Sogʻliqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirish, tibbiyot amaliyoti, taʼlimi va ilmiy tadqiqotlari oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash, davolash-tashxislash jarayoniga ilgʻor yutuqlarni va innovatsiyalarni tatbiq etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
sogʻliqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash;
tibbiyot kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan zamonaviy taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini joriy qilish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
tibbiyot va tibbiyot ilm-fani sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
taʼlim va fanning uzluksizligi hamda uzviyligi, shuningdek, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiyalashuv hisobiga mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
taʼlim va ilmiy faoliyatning tibbiy va farmatsevtik faoliyat bilan chuqur integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan taʼlim hamda tibbiyot ilmi sohalarida uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlash.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Filial Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, taʼlim, ilmiy, xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega;
Filialdagi taʼlim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida rus tilida olib boriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Filial taʼlim faoliyatini 2028/2029 oʻquv yilidan boshlaydi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Filial Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining qonunchiligiga muvofiq ravishda faoliyatini amalga oshiradi.
4. Quyidagilar:
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) 1-ilovaga muvofiq;
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Filialning toʻlaqonli faoliyat yuritishi bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, taʼlim, metodik, logistik va boshqa masalalarni hal qilish;
oʻquv jarayonini, talabalarning oʻquv-pedagogik amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish, oʻqitishning sifatini rejali asosda oshirib borish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish;
sohaning jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya, texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar) va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb etish;
Filialning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va oʻquv materiallari bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
har oʻquv yilida taʼlim oluvchilar sonini aniqlash;
Universitet va shu sohaga ixtisoslashgan boshqa yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida amaliyot oʻtash uchun iqtidorli talabalarni va ordinatura tinglovchilarini tanlab olish, shuningdek, chet elda oʻqish uchun maxsus stipendiyalar tashkil etish;
Filial binolari va inshootlarini, shu jumladan talabalar yashash joyi va oʻqituvchilar uchun mehmonxona majmuasini qurish, rekonstruksiya qilish masalalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Filialni zamonaviy oʻquv-laboratoriya va simulyatsiya asbob-uskunalari, kompyuter va orgtexnika, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventarlar, mebellar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash;
vazirlik va idoralar tomonidan Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha vazifalarning bajarilishini muntazam monitoring qilish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Universitetning 2021/2022 oʻquv yilida 35 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 3-ilovaga muvofiq mutaxassisliklar boʻyicha ordinatura dasturlariga muvofiq Universitetda taʼlim olishini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Universitet:
Filialning taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etadi;
Filialda taʼlim berishga va ilmiy faoliyatga xorijiy hamda mahalliy professor-oʻqituvchilarni jalb qiladi;
Filial professor-oʻqituvchilarini doimiy ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni, shu jumladan mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida masofaviy oʻqitish orqali tashkil etadi;
Filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishda yordam koʻrsatadi.
7. Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Filial Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 103-uy manzilida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
9. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent davlat stomatologiya instituti hududida yangi tashkil etilayotgan koʻp tarmoqli klinika Filialning asosiy klinik bazalari (keyingi oʻrinlarda — Filialning klinik bazalari) sifatida belgilansin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Filialga yillik qabul parametrlari tarmoq va hududlardagi tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojni hisobga olib, Universitet bilan kelishilgan holda Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
b) maqsadli buyurtma boʻyicha kadrlarni tayyorlash, jumladan Filial bitiruvchilarining kelgusida ish bilan taʼminlanishi boʻyicha shartlar abituriyentlar va manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq aniqlanadi;
v) davlat granti asosida tahsil olgan Filial bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasining davlat tibbiyot muassasalarida kamida 5 yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi;
g) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan talabalar va ordinatura tinglovchilarini davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga har yili ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
pullik-shartnoma asosida talabalarni oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadli badallari va xayriya yordamlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
d) Universitetdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
30 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlarida — Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan meʼyorlar boʻyicha;
oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqadigan uzoq muddatli xizmat safarlarida — tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
e) Filial taʼminoti uchun budjet ajratmalari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
11. Filialga ikkita yengil, jumladan bitta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
(12-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Filialga binolar va inshootlar berilib, Universitet nizomiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, bir oy muddatda Filialning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqsin, kelishsin va tasdiqlasin, shuningdek, Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Filialda taʼlim berish va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibini, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni doimiy ravishda Filialga jalb etib borsin;
b) Universitet va Filialning taʼlim jarayonida ishtirok etayotgan professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda amaldagi mutaxassislik sertifikati yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan Universitetning boshqa xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy faoliyatni amalga oshirishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini taʼminlasin;
v) Filialning klinik bazalarida Filial talabalari va ordinatura tinglovchilarining amaliy mashgʻulotlarini bepul asosda tashkil etish uchun shartnomalar tuzgan holda kerakli shart-sharoitlarni yaratsin va, zarur hollarda, boshqa tibbiy (ilmiy) tashkilotlarni qoʻshimcha klinik baza sifatida Filialga taqdim etsin;
g) Filialning klinik bazalari boʻlgan tibbiy (ilmiy) tashkilotlar rahbarlari tomonidan talabalar va ordinatura tinglovchilarining bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish jarayoniga kirishiga ruxsat berilishi va ularning ishtirokini taʼminlasin;
d) Filialda oʻqishga qabul boshlanganligi haqida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari ishtirokida keng koʻlamli axborot kampaniyasi olib borilishini taʼminlasin;
e) sayyor qabul komissiyasi tashkil etilishida yordam koʻrsatsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik bepul kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan Filialning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan respublikaga Filial faoliyatini tashkil etishda ishtirok etayotgan chet el fuqarolarini jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, jumladan talabalar yashash joyi, oʻqituvchilar uchun mehmonxona majmuasi va simulyatsion markaz qurish loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2022 va keyingi yillarga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Filialning dastlabki moddiy-texnik bazasini yaratish maqsadida 2021-yilda zarur pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun nazarda tutilgan limitlardan tejab qolingan mablagʻlarni qayta taqsimlash yoʻli bilan yoki oʻzlashtirilmagan mablagʻlar hisobidan ajratsin.
18. Filialni kapital taʼmirlash, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va orgtexnika, dasturiy taʼminot, oʻquv-laboratoriya va simulyatsion jihozlar, ilmiy-metodik adabiyotlar, oʻqitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlari, inventarlar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar 2024-yil 1-iyulga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-iyul,
PQ-5169-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga1-ILOVA
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
Oliy taʼlimning oʻquv dasturlari — ixtisoslik dasturlari:
1. Davolash ishi.
Oliy taʼlimning oʻquv dasturlari — ordinatura dasturlari:
1. Akusherlik va ginekologiya
2. Anesteziologiya-reanimatologiya
3. Gematologiya
4. Yuqumli kasalliklar
5. Kardiologiya
6. Nevrologiya
7. Neonatologiya
8. Nefrologiya
9. Onkologiya
10. Sogʻliqni saqlashni tashkillashtirish va jamoat salomatligi
11. Otorinolaringologiya
12. Pediatriya
13. Yurak-qon tomir jarrohligi
14. Travmatologiya va ortopediya
15. Jarrohlik
Izoh:
Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olib mutaxassislik va ordinatura dasturlari roʻyxatiga oʻzgarish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Universitet bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Mutaxassislik boʻyicha akademik guruh shakllantirish uchun klinik ordinatorlarning eng kam miqdori yetti kishidan iborat. Ordinaturaga qabul qilinganlar soni belgilangan meʼyordan kam boʻlgan taqdirda ular talabalar va respublikaning manfaatdor idoralari oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga ishga taqsimlanishi belgilangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Universitet (Rossiya Federatsiyasi)ga yuborilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga2-ILOVA
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashi
1. B.A. Musayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi 2. A.M. Xadjibayev — sogʻliqni saqlash vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari 3. A.X. Toshkulov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri 4. N.B. Xusanov — bandlik va mehnat munosabatlari vaziri 5. I.Yu. Abduraxmonov — innovatsion rivojlanish vaziri 6. A.Sh. Inoyatov — sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari 7. I.I. Norkulov — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari 8. Sh.U. Sobirov — ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 9. F.N. Arziyev — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari 10. O.A. Pekos — axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari 11. D.K. Adilov — qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari 12. I.M. Muxtorov — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 13. J.I. Abruyev — moliya vaziri oʻrinbosari 14. M.M. Ikramov — adliya vaziri oʻrinbosari 15. Sh.A. Vafayev — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari 16. B.S. Raxmonov — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari 17. A.T. Maxmudov — Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi 18. B.T. Daminov — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori 19. A.K. Shadmanov — Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori 20. S.A. Lukyanov — Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining rektori (kelishuvga koʻra) 21. X.P. Taxchidi — Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining davolash ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra) 22. D.A. Shagin — Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinma ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra) 23. Sh.A. Karimov — Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mudiri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga3-ILOVA
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasining 35 nafar fuqarosi 2021/2022 oʻquv yilida tahsil olish uchun yuboriladigan ordinatura mutaxassisliklari roʻyxati
1. Radiologiya
2. Onkologiya
3. Gematologiya
4. Bolalar onkologiyasi
5. Endokrinologiya
6. Nefrologiya
7. Pulmonologiya
8. Rentgenendovaskulyar tashxis va davolash
9. Yurak-qon tomir jarrohligi
10. Pediatriya
11. Allergologiya va immunologiya
12. Neyroxirurgiya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga4-ILOVA
Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)