarini va hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda stavkalarni belgilash. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari suv yetkazib berish xarajati, shuningdek, turli toifadagi suv isteʼmolchilarining sanoat va texnologik xususiyatlarini, shu jumladan, qaytarib tashlanadigan suvning sifatini hisobga olgan holda belgilanadi;
v) 2021-yilda suv xoʻjaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash boʻyicha xorijiy ilgʻor tajribani va Oʻzbekistonda mavjud tizimni kompleks tahlil qilib, xarajatlarning bir qismi suv isteʼmolchilari tomonidan qoplanishi boʻyicha islohotlar oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
1.8. Suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xoʻjaligi obyektlarini fermer xoʻjaliklari, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablagʻlarni suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish boʻyicha:
2022-yilgacha suv xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) loyihalari bilan bogʻliq boʻlgan qulay muhit, mezonlar va shartnomaviy munosabatlar, shu jumladan, DXSH xususiy sheriklarini tanlash mezonlari va tegishli tekshiruv tartiblari koʻrib chiqiladi va suv xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan DXSH loyihalari uchun qoʻllanma ishlab chiqiladi;
irrigatsiyani boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta, shu jumladan, 2021-yilda 30 ta, 2022-yilda 42 ta va 2023-yilda 52 ta loyiha amalga oshiriladi (15-ilova);
suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish natijasida tejalgan budjet mablagʻlari suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
suv resurslarini boshqarish funksiyalarining bir qismini aniq majburiyatlar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va atrof muhitning barqarorligini taʼminlashga asoslangan aniq belgilangan mezon va tamoyillarga muvofiq boshqarish uchun suv isteʼmolchilariga (fermer va dehqon xoʻjaliklari guruhlari, klasterlar va boshqalar) berish metodologiyasi 2021-yilning birinchi choragi davomida ishlab chiqiladi.
1.9. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli taʼminlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash ustuvor yoʻnalishi boʻyicha:
a) 2021-yilning birinchi choragida “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqiladi;
b) suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni isteʼmol qilish boʻyicha samarali mexanizmlarni, jumladan, suv xoʻjaligiga aloqador vazirliklar va idoralar hamda suv xoʻjaligi tashkilotlarining funksiyalari, roli va majburiyatlarini, shuningdek, manfaatdor tomonlarning keng ishtiroki toʻgʻrisidagi qoidalarni joriy etish maqsadida 2022-yilning yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi;
v) suvga boʻlgan ehtiyoj kelgusidagi oʻzgarishlarni, shu jumladan, iqlim va iqtisodiy oʻsishni keltirib chiqaradigan omillarni hisobga olgan holda davlat, hudud va suv havzalari darajasida iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhit uchun suvdan foydalanishning ustuvorligidan kelib chiqib belgilanadi;
g) aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, kommunal foydalanish, sanoat, ekologik muvozanatni tiklash va qishloq xoʻjaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib suv olish limitlari belgilanadi;
d) 2022-yilga qadar suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimi aholini suv bilan kafolatli taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvning samaradorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni taʼminlash, suv tanqisligi va manbalardagi suv sarfining oʻzgaruvchanligini hisobga olib takomillashtiriladi;
e) 2021-yilda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish hamda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning, shuningdek, boshqa donorlarning texnik yordamini ragʻbatlantirish boʻyicha harakatlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
j) 2021-yilda Suv xoʻjaligi vazirligida barcha suv resurslarini hisobga olish, suvdan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan holda boshqarish boʻyicha yagona milliy markaz tashkil etiladi.
1.10. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish ustuvor yoʻnalishi boʻyicha:
a) Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlari ishlab chiqiladi;
b) Strategiyani amalga oshirish davrida Amudaryo, Sirdaryo va boshqa transchegaraviy daryolarda monitoring tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini yuritish hamda ochiq maʼlumotlar almashish tizimini yaratish hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi;
v) mintaqa davlatlari tomonidan yirik gidrotexnika inshootlarini qurish boʻyicha oʻzaro maqbul mexanizmlar ishlab chiqiladi;
g) mintaqaviy suv resurslarini boshqarish boʻyicha qoʻshma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan, mintaqa miqyosida iqlim oʻzgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
1.11. Suv xoʻjaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab-chiqarishga joriy qilish ustuvor yoʻnalishi boʻyicha:
a) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy oʻquv tizimlari joriy etiladi, oliy maʼlumotli suv xoʻjaligi xodimlari ulushi 42 foizdan 2021-yilda 47 foizga, 2022-yilda 47,5 foizga, 2023-yilda 48 foizga yetkaziladi (16-ilova);
b) suv xoʻjaligi tizimi tashkilotlari xodimlariga ish haqi toʻlashni respublikadagi oʻrtacha darajaga yetkazish orqali sohada kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish choralari koʻriladi. Bunda suv xoʻjaligi xodimlarining oylik ish haqi respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan 2021-yilda 85 foizga, 2022-yilda 90 foizga, 2023-yilda 95 foizga yetkaziladi;
v) Strategiyani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va suv xoʻjaligi sohasidagi muhim muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari, jumladan, suv xoʻjaligi sohasida jami 87 ta ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy yutuqlar va nou-xaular amaliyotga joriy qilinadi (17-ilova);
g) taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining salohiyatini oshirish hamda zamonaviy, samarali, shuningdek, barqaror yondashuvlarni suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishga joriy etishni hamda loyihalashtirish va ekspluatatsiya jarayonlarida iqlim oʻzgarishlariga bardoshli choralarni qoʻllash salohiyatini kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻquv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Bunda xotin-qizlar ishtirokini ragʻbatlantirishga va gender tenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
II. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Strategiyani amalga oshirish natijasida 2023-yilgacha quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda (18-ilova):
2.1. Suv xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha:
a) 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi, bunda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini aniq belgilash;
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv resurslaridan samarali foydalanish va suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini, shuningdek, suvni boshqarishda innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish yuzasidan masʼuliyatini oshirish;
suv isteʼmolchilari uyushmalarining huquqiy maqomini mustahkamlash, faoliyatini tubdan rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish sohasidagi rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, suv isteʼmolchilari bilan oʻzaro hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini joriy etish;
yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir shartnomaviy munosabatlarni yanada takomillashtirish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma berish hamda suv olish limitlarini belgilash tartibini takomillashtirish;
suvlarni va suv havzalarini muhofaza qilish ishlarini kuchaytirish;
baliqchilik xoʻjaligi va baliq ovlash xoʻjaligi suv havzalaridan yoki baliq ovlash uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.
b) 2023-yilda suvga doir munosabatlarning huquqiy asoslari ilgʻor xalqaro tajribalarga asosan takomillashtiriladigan, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni qamrab oladigan Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilinadi.
2.2. Suv xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
a) xalqaro standartlar va amaliyotga muvofiq suv xoʻjaligini boshqarish tizimining funksional tahlili oʻtkaziladi, yangi boshqaruv tizimi ishlab chiqiladi va joriy etiladi;
b) suvni boshqarish va undan foydalanish sohasida har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari aniq belgilanadi;
v) suv siyosatini ishlab chiqish, suv sektorini tartibga solish va suv xoʻjaligi xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq funksiyalar aniq chegaralanadi;
g) davlat tomonidan tartibga solishning maʼmuriy usullarini qoʻllashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yoʻnaltirilgan usul va mexanizmlarga oʻtiladi;
d) Oʻzbekiston Respublikasining barcha suv resurslaridan foydalanish va isteʼmol qilishni toʻliq qamragan hamda ularni aholining suv taʼminoti, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhit oʻrtasida taqsimlagan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy qilinadi;
e) Milliy kadastr maʼlumotlar bazasi bilan bogʻlangan suv resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarishning kompleks milliy tizimi yaratiladi hamda maʼlumotlarning ochiqligi va mavjudligi taʼminlanadi.
2.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻnalishida:
a) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlarini taʼminlaydigan va sugʻorishda suvdan samarali va unumli foydalanish tamoyillariga javob beradigan sugʻorish uchun suv olish limitlarining yangi tizimi joriy etiladi;
b) irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshiriladi;
v) sugʻoriladigan maydonlarning suv taʼminotini yaxshilashga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali suv taʼminoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytiriladi.
2.4. Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida:
a) irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini 35 foizdan 38 foizgacha oshiriladi;
b) nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregatlari va 807 ta elektrodvigatellar zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtiriladi;
v) Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi isteʼmoli 7,6 mlrd kVt.sdan 7,15 mlrd kVt.s gacha kamaytiriladi.
2.5. Suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish koʻlamini kengaytirish yoʻnalishida sugʻorishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1 098 ming gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkaziladi.
2.6. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yoʻnalishida:
a) melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali jami shoʻrlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan, oʻrtacha va kuchli darajada shoʻrlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartiriladi;
b) sizot suvlar sathi muammoli holatda (0 — 2 metr) boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytiriladi;
v) qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi.
2.7. Suv xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yoʻnalishida:
a) sugʻorish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish boʻyicha qarorlarni qabul qilishda zamonaviy usul va texnologiyalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalar hamda boshqa innovatsion texnologiyalar joriy etiladi;
b) daryo va soylarda 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanadi;
v) “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv oʻlchash tizimi joriy etilgan suv xoʻjaligi obyektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi;
g) 60 ta yirik suv xoʻjaligi obyektida suvni boshqarish jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkaziladi;
d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2 100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoringi olib boriladi;
e) Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasining elektr energiyasi isteʼmoli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib boriladi.
2.8 Sohada bozor mexanizmlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yoʻnalishida:
a) suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshiriladi;
b) sugʻorish uchun suv yetkazib berish xarajatlarining 9 foizi suv isteʼmolchilari tomonidan qoplanishi taʼminlanadi;
v) Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlarining oylik ish haqlari respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan 95 foizga yetkaziladi;
g) 2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligi sohasida jami 87 ta ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirilishi, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirilishi, ilmiy yutuqlar va nou-xaular joriy qilinadi;
d) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy oʻquv tizimlari joriy etiladi;
e) suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi yaratiladi;
Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish yoʻnalishida:
a) suv sifati standartlari milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajada boʻlishiga erishiladi;
b) tabiiy suv manbalarini va suvga bogʻliq boʻlgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan, Orolboʻyi hududini suv resurslari bilan barqaror taʼminlash choralari koʻriladi;
v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali eng avvalo ichishga yaroqli boʻlgan yer osti suvlarining strategik zaxiralarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratiladi.
III. STRATEGIYADA USTUVOR YOʻNALISHLAR BOʻYICHA BELGILANGAN TADBIRLAR AMALGA OSHIRILISHI MONITORINGINI OLIB BORISH
Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan tizimli monitoring olib borish va respublikada irrigatsiya sektorini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish boʻyicha taklif tayyorlash ishlari Suv xoʻjaligi vazirligida tashkil etilgan Suv xoʻjaligini rivojlantirish va strategik tahlil boshqarmasi hamda vazirlik huzurida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari har yarim yilda Suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining kengaytirilgan majlislarida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Strategiyada belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda takliflar yuzasidan har yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumot taqdim qilib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda daryolar va soylardagi gidrologik postlarni qurish va qayta tiklash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
** qayta tiklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 1a-ILOVA
2021 — 2023-yillarda daryolar va soylardagi gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 2-ILOVA
2021 — 2023-yillarda irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining
* Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi irrigatsiya tizimi kanallarini taʼmirlash va tiklash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan mahalliy budjet parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 4-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli nasos stansiyalardagi eskirgan nasos agregatlarni yangilash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 5-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli nasos stansiyalardagi eskirgan elektrodvigatellarni yangilash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 6-ILOVA
2021-yilda nasos stansiyalarida suvni “onlayn” rejimda monitoring qilish ishlarining
* loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 7-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligi sohasida chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 8-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar yordamida “onlayn” rejimida nazorat qilishni joriy etishning
* loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 9-ILOVA
2021 — 2023-yillarda meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 10-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishni avtomatlashtirish ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 11-ILOVA
2021 — 2023-yillarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlarining
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu masala yuzasidan har yili qabul qilinadigan qaroriga muvofiq aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 12-ILOVA
Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yer maydonlarini 2021 — 2023-yillarda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hisobiga qayta foydalanishga kiritish ishlarining
* loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng tegishli aniqliklar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 13-ILOVA
2021 — 2023-yillarda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining
* Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 14-ILOVA
2021 — 2023-yillarda melioratsiya tarmoqlarini tizimli taʼmirlash va tiklash ishlarining
* har yili tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlari doirasida aniqliklar kiritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 15-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyihalarni amalga oshirish ishlarining
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 16-ILOVA
2021 — 2023-yillarda Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarni oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash ishlarining
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 17-ILOVA
2021 — 2023-yillarda suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirish, ilmiy yutuqlar va nou-xaularni joriy qilishning
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasiga 18-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005-son qaroriga 2-ILOVA
Bojxona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar