Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Shveysariya Konfederatsiyasining iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat kotibiyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) oʻrtasida “Suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish maqsadida 2021-yilning 17-may kuni jami 239,0 million AQSH dollari miqdoridagi, shu jumladan 49,0 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli, 190,0 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozsiz moliyalashtirish bitimi hamda Shveysariya Konfederatsiyasining iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — SECO) tomonidan 7,8 million AQSH dollari miqdorida grant ajratish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi;
Dastur doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida ichimlik suv va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi, shu bilan birga sohada islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, energiya samaradorligini oshirish koʻzda tutilganligi;
Dasturga kiritilgan “Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlarining ijobiy ekspertiza xulosalari olinganligi;
Loyihaning umumiy qiymati 79,3 million AQSH dollarini, Loyihani amalga oshirishda Uyushma krediti — 66,0 million AQSH dollarini, Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — imtiyozli davrda moliyaviy xarajatlarni hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish tarzida 13,3 million AQSH dollarini tashkil etishi;
Loyihani amalga oshirish uchun Uyushma tomonidan jami 66,0 million AQSH dollari, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 30 yil mobaynida qaytarish sharti bilan 10,0 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli hamda 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 30 yil mobaynida qaytarish sharti bilan 56,0 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozsiz kredit berilishi maʼqullanganligi;
Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida amalga oshiriladigan komponentlar hamda moliyalashtirish taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
“Suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida 1, 2 va 4-komponentlar boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli kreditlarini qaytarish va uning foizlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish va uning foizlarini toʻlashning prognoz jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kredit mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 6-ilovaga muvofiq;
“Samarqand suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatovga, zarur hollarda, Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga Uyushma bilan kelishgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishini, Uyushmaning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlashga masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
b) Dasturni amalga oshirishda investitsiya kiritish davrida Uyushma krediti boʻyicha foizlarni toʻlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
v) Samarqand viloyati hokimligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda Loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishi va Uyushma qarzlarining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:
hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hamda moliyaviy xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga:
Oʻzbekiston Respublikasi, Uyushma va SECO oʻrtasida imzolangan moliyalashtirish hamda grant bitimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Dastur doirasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi Dastur doirasidagi moliyalashtirish, grant, qayta kreditlash hamda Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimlar, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. “Oʻzsuvtaʼminot” AJga Jahon bankining loyihalarni boshqarish guruhini tashkil etgan holda Dasturni muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
8. Samarqand viloyati hokimligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar:
aholi va tashkilotlarning ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarini xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni bartaraf etish reja-grafigini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan Dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
12. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan taʼminlanadigan hududlar toʻgʻrisida maʼlumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish chorasini koʻrsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-mart,
PQ-159-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga 1-ILOVA
“Suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida amalga oshiriladigan komponentlar hamda moliyalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga2-ILOVA
“Suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida 1, 2 va 4-komponentlar boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli kreditlarini qaytarish va uning foizlarini toʻlashning
* Vositachilik haqi uchun tuzatishlar stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 0,53 foizni tashkil etadi.
** Foiz stavkasining tuzatishlar stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 0,07 foizni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga3-ILOVA
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga4-ILOVA
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish va uning foizlarini toʻlashning
* Oʻzgaruvchan spred stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 1,00 foizni tashkil etadi.
** Asosiy stavka va oʻzgaruvchan spred stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 1,4 foizni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga5-ILOVA
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish va uning foizlarini toʻlashning
* Vositachilik haqi uchun tuzatishlar stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 0,53 foizni tashkil etadi.
** Foiz stavkasining tuzatishlar stavkasi 2021-yil 1-oktabr holatiga 0,07 foizni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga6-ILOVA
“Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kredit mablagʻlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-son qaroriga7-ILOVA
“Samarqand suv taʼminoti” MCHJni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)