PQ-5030-son Qaror · 17.03.2021

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5030
  • Qabul qilingan sana:17.03.2021
  • Kuchga kirgan sana:18.03.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5030/0219

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2020-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida moliyaviy koʻmakni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Turkiya Respublikasi tomoniga ushbu xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 17-mart,

PQ-5030-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.