PF-67-son Farmon · 11.02.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-67
  • Qabul qilingan sana:11.02.2022
  • Kuchga kirgan sana:12.02.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/22/67/0128

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-son hamda 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6262-son farmonlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son va 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarorlariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 11-fevral,

PF-67-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5388-son Farmonining 10-bandidagi “, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va “Oʻzagrokimyohimoya” AJ” soʻzlari “va Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5643-son Farmonining 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoniga 2-ilovaning 68-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmonida:

a) 2-ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovaning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6042-son Farmonida:

a) 13-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmonida:

a) 2-ilovada:

15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 15. I.K. Ergashev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”;

19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 3-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi ”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilovada:

a) “Vazirliklar” boʻlimining 10-pozitsiyasi “Idoraviy mansub tashkilotlar” bobidagi 1 va 2-bandlar chiqarib tashlansin;

b) “Inspeksiyalar” boʻlimida:

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” bobining nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi”;

60-pozitsiyaning “Tizimlashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlar*” ustunida:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmoni” jumlasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son Farmoni” jumlasi bilan almashtirilsin;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 28-martdagi PQ-3626-son qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori” jumlalari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarori” jumlasi bilan almashtirilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-fevraldagi “Xalqaro qishloq xoʻjaligi taraqqiyoti jamgʻarmasi ishtirokidagi “Oʻzbekistonning sutchilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2795-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “2017 — 2022 gg.” soʻzlari “2017 — 2023 gg. do 31-marta” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandda:

uchinchi xatboshidagi “Ministerstvo selskogo xozyaystva” soʻzlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “Agentstvo po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva” soʻzlari “Gosudarstvenniy komitet veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 5-banddagi “ministra selskogo xozyaystva” soʻzlari “predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agentstvom po realizatsii proyektov v oblasti agropromishlennogo kompleksa i prodovolstvennogo obespecheniya pri Ministerstve selskogo xozyaystva” soʻzlari “Gosudarstvennim komitetom veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 9 va 10-bandlardagi “Ministerstva selskogo xozyaystva” soʻzlari “Gosudarstvennogo komiteta veterinarii i razvitiya jivotnovodstva” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar”.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3026-son qarorida:

a) 1, 2, 5 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 8-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri, Xalqobod 4-berk koʻchasi, 4-uy” soʻzlari “Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1 — 11-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qaroriga 1-ilovaning 42 va 53-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3080-son qarori 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining TUZILMASI

Izoh: Xodimlarining cheklangan umumiy soni — 100 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 79 nafar.”

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3283-son qarorida:

a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 5-banddagi “S.R. Xolmurodov” soʻzlari “Sh.M. Gʻaniyev” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetovga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzini va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kreditini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni, shuningdek, zaruratga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan ularga tegishli oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin”;

g) 10 va 11-bandlardagi “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3327-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar”.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3365-son qarorida:

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarorining 5-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Veterinariya davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 5-banddagi “Fanlar akademiyasi hamda” soʻzlari “Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarorining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3657-son qaroriga ilovaning 27 va 28-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi (B. Yusupov)” soʻzlari “Oʻzbekchorvanasl” agentligi (B. Atamuradov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3671-son qaroriga 6-ilovaning 42-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3703-son qarorida:

a) 2-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 4-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 5-ilovaning “Bakalavriat” boʻlimi 2-pozitsiyasi va “Magistratura” boʻlimi 3-pozitsiyasidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 6-ilovada:

“Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” boʻlimi 1 — 8-pozitsiyalarining “Oʻquv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlari” va “Veterinariya boshqarmalari” soʻzlari tegishincha “Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” va “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Magistratura mutaxassisliklari” boʻlimi 2 — 8-pozitsiyalarining “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “veterinariya boshqarmalari” va “Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlari” soʻzlari tegishincha “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari” va “Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3704-son qarorida:

1) 5-ilovada:

“Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari” boʻlimida:

a) “Toshkent davlat agrar universiteti boʻyicha” bobida:

6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 6. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 135 ”;

13-pozitsiya chiqarib tashlansin;

b) “Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti boʻyicha” bobida:

5-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 5. Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi 80 ”;

11-pozitsiya chiqarib tashlansin;

v) “Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali boʻyicha” bobida 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 28 ”;

g) “Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali boʻyicha” bobida:

4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 4. Surxondaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi 55 ”;

9-pozitsiya chiqarib tashlansin;

“Magistratura mutaxassisliklari” boʻlimida:

a) “Toshkent davlat agrar universiteti” bobida:

4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 4. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 25 ”;

9-pozitsiya chiqarib tashlansin;

b) “Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti” bobida:

2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 2. Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi 8 ”;

4-pozitsiya chiqarib tashlansin;

v) “Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali” bobida 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 6 ”;

2) 6-ilovada:

“I. Toshkent davlat agrar universiteti” boʻlimida:

a) “1.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobida:

1-pozitsiyaning “Oʻquv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ” soʻzlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va uning hududiy boʻlimlari (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-pozitsiyada:

“Oʻquv-tanishuv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Agrokimyo stansiyasi” MCHJ” soʻzlari “Respublika agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan, “Oʻquv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ va uning hududiy boʻlimlari (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” soʻzlari bilan, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

13-pozitsiyada:

“Oʻquv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” va uning hududiy boʻlimlari” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1.2. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha” bobida:

2-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

5-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan, “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ (Toshkent shahri, Mirobod tumani)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

18-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan, “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“II. Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali” boʻlimida:

a) “2.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobida:

3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan, “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati boʻlimi (Andijon shahri, Kengash koʻchasi 15-uy)” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (Andijon shahri, M. Muhiddinov tor koʻchasi, 7-uy)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati boʻlimi” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan, “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2.2. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha” bobida:

2-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Andijon viloyati boʻlimi (Andijon shahri, Kengash koʻchasi, 15-uy)” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi (Andijon shahri, M. Muhiddinov tor koʻchasi, 7-uy)” soʻzlari bilan, “Andijon agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Andijon viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“III. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali” boʻlimida:

a) “3.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobida:

1-pozitsiyaning “Oʻquv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agrokimyo stansiyasi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi agrokimyoviy tahlil markazi” soʻzlari bilan, “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “3.2. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha” bobida:

1 va 3-pozitsiyalarning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Qoraqalpoq agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“IV. Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali” boʻlimida:

a) “4.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha” bobida:

1-pozitsiyaning “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Surxondaryo agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Surxondaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-pozitsiyaning “Oʻquv amaliyoti obyekti” ustunidagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyati tayanch punkti” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali” soʻzlari bilan, “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunidagi “Surxondaryo agrokimyohimoya” hududiy AJ” soʻzlari “Surxondaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-pozitsiyaning “Oʻquv amaliyoti obyekti” va “Ishlab chiqarish amaliyoti/ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti” ustunlaridagi “Oʻsimliklar karantini” davlat inspeksiyasi Surxondaryo viloyati boʻlimi” soʻzlari “Surxondaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3978-son qarorining 15-bandi yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi (Irgashev)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.

27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarorida:

a) 21-band “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekchorvanasl” agentligi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) 24-bandning beshinchi xatboshisidagi “qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupovga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilovga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 5-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. B.T. Atamuradov — “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori”.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4015-son qarorida:

a) 12-bandning birinchi xatboshisidagi va 23-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 14-bandning uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 24-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupovga” soʻzlari “Oʻzbekchorvanasl” agentligi bosh direktori B.T. Atamuradovga” soʻzlari bilan almashtirilsin.

29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4020-son qarorining 17-bandi birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarorida:

a) 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovaning oʻninchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4243-son qarorida:

a) 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:”;

b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilayotgan yer uchastkalarida yer osti suvi chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlab, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni xabardor qilib borsin”;

v) 10, 11-bandlar, 12-bandning ikkinchi xatboshisi va 13-band hamda 1 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarorida:

a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “63” raqami “69” raqami bilan almashtirilsin;

b) 3-bandda:

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;”;

beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agentlik bosh direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;

v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 69 nafar.

* Markaziy apparatning umumiy shtatlar soniga kirmaydi.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15,5 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

d) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Viloyatlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15,5 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

e) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18,5 nafar.

* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.”;

j) 11-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi markaziy apparatining TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 34 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

z) 12-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Chorvanasl” markazlarining NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 nafar.

“Chorvanasl” markazlari tuman vakillarining umumiy cheklangan soni — 320 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

i) 13-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining TUZILMASI

Xodimlarining umumiy cheklangan soni — 66 nafar, shundan, boshqaruv xodimlari — 11 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 55 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

k) 14-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 30 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 5 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 25 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”;

l) 19-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 116 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar, ilmiy xodimlar — 44 nafar, ilmiy yordamchi xodimlar — 33 nafar, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 28 nafar”;

m) 20-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni ilmiy-tadqiqot ishlari hajmiga qarab, 112 nafargacha, maʼmuriy boshqaruv xodimlari — 10 nafar, jumladan ilmiy xodimlar soni — 76 nafargacha.

Yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.

Ilmiy-texnik loyihalarni joriy qilish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin”.

33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4421-son qaroriga 4-ilovada:

a) 22-band chiqarib tashlansin;

b) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 28. Lavozimi boʻyicha — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”.

34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4538-son qarorida:

a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, qishloq xoʻjaligi vaziri, Agentlik bosh direktori” soʻzlari “Qoʻmita raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 6, 10, 11-bandlardagi va 7-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi bilan almashtirilsin.

35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4704-son qarorida:

a) 4-bandning “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 56-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning 4-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Agrokimyo stansiyasining viloyat filiali” soʻzlari “Viloyat agrokimyoviy tahlil markazlari” soʻzlari bilan, “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi hududiy filial va boʻlimlarining” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4861-son qarorida:

a) 1-band chiqarib tashlansin;

b) 2-bandda:

birinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan hamda “v” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “Inspeksiyaga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;

g) 4 — 7-bandlar chiqarib tashlansin;

d) 8-banddagi “Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

e) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

j) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan, “Markaz” soʻzi “Institut” soʻzi bilan almashtirilsin;

z) 11-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Inspeksiyaning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;

i) 7-ilovada:

ilovaning nomidagi “Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-pozitsiya chiqarib tashlansin;

k) 9-ilovaning 2-pozitsiyasi “Ilmiy-tadqiqot muassasalari” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJga qarashli “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

l) 9a-ilovaning 2, 4 va 14-pozitsiyalari “Ilmiy-tadqiqot muassasalari” ustunidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJga qarashli “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MCHJ” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.

39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi “Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4863-son qarorining 11-bandidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4892-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 13. I.K. Ergashev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”.

41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4899-son qarorida:

a) 1-ilovada:

11, 18 va 77-pozitsiyalarning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (Ergashev)” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovaning 18-xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ I.K. Ergashev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori ”.

42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4916-son qarori bilan tasdiqlangan Ohangaron tumanida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini oshirish boʻyicha kompleks tadbirlarning 13-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbasi” ustuni “Homiylik xayriyalari” soʻzlaridan oldin “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4937-son qarorida:

a) 3-ilovaning 942 — 956-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

b) 4-ilovaning 71 — 80-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

v) 6-ilovaning 130 va 131-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

g) 7-ilovaning 285 — 298-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5241-son qaroriga 2-ilovada:

a) 16, 49 va 82-pozitsiyalarning “Amaliyot oʻtash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidagi “oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 90-pozitsiyaning “Amaliyot oʻtash va kelgusida ishga joylashtirish uchun kelishuv asosida biriktirilgan korxona va tashkilotlar” ustunidan “Agrokimyohimoya” hududiy AJning Toʻraqoʻrgʻon tuman filiali” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5067-son Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5174-son Farmoni.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5968-son Farmoniga 1-ilovaning 10-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5447-son Farmoniga 1-ilovaning 34-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 2-ilovaning 13 va 15-bandlari.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.