Bojxona maʼmuriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish, bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab xavf darajasi past boʻlgan bojxona yuk deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish hajmi oshirib boriladi, 2023-yil 1-yanvarga qadar eksportda ushbu koʻrsatkich 80 foizga yetkaziladi;
b) 2022-yil 1-iyulga qadar “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti”da, 2022-yil 1-oktabrga qadar “Termiz” xalqaro aeroporti”da hamda 2023-yil yakuniga qadar respublikaning qolgan barcha xalqaro aeroportlarida “Samarqand” xalqaro aeroporti tajribasi asosida “masofaviy bojxona nazorati” joriy etiladi;
v) 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
bojxona koʻrigi jarayonlarini qamrab olgan mobil elektron tizim ishga tushiriladi;
bojxona xizmatlari toʻliq raqamlashtirilgan holda, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni 40 taga yetkaziladi.
3. Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda temir yoʻl orqali keladigan tovarlar boʻyicha maʼlumotlarni oldindan elektron almashish tizimini toʻliq yoʻlga qoʻysin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi mazkur Farmonning 1-2-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar:
2022-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash uchun joriy yil Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida II va III chorak yakunlari bilan oʻzlashtirilmagan va tanlov (tender) savdolari natijasiga koʻra iqtisod qilingan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobiga ajratilishini;
2023-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olinishini taʼminlasin;
Bojxona organlari tuzilmalarining rivojlantirish jamgʻarmalaridagi mablagʻlar zaruratga koʻra Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
5. Davlat bojxona qoʻmitasining mazkur Farmonga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
2022-yil 1-iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida eʼlon qilib borilishini taʼminlash;
2022-yil 1-iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat oʻtagan xodimlarni rotatsiya qilish tartibini joriy etish;
2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimini toʻlaqonli ishga tushirish hamda ushbu tizim boʻyicha xodimlarning bilim va malakasini oshirib borish;
2022-yil 1-oktabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibini joriy qilish;
2022-yil 1-dekabrga qadar bojxona organlarida korrupsion xavflarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish;
2023-yil 1-yanvardan boshlab bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish.
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini muntazam ravishda reyting baholashdan oʻtkazib borsin;
reyting baholash natijalariga koʻra, bojxona organlarida korrupsiyaning oldini olish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirsin.
7. Davlat bojxona qoʻmitasi raisi, uning oʻrinbosarlari va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida har oyda kamida ikki marotaba joylarga chiqqan holda uchrashuvlar tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyilsin.
8. 2022-yil 1-dekabrdan boshlab, bojxona organlari xodimlari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda reyting asosida baholash orqali ularni Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish tizimi joriy etilsin:
baholash jarayonlarini axborot tizimlari orqali har yarim yil yakuni boʻyicha amalga oshirish;
reyting natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichlarga erishgan xodimlarga keyingi baholash yakunlari eʼlon qilingunga qadar lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash.
9. Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-ahloq qoidalari va IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqitish reja-jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Davlat bojxona qoʻmitasi:
2022-yil 1-iyunga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bojxona organlari xodimlari uchun hududlarda xizmat uylarini qurish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar kontrabanda hamda boshqa qonunbuzarlik holatlarini aniqlagan va yuritgan, shuningdek, undirilgan qoʻshimcha bojxona toʻlovlarini aniqlagan bojxona xodimini ragʻbatlantirishning shaffof tizimini joriy etsin;
2022 — 2024-yillarda bojxona organlari tizimida ayol xodimlar ulushini kamida ikki baravar oshirish choralarini koʻrsin.
11. Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining bojxona toʻlovlarini kamaytirish bilan bogʻliq bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar uchun qoʻllaniladigan jinoiy va maʼmuriy jarimalarni yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqqan holda belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar bojxona toʻlovlarining kamayishiga olib kelgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun jarimalarni yetkazilgan zarardan kelib chiqib belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining Davlat bojxona qoʻmitasi huzurida “Bojxona-servis” davlat muassasasi hamda uning hududiy boʻlimlarini (keyingi oʻrinlarda — “Bojxona-servis”) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Bojxona-servis” faoliyatini tashkil etish hamda uni moliyalashtirish manbalarini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni ajratish masalasi nazarda tutilsin.
13. Mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalari doirasida respublikaga olib kelinadigan qurilma va uskunalar, shu jumladan server va kompyuter texnikalari, dasturiy mahsulotlar, apparat-dasturiy komplekslar, oʻquv va laboratoriya uskunalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2026-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini ochib berish boʻyicha nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar eʼlon qilinishini tashkil etsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-aprel,
PF-122-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga1-ILOVA
2022-yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
Mazkur Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va lozim darajada moliyalashtirilmagan taqdirda, ularni amalga oshirish muddatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.
* “Dovut-ota” va “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 2026-yil yakuniga qadar bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan qaytarish sharti bilan 83,0 mlrd soʻm miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga2-ILOVA
2022-2023-yillarda bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha
* qurilma va xizmatlar narxlari bozor konyunkturasiga asosan tanlov va tender savdolari davomida oʻzgarishi mumkin.
Izoh: mazkur Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va lozim darajada moliyalashtirilmagan taqdirda, ularni amalga oshirish muddatlari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga3-ILOVA
Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi faoliyati tugatilayotgan bojxona postlari
Izoh: tugatilayotgan postlar boshqa bojxona postlariga punkt etib biriktiriladi, shuningdek, boʻshayotgan shtat birliklari ish hajmi koʻp boʻlgan boshqa postlarga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga4-ILOVA
Bojxona organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga5-ILOVA
Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari va IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar boʻyicha oʻquv kurslarda oʻqitish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3995-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni hisobga olmagan holda) — 132 nafar, shu jumladan professor-oʻqituvchilar tarkibi — 69 nafar.
Izoh: Institutning mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) lavozimlarining meʼyorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarni inobatga olgan holda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.”
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
ikkinchi xatboshi “beriladi” soʻzidan keyin “(bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulk “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Bojxona-servis” DM) va (yoki) uning hududiy boʻlimlariga beriladi.”
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 10-bandning birinchi xatboshisi “1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha” soʻzlaridan keyin “qogʻoz yoki elektron koʻrinishda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 18-bandda:
birinchi xatboshi “amalga oshiriladi” soʻzlaridan keyin “(bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni sotish “Bojxona-servis” DM tomonidan amalga oshiriladi”;
ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “savdo tashkilotlariga” soʻzlari “savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 19-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi davlat ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga, bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklar esa “Bojxona-servis” DMga beriladi. Ijro hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning oʻzida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin (bundan bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulk mustasno)”;
ikkinchi xatboshidagi “Savdo tashkilotlariga” soʻzlari “Savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “savdo tashkilotiga” soʻzlari “savdo tashkiloti va “Bojxona-servis” DMga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona-servis” DM mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun sotilgan mol-mulk qiymatining 15 foizi miqdorida savdo chegirmasini oʻz foydasiga ushlab qoladi”;
e) 21-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM tomonidan qabul qilingan mol-mulkka (narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga oʻtkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari) talab boʻlmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM bu haqda davlat ijrochisini yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek davlat ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari ishtirokida uning qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DMga tegishli boʻlgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi. Arzonlashtirish toʻgʻrisida maxsus shakl boʻyicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va ushbu mulkni olib qoʻygan vakolatli organlarga beriladi”;
uchinchi xatboshi “savdo tashkiloti” soʻzlaridan keyin “yoki “Bojxona-servis” DM” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Sotish uchun savdo tashkilotlari yoki Bojxona-servis” DMga beriladigan barcha buyumlar muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DMning tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Buyumlarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari yoki “Bojxona-servis” DM hisobiga amalga oshiriladi”;
z) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasi summasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti yoxud “Bojxona-servis” DM tomonidan tuman (shahar) byurosining tegishli boʻlimlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Sud va adliya organlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga penya toʻlaydi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1029-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi “shtat birliklari” soʻzlaridan keyin “va mehnatga haq toʻlash fondi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazining tashkiliy
Xodimlarning cheklangan soni 65 nafar (mehnat shartnomasi boʻyicha ishga qabul qilinadigan xodimlar hisobga olinmagan holda)”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Institutning magistratura taʼlim yoʻnalishiga qabul qilingan xodimlar Institut tinglovchisi hisoblanadi. Magistraturada oʻqish davrida tinglovchilarning oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda Institutning ixtiyorida qoldiriladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 790-son qarorida:
a) 3-bandning oltinchi xatboshisidan “Moliya vazirligi bilan kelishgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining
v) 2-ilovada:
7-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga bojxona ekspertizasi, sertifikatlash bilan bogʻliq hamda boshqa pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, sugʻurta agenti sifatida faoliyat yuritish”;
15-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Izoh: mazkur Farmon bilan bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirish kiritishda xodimlarning ish haqini toʻlash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-3105-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi PF-3159-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga isteʼmol tovarlari olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyuldagi PF-3105-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi PF-3170-son Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5303-son Farmonining 10-bandi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-noyabrdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Xayriya hamda boshqa jamgʻarmalar va jamiyatlarga,shuningdek, ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shuʼba tuzilmalariga soliqlar, yigʻimlar hamda bojxona toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlarning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi “Respublikaga isteʼmol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 257-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 446-son qaroriga 1-ilovaning 7 va 11-bandlari hamda 2-ilovaning 10-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-sentabrdagi “Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 253-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 122-son qaroriga 1-ilovaning 114-bandi.