PQ-3742-son Qaror · 28.05.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3742
  • Qabul qilingan sana:28.05.2018
  • Kuchga kirgan sana:28.05.2018

Turizmni mamlakat iqtisodiyotidagi strategik soha sifatida rivojlantirishni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishining nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 28-may,

PQ-3742-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.