Mamlakatimizda teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida undan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishni jadallashtirish maqsadida:
1. 2026-yilga qadar charm-poyabzal, jun va moʻynachilik mahsulotlari eksportini 2,8 baravarga koʻpaytirish boʻyicha choralarni amalga oshirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining ustuvor vazifasi etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
2. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targʻibotni kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining tuman (shahar)larda terini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini hamda tayyor charm-poyabzal va moʻyna mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda — kichik sanoat zonalari) tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bunda belgilab qoʻyilsinki:
a) kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 90 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi;
b) loyiha-smeta hujjatlariga asosan tashqi infratuzilmani qurish-taʼmirlash uchun mablagʻlar yetishmagan loyihalar boʻyicha ularni qurish-taʼmirlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar, xususan:
elektr energiya va gaz tarmoqlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning hududiy filiallari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ oʻz mablagʻlari;
ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining qarorlariga asosan tegishlilik boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur kichik sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha tegishli Hukumat qarorini qabul qilsin.
4. Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklarida umumiy qiymati 60 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi ochilsin.
Bunda:
mazkur kredit liniyasi tijorat banklaridan kelib tushgan talabnomalarga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 2022 — 2025-yillar uchun tasdiqlangan xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi;
(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son)
kredit liniyasi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tijorat banklariga ularning talabnomalariga asosan 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha yillik 3 foiz stavkada ochiladi;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy yangi uskuna va texnologiyalarni xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 7 yil muddatgacha yillik 5 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
5. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) bir oy muddatda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining masʼullarini biriktirgan holda, 2022 — 2026-yillarda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari dasturlarini tasdiqlasin.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
a) Charm-poyabzal, moʻynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun koʻzda tutilgan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni 2023-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2026-y., 06/26/4/0043-son)
b) 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha quyidagilar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorda undirish:
ishlab chiqaruvchining yalpi tushumida bolalar, ayollar va sport poyabzallari, sunʼiy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari va tagliklari ishlab chiqarishdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri yakuni boʻyicha kamida 60 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
yalpi tushumining umumiy hajmida poyabzallar, charm-attorlik mahsulotlari va moʻynadan tayyorlangan buyumlar eksportidan tushgan tushumning hajmi 80 foizni tashkil qilgan ishlab chiqaruvchilar;
v) charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari tomonidan xorijdan jalb qilinadigan dizayner, texnolog va marketolog mutaxassislarining oylik ish haqi bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, biroq Toshkent shahrida joylashgan korxonalar uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan, respublikaning boshqa hududlaridagilar uchun esa 2 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdordagi qismini “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda charm-poyabzal tarmogʻi mahsulotlarining tashqi bozorlardagi targʻibotini kuchaytirish maqsadida, tarmoqdagi salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda:
(7-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
xorijiy davlatlarda charm-poyabzal, charm-attorlik, jun va moʻynachilik mahsulotlarini saqlash va sotishga moʻljallangan yirik ulgurji savdo omborlari va savdo uylarini tashkil qilish;
charm-poyabzal tarmogʻi mahsulotlari bilan xalqaro koʻrgazmalarda qatnashish orqali mahalliy mahsulotlarni xorijda keng targʻib qilish;
har yili bir marotaba (bahor va kuz mavsumida) “UzCharmExpo” Xalqaro charm, poyabzal va moʻyna koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish;
(7-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikaning mazkur sohalardagi imkoniyatlari va salohiyatini keng yoritish ishlarini olib borish;
autsorsing va franchayzing asosida xorijiy hamkorlarni jalb qilishni kengaytirish choralarini koʻrsin.
8. Belgilansinki, terini yigʻish, toʻliq hisobini yuritish va toʻliq qayta ishlashga yoʻnaltirishni ragʻbatlantirish maqsadida:
jismoniy shaxslarning teri xom ashyosini yigʻish va tayyorlash faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat hisoblanadi;
har bir tuman kesimida aholi zich yashaydigan mahallalarda chorva mollarini soʻyish va teri xom ashyosini yigʻib olish boʻyicha kichik mobil xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
har bir tuman kesimida aholi zich yashaydigan mahallalarda chorva mollarini soʻyish va teri xom ashyosini yigʻib olish boʻyicha kichik mobil xizmatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “manzilli loyihalar dasturi”ni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
veterinariya-sanitariya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga javob bermagan holda faoliyat koʻrsatayotgan kushxonalar va chorva mollarini soʻyish maydonchalarini xatlovdan oʻtkazsin;
xatlov natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritsin, noqonuniy faoliyat yuritayotgan kushxonalar va qassoblar faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga moslash boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin;
veterinariya-sanitariya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga javob bermagan holda faoliyat koʻrsatayotgan kushxonalar va qassoblarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Fargʻona viloyati Margʻilon shahri “Orol boʻyi” mahallasi tajribasi asosida oʻz hududidagi kosibchilik rivojlangan kamida beshtadan mahallani tanlab olgan holda kosiblar faoliyatini kengaytirish boʻyicha manzilli loyihalar dasturlarini ishlab chiqib, ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Bunda, kosiblar faoliyatini kengaytirish boʻyicha loyihalarga imtiyozli kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qaroriga muvofiq, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari hamda “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga nisbatan koʻzda tutilgan shartlarda ajratiladi.
11. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda charm-poyabzal sanoati korxonalarining xorijiy va mahalliy mutaxassislari bilan birgalikda Fargʻona viloyatidagi Fargʻona transport va servis texnikumida poyabzal va charm buyumlarini loyihalash va modellashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari yoʻnalishida oʻquv va amaliyot kurslari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Fargʻona viloyati tajribasi asosida kichik sanoat zonalari tashkil etilayotgan hududlardagi faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda charm, moʻyna xom ashyosi va jun tayyorlash, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish yoʻnalishlarida oʻquv va amaliyot kurslari tashkil etilishini yoʻlga qoʻysin.
12. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi 2022-yildan boshlab Turkiyaning Egey, Buyuk Britaniyaning Nortgempton, Rossiya Federatsiyasining A.N. Kosigin nomidagi Rossiya davlat sanʼat, dizayn va texnologiya universiteti va Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti, Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universitetida charm-poyabzal sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim grantlarini jalb qilish va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
13. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari boʻyicha rivojlangan davlatlarda tan olingan xalqaro standartlar va sertifikatlar roʻyxatini shakllantirsin.
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan vazifalarning ijrosini yoritib borish choralarini koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-fevral,
PQ-143-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
(1.14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ-250-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 07/26/250/0671-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-son qaroriga 2-ILOVA
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targʻibotni kuchaytirish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 10-bandining toʻrtinchi xatboshisi “poyabzal qoliplari,” soʻzlaridan keyin “poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4453-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq”;
b) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “va terini qayta ishlovchi korxonalar” soʻzlari “hamda terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyolar, materiallar va furnituralar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi F-5350-son farmoyishi rus tilidagi matnining 1-bandidagi “do 1-yanvarya 2023 goda” soʻzlari “do 1-yanvarya 2026 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.