PQ-94-son Qaror · 20.01.2022

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-94
  • Qabul qilingan sana:20.01.2022
  • Kuchga kirgan sana:21.01.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/94/0058

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2021-yil 17-iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishlari tartibi toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Ichki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 20-yanvar,

PQ-94-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.