PQ-5047-son Qaror · 01.04.2021

Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-5047
  • Qabul qilingan sana:01.04.2021
  • Kuchga kirgan sana:01.04.2021
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/21/5047/0270

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq;

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashining tarkibi 6-ilovaga muvofiq;

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Innovatsion rivojlanish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

Agentlik va uning tizimidagi Ilmiy-texnika axborot markazi, shuningdek, Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini ragʻbatlantirish xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

5. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.

Bunda:

Vazirlik, Agentlik, Jamgʻarma, Ilmiy-texnik axborot markazi — ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan manzildagi binoga;

(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun tashkil etiladigan tashkilotlar hamda akseleratsiya natijasiga koʻra Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilgan startap tashkilotlarning maʼmuriy boshqaruvi organlari koʻpi bilan bir yil muddatga — Vazirlik binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari barcha shart-sharoitlarga ega binoga joylashtirilishini taʼminlasin.

7. Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda:

a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;

qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;

b) quyidagilarni:

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining shtat jadvalini;

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi ustavini tasdiqlasin;

v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga, Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 1-aprel,

PQ-5047-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga1-ILOVA

Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga6-ILOVA

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashining

Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga7-ILOVA

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.

2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, milliy va xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.

2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflash yoʻnalishlari

4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga patent bojlari, yigʻimlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa toʻlovlardan kelib tushgan mablagʻlarning 78 foizi;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan davlat ilmiy dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;

yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslarning homiylik xayriyalari;

vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining chet el valyutasidagi mablagʻlari Vazirlik tomonidan Jamgʻarmaning hisobvaraqlariga har oyda valyutaning har bir turi boʻyicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha oʻtkaziladi.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son)

6. Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishini va sarflanishini nazorat qilish Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilishni tanlov asosida moliyalashtirish;

ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish;

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlashni va/yoki tijoratlashtirishni moliyalashtirish;

“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutugʻi” nominatsiyalari boʻyicha respublika tanlovlarini oʻtkazish tadbirlarini moliyalashtirish;

“Intellektual mulk milliy birjasi” elektron platformasini yaratish va saqlab turish xarajatlarini moliyalashtirish;

ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;

davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni (patentlarni) xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va patentni saqlab turish xarajatlarini qoplash;

ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishni taʼminlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash hamda xalqaro ilmiy grantlar boʻyicha mavjud maʼlumotlar bazasiga obuna boʻyicha xarajatlarni toʻlash;

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi (keyingi oʻrinlarda — Ofis)ning asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarishdagi tadbirlarni, shu jumladan, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)dagi ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) va Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarining xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;

Agentlikning Ilmiy-texnik axborot markazini, shuningdek, Vazirlik qaroriga binoan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlarini, maslahat va axborot markazlarini, ilmiy laboratoriyalarni ularning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;

Agentlik va Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shu jumladan, ularning xodimlari malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish;

Agentlik, Ilmiy-texnika axborot markazi, Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini moliyalashtirish;

Vazirlik balansidagi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tashqi fasad qismini tozalash, isitish-sovutish tizimi va liftlarga xizmat koʻrsatish xarajatlarini moliyalashtirish;

boshqa tadbirlarni, shu jumladan, Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

8. Jamgʻarma tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash

9. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.

10. Quyidagilar:

innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilish tadbirlari Vazirlikning Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining qarorlari va tegishli buyruqlari bilan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtiriladi;

ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik, startap hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va/yoki tijoratlashtirish loyihalari belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlovlar natijalariga koʻra Agentlik, Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi va loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida moliyalashtiriladi.

Bunda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va tajriba-konstruktorlik hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash va/yoki tijoratlashtirish loyihalariga ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida ijrochi tashkilotlarning har bir loyihalari uchun ochiladigan alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali budjet tizimi budjetlari xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddalarida, yilning choraklari va oylari kesimida rejalashtiriladi. Startap loyihalar va yopiq mavzudagi ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratiladigan mablagʻlar ijrochi tashkilotning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari yoki bank hisobraqamlariga tuzilgan shartnoma shartlariga asosan moliyalashtiriladi;

davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash — Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) oʻrtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi;

ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishini taʼminlash (shu jumladan, xalqaro ilmiy grantlar boʻyicha mavjud maʼlumotlar bazasiga milliy obuna) boʻyicha xarajatlarni toʻlash — Agentlik, Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi va maʼlumotlar bazasining egasi boʻlgan muassasa oʻrtasida tegishli maʼlumotlar bazasiga obuna boʻlish haqida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;

xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash (Proofreading service) xarajatlari Agentlik, Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi va xalqaro nashrlarda maqolalarni chop etishga tayyorlash xizmati oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan qoplanadi;

Ofisning asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarishdagi tadbirlarni, shu jumladan, ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hisob-kitoblarga asosan amalga oshiriladi;

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy stajirovkalari boʻyicha xarajatlarni toʻlash — belgilangan tartibda taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadigan ilmiy stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

Vazirlik va Agentlik tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijlik olimlar va mutaxassislarning xarajatlari (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) xorijiy davlat mutaxassisi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtiriladi;

Agentlikning Ilmiy-texnika axborot markazi xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtiriladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari oliy taʼlim tashkiloti, tarmoq korxonasi, Jamgʻarma va amaliyot oʻtaydigan talaba oʻrtasida amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnoma asosida moliyalashtiriladi;

Vazirlik balansidagi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tashqi fasad qismini tozalash, isitish-sovutish tizimi va liftlarga xizmat koʻrsatish xarajatlari ushbu xarajatlarni nazarda tutuvchi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan smeta va Vazirlikning talabnomasiga asosan uning hisob raqamiga moliyalashtiriladi.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

11. Ilmiy laboratoriyalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash boʻyicha:

Agentlik xorijiy (shu jumladan, mahalliy) yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni belgilangan tartibda tanlash asosida ular bilan tovar yetkazib berishga (shu jumladan zarurat boʻlganda, tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasasiga yetkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa oʻziga xos ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi;

(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

tuziladigan kontraktlarda Agentlik “Buyurtmachi”, Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi “Moliyalashtiruvchi”, ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi “Yetkazib beruvchi” va tegishli ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasi “Qabul qiluvchi” (foyda koʻruvchi) tomonlar sifatida qatnashadi. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi toʻlovlarni tuzilgan kontraktlarda belgilangan valyuta birligida moliyalashtiradi;

(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Agentlik va Jamgʻarma tomonidan buyurtmanomani bergan tegishli ilmiy tashkilot yoki oliy taʼlim muassasasiga tovarni topshirish bepul amalga oshiriladi.

(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Bunda Yetkazib beruvchi elektron hisobvaraq-fakturani Moliyalashtiruvchiga yuborgandan soʻng, Buyurtmachi, Moliyalashtiruvchi va Qabul qiluvchi (foyda oluvchi) oʻrtasida tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan yetkazib berilgan asbob-uskunalar Qabul qiluvchi (foyda koʻruvchi) balansiga oʻtkazib beriladi.

(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

12. Bepul asosda olingan ilmiy asbob-uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat tegishli ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda ham xarid qilinishi mumkin.

Bunday holatlarda, ilmiy tashkilot va oliy taʼlim muassasalari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochish orqali mablagʻlar rejalashtiriladi.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

14. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.

15. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

16. Jamgʻarmaning oʻtgan yilda ishlatilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va joriy yilda ushbu Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun sarflanadi.

16-1. Jamgʻarma mablagʻlari ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun sarflanishi taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

(16-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish

17. Jamgʻarmani boshqarish Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

18. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Jamgʻarma Kuzatuv kengashining aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisi zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

19. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi bir yilda kamida bir marta majlis oʻtkazadi. Zarur hollarda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.

20. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.

Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisi boʻlmagan vaqtlarda uning vakolatlari Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

21. Jamgʻarma Kuzatuv kengashi:

har yili Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek, Jamgʻarmaga tushgan va sarflangan mablagʻlar boʻyicha hisobotni tasdiqlaydi;

ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash roʻyxatini tasdiqlaydi;

oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar)ga ilmiy stajirovkalarga yuboriladigan yosh olimlarning roʻyxatini hamda stajirovka xarajatlari meʼyorlarini tasdiqlaydi;

(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Agentlikning takliflari asosida ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga (patentlarga) boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ularning roʻyxatini tasdiqlaydi;

(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

yetakchi xorijiy elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Agentlik takliflari asosida maʼlumotlar bazasi roʻyxatini tasdiqlaydi;

(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Jamgʻarmaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda koʻmaklashadi;

Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;

Jamgʻarma daromadlarini toʻliq shakllantirish hamda mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamgʻarma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

22. Jamgʻarmaning joriy faoliyatiga, shu jumladan mablagʻlarning toʻplanishi va sarflanishiga rahbarlik Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

23. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.

(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Ijro etuvchi direktor maqomi va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

24. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:

mablagʻlar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar boʻyicha maʼlumotlar olish;

Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;

mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda moliyalashtirishni toʻxtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;

Jamgʻarma Kuzatuv kengashi raisining roziligi bilan boʻsh mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida depozitlarga joylashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarorlariga muvofiq, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, qishloq va suv xoʻjaligi, taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlashni rivojlantirish sohalaridagi investitsiya loyihalarida boʻyicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish;

Jamgʻarma Kuzatuv kengashining qarorlariga asosan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishda sherik sifatida qatnashish. Bunday hollarda sheriklik shartlari shartnomada belgilanadi.

25. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi hisobini yuritish, shuningdek, ular boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;

daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni toʻplash, ularni umumlashtirish va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;

Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarorlarini oʻz vaqtida ijro etish;

Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlarning foydalanilishini monitoring qilish;

Jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va undan foydalanilishi boʻyicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etish.

26. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

27. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi har yili Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga hisobot taqdim etadi.

28. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining taʼminoti Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.

Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish (ustama, qoʻshimcha haq, oylik mukofotlar va boshqalar) Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv xodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.

(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

28-1. Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining xodimlariga koʻp yil ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

1 yildan 3 yilgacha — 0,2;

3 yildan 5 yilgacha — 0,4;

5 yildan 10 yilgacha — 0,6;

10 yildan 15 yilgacha — 0,8;

15 yildan 20 yilgacha — 0,9;

20 yildan yuqori — 1,0.

(28-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

29. Jamgʻarma Ijro etuvchi direktori:

(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Jamgʻarmaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalar bajarilishini taʼminlaydi;

Jamgʻarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamgʻarma manfaatlarini ifodalaydi;

yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamgʻarma nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi;

Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tuzadi hamda tasdiqlash uchun Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;

Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Jamgʻarmaning lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;

Jamgʻarma nomidan sudga daʼvo arizalar taqdim etadi;

Jamgʻarma xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;

Jamgʻarma mablagʻlarining jamlanishi va sarflanishi masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;

ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

30. Jamgʻarma ijro etuvchi direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish

31. Jamgʻarma mablagʻlarining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

32. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, har yili Jamgʻarma faoliyatining auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi va uning xulosasini Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga kiritadi hamda ommaviy axborot vositalarida hisobot eʼlon qiladi.

33. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

34. Jamgʻarma mablagʻlaridan Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun masʼuliyat Jamgʻarma ijro etuvchi direktori zimmasiga yuklanadi.

(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

35. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.